2-rasm.Burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnir.
Avtomobillarda qo‘llaniladigan kardanli sharnirlar ikki xil bo‘ladi:
burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnirlar (2-rasm);
burchak tezliklari bir xil kardanli sharnirlar (3-rasm).
Burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnirlar o‘z navbatida kayishqoq (elastik) va bikr (krestovinali) bo‘lishi mumkin. Kardanli uzatma kardanli sharnirlaridan, vallardan va vallarning oraliq tayanchlaridan tashkil topgan. Kardan sharniri deb, sharnirli bo‘g‘inga aytilib, uning yordamida aylanma harakatni (burovchi momentni) bir valdan ikkinchi valga o‘zgaruvchan burchak ostida uzatadi. Ko‘pchilik hollarda bikr kardanlar ishlatiladi. Bikr kardanli sharnirlar mahkamlangan va vilkalardan ularni biriktiruvchi krestovinalardan va ninasimon podshipniklardan tashkil topgan. Vilkalar bir-biriga nisbatan perpendikular bo‘lgan tekisliqsa qo‘zg‘alishi mumkin.
3-rasm.Burchak tezliklari bir xil bo‘lgan kardanli sharnir.
Kardan sharnirlari aylanayotganida kardan valining og‘ishi, yetaklanuvchi vilkaning krestovinada og‘ishi hisobiga sodir bo‘ladi, 90° gradusga burilganida esa, yetakchi vilkada krestovinani og‘ishi sodir bo‘ladi.
Avtomobil va traktorlarda burchak tezliklari tengmas va teng sharnirli kardan uzatmalari qo’llaniladi. Burchak tezliklari tengmas sharnirli kardan uzatmalarni kinematik sxemalari 4-rasmda keltirilgan.
Burchak tezligi tengmas ikki sharnirli kardan uzatma, 4a,b-rasm.
Bunday uzatma tez-tez uchrab turadi. yetakchi o’q 1 bilan yetaklanuvchi o’q 3 ni aylanishini bir xilda ravon bo’lishi uchun ularni vilkalari bir tekislikda yotadi. U vaqtda burchaklar γ1 va γ2 o’zaro teng. Bular oldingi va ketingi yetakchi ko’priklarni uzatmalarida qo’llaniladi.
4-rasm. Burchak tezliklari tengmas sharnirli kardan uzatmalarning kinematik sxemalari.
a,b-bir o’q va ikki sharnirli; v-uchta sharnirli, ikki o’qli va oraliq tayanchi bilan; 2-to’rt sharnirli, ikki o’qli va oraliq tayanchi bilan.
Burchak tezligi tengmas uch sharnirli ikki o’qli kardan uzatma, 4v-rasm. Bunday kardan uzatma o’qlarni qisqartirish maqsadida qo’llaniladi. Kardan o’q 3 ni ayrilari bir tekislikda, o’q 2 ni vilkasi esa 900 ga burilgan. Kamchiligi shuki, traktor yoki avtomobilni harakati davrida burchak γ1 ni o’zgarmagan holatida γ2 va γ3 o’zgarib turadi. SHuning uchun 1 va 4 o’qlarni to’la sinxron aylanishini ta’minlash qiyin.
Burchak tezligi tengmas to’rt sharnirli oraliq tayanchi bor ikki o’qli kardan uzatma. Ular ham kardan o’qlarni qisqartirish maqsadida qo’llaniladi, 4g-rasm.
Ko’p xollarda oraliq tayanchga saqlash muftasi ham joylashtiriladi. SHunday kardan uzatma MTZ-82 traktorida qo’llanilgan.
Avtomobillarda bir uchiga vilka 6, ikkinchi uchiga esa shlitsali vtulka 3 payvandlangan naysimon truba 4 dan iborat kardan uzatmalar keng qo’llanilib kelinmoqda. 5-rasm.
5-rasm. Kardan uzatma.
1,6-kardan sharnirining ayrisi; 2-ximoya qobiqi; 3-shlitsali vtulka; 4-yupqa devorli bir uchida shlitsa yasalgan truba; 5-muvozanatlovchi plastina.
SHlitsali vtulka 3 ayri 1 bilan xarakatlanuvchi shlitsa orqali birlashtirilgan. SHlitsali bog’langan joy chang va loylardan qobig’ 2 orqali ximoyalangan. Bu kardan o’q avtomobilga o’rnatilishi oldidan plastina 5 lar yordamida muvozanatlashtiriladi. Kardan uzatmaning uzunligi bu konstruktsiyasida shlitsali bog’lanish yordamida o’zgartiriladi.
Kardan uzatmasining xillari va ularning konstruktsiyalari maxsus adabiyotlarda keng bayon qilingani uchun, bu yerda biz yuqoridagi yetarli darajada berilgan ma’lumotlar bilan chegaralanamiz.
|