• 83-chizma. Taqsimlash qutilarining shakllari
  • -MAVZU. TARQATISH (ULASHISH) QUTILARINI LOYIHALASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI




    Download 24,58 Mb.
    bet29/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    4-MAVZU. TARQATISH (ULASHISH) QUTILARINI LOYIHALASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
    REJA:

    1. Planetar uzatmalar qutilari, ularning konstruktiv sxemalari va hisobi.

    2. Pog’anasiz uzatmalar.

    3. Poganasiz uzatmalar to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

    4. Friktsion pogonasiz uzatmalar. Gidromexanik uzatmalar.

    5. Gidrotransformatorlar, ularning ishini baholovchi parametrlari tafsiloti (xaraktiristikalari).

    6. Ikki oqimli gidromexanik uzatmapar.

    7. Elektrik uzatmalar.

    8. Pogonasiz uzatmalarni avtomatik boshqarish.

    9. Gidrohajmiy uzatmalar.

    10. Gidroapparatura.

    11. Gidrohajmiy uzatmalar sxemalarini tanlash va parametrlarini hisoblash

    Taqsimlash qutilarining turlari va vazifalari. Taqsimlash qutisi o'ta qiyin yo'llardan ham yura oladigan avtomobillarda ishlatiladi va aylantiruvchi momentni aviomobilning yetaklovchi ko'priklariga uzatish uchun xizmat qiladi. Avtomobilning bajaradigan vazifasiga qarab taqsimlash qutisi qo'shimcha pasaytirish uzatmasi bo'lgan yoki bo'lmagan qilib tayyorlanadi.


    Pasaytiruvchi uzatmasi bo'lmagan oddiy taqsimlash qutisi (83-chizma, a) yetaklovchi (1), oraliq (4) va yetaklanuvchi (6) vallardan, old ko'prik yuritmasi validan (8), vallarga bikr (qo'zg'almas) mahkamlangan shesternalardan (1,3,5) va old ko'prikni ulovchi tishli muftadan (7) tashkil topgan. Val (6) orqa ko'prik yuritmasining mexanizmlari bilan doimiy biriktirilgan, old ko'prikni ulash uchun esa tishli mufta (7) xizmat qiladi, ya'ni u oldinga surilib vallami qo'zg'almas holda ulaydi. Bunday ulanishda, old va orqa ko'priklarning yetaklovchi g'ildiraklaridagi aylantiruvchi moment avtomobil g'ildirakaridagi qarshilik kuchlariga mos ravishda taqsimlanadi.

    To g' ri Pasaytiruvchi


    83-chizma. Taqsimlash qutilarining shakllari:
    a-pasaytiruvchi uzatmasi bo'lmagan; b-pasaytiruvchi uzatmasi bolgan; 1-yetaklovchi val;
    2-yetaklovchi shesternya; 3-oraliq val shestemyasi; 4-oraliq val; 5-yetaklanuvchi shes-ternya; 6-orqa ko'prik vali; 7-tishli mufta; 8-old ko'prik yuritmasi vali; 9-taqsimlash qutisining korpusi; 10-doimiy ilashib turuvchi shesternya; 11-oraliq valuing oldingi shestemyasi.

    Ammo, burilish paytida, boshqariladigan old g'ildiraklar orqa g'ildiraklarga qaraganda katta radiusli yo’l bo'ylab harakatlanadi, shuning uchun ular tezroq aylanishlari lozim. Agar bu shart bajarilmasa, u holda old g'ildiraklarni yo'lga nisbatan sirpanishi boshlanadi, quvvatni transmissiyadagi sirkulatsiyasi hisobiga uni yo'qotilishi ortadi, yonilg’i sarfi ham ko'payadi. Bunday nomaqbul oqibatlar bo'lmasligi uchun takomillashgan yo'llarda harakatlanishda old ko'prik uzib qo'yiladi va faqatgina og'ir yo'l sharoitlarida ulanadi. Oddiy taqsimlash qutisida (83 -chizma, a) bu vazifani tishli mufta (7) bajaradi, murakkabroq taqsimlash qutilarida esa maxsus mexanizm- o'qlararo differensial qo'llaruladi. Bu mexanizm old va orqa ko'prik yuritmalari vallarining turlicha burchak tezligi bilan aylanishlariga imkon beradi.


    Taqsimlash qutisida qo'shimcha pasaytiruvchi uzatma og'ir yo'l sharoitlarida yoki tirkamalar bilan ishlashga mo'ljallangan avtomobillarda ishlatiladi. Pasaytiruvchi uzatma avtomobilning yetaklovchi g'ildiraklaridagi tortish kuchini yana ham oshirishga imkon beradi. Shunday taqsimlash qutisining chizmasi (83-chizma, b) bo’lagida keltirilgan. U pasaytiruvchi uzatmasi bo’lmagan taqsimlash qutisidan uzatish sonini orttiruvchi shesternalar (2 va 5) juftligi mavjudligi bilan farq qiladi. Yetaklanuvchi shesterna (5) orqa ko’prik valining (6) shlitsasi bo’ylab suriladi va shesterna (3) yoki shesterna (10) bilan ilashadi. Shesterna (5) o’ng tomonga surilsa, pasaytiruvchi uzatma chap tomonga surilsa to’g’ri uzatma ulanadi. Tishli mufta (7) old ko’prikni ulashga va uzishga imkon beradi.
    Avtomobilda taqsimlash qutisi uzatmalar qutisiga yaqin qilib o’rnatiladi va u bilan kalta kardanli val vositasida tutashtiriladi.

    b)

    Download 24,58 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. TARQATISH (ULASHISH) QUTILARINI LOYIHALASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

    Download 24,58 Mb.