|
Oraliq va kardan uzatmalarining nosozliklari va ularga texnik xizmat ko’rsatish
|
bet | 33/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashOraliq va kardan uzatmalarining nosozliklari va ularga texnik xizmat ko’rsatish. Oraliq va kardan uzatmalariga TXK, ularni tashqi kuzatuv, kerak bo’lgan qismlarni qatirish va moylashdan iborat.
Buning uchun birinchi navbatda sharnir flanetslarini va oraliq tayanchlarni qatirilganligini, shlitsali birikmalarni, podshipniklar va krestovinalarni yeyilishini tekshirish lozim bo’ladi.
Ta’mirlashdan so’ng yig’ish paytida, kardan uzatmaning ikki uchidagi vilkalarni bir tekislikda o’rnatilishiga e’tibor qilish kerak.
Kardan o’qlarining sharnirlarini transmissiya moyi bilan, shlitsali birikmalarni konsistent moyi bilan moylash kerak bo’ladi.
Kardan uzatmaga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘shashgan boltlarni tortish, sharnirlaming nina podshipniklarini va shlitsali birikmalami moylash jadvaliga muvofiq vaqti-vaqti bilan moylashdan iborat. Ba’zi kardanlarda vilka va shlitsalar moylanmaydi. Salnik va g’iloflaming bekam-u ko'stligi tekshiriladi. Kardan valni yig'ishda quvurdagi va vilkadagi belgilarning bir-biriga ro‘para kelishiga e’tibor berish lozim.
1.Oraliq uzatmalarning vazifasi va ular qaysi xollarda qo’llaniladi ?
2.Kardan uzatmalarning vazifasi va ular qaysi xollarda qo’llaniladi ?
3.Avtomobillarda oraliq uzatma qo’llaniladimi ?
4.Kaysi traktorda kardan uzatma mavjud ?
5.Kardan uzatmaning xillari?
6-MAVZU. BOSH UZATMA, DIFFIRENTSIAL VA YETAKCHI GILDIRAKLAR YURITMASI
REJA:
Umumiy ma’lumotlar, ularning asosiy parametrlarini aniqlash, vallarni hisoblash, podshipniklarni tanlash.
SHesternyali, kulachokli, chervyakpi differentsiallarni hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari.
Yetakchi gildiraklar yuritmasi, yarim o’qlarni hisoblashda harakatlanish sharoitlarining o’zgarishini hisobga olish.
Аsоsiy uzаtmаgа quyidаgi tаlаblаr qo´yiladi:
gаbаrit o´lchamlаri (bаlаndligi) minimаl bo´lishi kеrаk;
shovqin ilоji bоrichа kаm bo´lishi kеrаk;
umumiy tаlаblаr.
Diffеrеntsial kuch uzatmaning mеxanizmi bo´lib, u burovchi momеntni bеlgilangan nisbatda ikkita yetaklanuvchi valga tarqatadi va ularni har xil burchak tеzligida aylantiradi. Diffеrеntsiallar vazifasiga ko´ra g´ildirakaro va o´qaro turlariga bo´linadi. Hozirgi vaqtda hamma avtomobillar g´ildirakaro diffеrеntsialga ega va ularda asosan konussimon shеstеrnyali diffеrеnsiallar qo´llaniladi.
|
| |