|
-chiyna. Pasaytiruvchi uzatmasi bo'lgan taqsimlash qutisi
|
bet | 30/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalash84-chiyna. Pasaytiruvchi uzatmasi bo'lgan taqsimlash qutisi.
Taqsimlash qutisining tuzilishi. 84–chizmada GAZ-66 avtomobilidagi taqsimlash qutisining tuzilishi (a) va kinematik chizmasi (b) ko’rsatilgan. Taqsimlash qutisi to'g'ri va pasaytiruvchi uzatma hamda old ko'prikni ulash shesternasiga ega. Qutining asosiy detallari korpus (8), yetaklovchi (1), yetaklanuvchi (4), oraliq (5) vallar hamda old ko'prik yuritmasi validir (9). Yetaklovchi val shlitsasiga to'g'ri yoki pasaytiruvchi uzatmalarni ulovchi qo'zg'aluvchan shesterna (2) o'rnatilgan. Yetaklanuvchi val shesterna (3) bilan bir butun qilib tayyorlangan. Oraliq valga pasaytiruvchi uzatma shesternasi (10) bikr (qo'zg'almas) mahkamlangan, val shlitsasida esa old ko'prikni ulovchi shesterna (6) surila oladi. Old ko'prik yuritmasi valiga shesterna (7) bikr mahkamtangan.
Old ko'prikni ulash uchun shesterna (6) shesternalar (3 va 7) bilan ilashgunga qadar o'ng tomonga suriladi. To'g'ri uzatmani ulash uchun shesterna (2) o'ngga suriladi va uning tishlari shesternaning (3) ichki tishli gardishi bilan ilashadi. Pasaytiruvchi uzatma shesternani (2) chap tomonga oraliq val shesternasi (10) bilan ilashgunga qadar surish orqali ulanadi. Qutining kinematik chizmasidan ko'rinadiki (84-chizma, b), pasaytiruvchi uzatma old ko'prik ulangandagina ulanishi mumkin ekan. Buning uchun taqsimlash qutisini almashlab ulash mexanizmida old ko'prik yuritmasi ulanmasdan turib pasaytiruvchi uzatmaning ulanishiga imkon bermaydigan maxsus blokirovka qurilmasi mavjud. Almashlab ulash mexanizmining o'zi yon qopqoqqa joylashtirilgan va sirg'algichlar hamda ayrilardan iboral bo'lib, haydovchi kabinasiga kiritilgan ikkita richag yurilmaga ega. Taqsimlash qutisidagi almashlab ulash mexanizmining ishtash prinsipi xuddi uzatmalar qutisining almashlab ulash mexanizmi kabidir.
Tayanch iboralar: o’ta qiyin yo’llardan, uzatmalar qutisiga uzatish, qo’shimcha pasaytirish uzatmasi, yetaklovchi, yetaklanuvchi, oraliq val, tishli mufta, korpus, richag yuritma.
|
| |