a-g’ildirakli traktor.
1-dvigatel; 2-ilashish muftasi; 3-oraliq uzatma; 4-uzatmalar qutisi; 5-bosh (markaziy) uzatma; 6-differentsial mexanizm; 7-yarim o’qlar; 8-oxirgi uzatmalar.
b-avtomobil.
1-dvigatel; 2-ilashish muftasi; 3-uzatmalar qutisi; 4-kardan uzatma; 5-bosh (markaziy) uzatma; 6-differentsial mexanizm; 7-yarim o’qlar.
Odatda, traktorlarda oxirgi uzatma 8 qo’llaniladi. Ular oxirgi marta traktorlarning burovchi momentini orttirib beradi.
Ko’p hollarda an’anaviy sxemaga ega bo’lgan traktor transmissiyalariga o’zgartirishlar kiritilib, bazaviy traktorni modernizatsiyalashgani ishlab chiqarilmoqda,
Modernizatsiyalashgan traktorlar bazaviy modelidan qo’shimcha oxirigi uzatmaning (2a-rasm) borligi bilan yoki oldingi ko’prikni yetakchi qilib tayyorlangani (2b-rasm) bilan farq qiladi.
Qo’shimcha oxirgi uzatma burovchi momentni ko’paytirishdan tashqari traktorni yo’l oralig’ini xam orttiradi.
Zanjir tasmali traktor transmissiyasi qismlarining joylashuvi birinchi an’anaviy sxema asosida joylashgan. G’ildirakli traktorlarnikiga qaraganda bu sxemadagi bosh uzatmaning yetaklanuvchi konussimon shesternyasi planetar mexanizmining korpusiga kotirilgan. Boshka qismlarning joylashuvi bir xil.
2-rasm. Modernizatsiyalashgan traktorlar transmissiyasining birinchi an’anaviy sxemasi.
a-ixtisoslashgan universal chopiq traktorlari;
b-ikkala ko’prigi yetakchi bo’lgan g’ildirakli traktorlar.
1-dvigatel; 2-ilashish muftasi; 3-oraliq uzatma; 4-uzatmalar qutisi; 5-bosh (markaziy) uzatma; 6-differentsial; 7-yarim o’qlar; 8,9-oxirgi uzatmalar; 10-taqsimlash qutisi; 11-kardan uzatma; 12-oldingi yetakchi ko’prik.
Transmissiyaning ikkinchi a’anaviy kinematik sxemasida dvigatelning quvvati uzatmalar qutisidan avval taqsimlanadi (3-rasm.) va bu sxema, asosan, zanjir tasmali traktorlarda qo’llaniladi.
Bu sxemada quvvat uzatmalar qutisi 4 dan avval taqsimlash qutisi 3 orqali ikki yo’nalishga bo’linadi. Taqsimlash qutisidan chiqayotgan o’q uzatmalar qutisining birlamchi o’qi xisoblanadi. Uzatmalar qutisining xususiyati shuki, unda quvvatni uzmasdan traktorning xarakati davomida uzatmalar pog’onasi uzgartiriladi. Bunda qisilgan suyuqlik bilan ishlovchi oddiy ilashish muftasi qo’llanilgan. Uzatmalar qutisidan so’ng tormozlar 5 va bosh (markaziy) uzatmalar 6 o’rnatilgan. Tormozlar 5 va uzatmalar qutisining blokirovka qilish mexanizmlari bir vaqtning o’zida zanjir tasmali traktorning burish mexanizmi bo’lib ham hisoblanadi.
3-rasm.Transmissiyaning ikkinchi an’anaviy sxemasi, (T-150).
1-dvigatel; 2-ilashish muftasi; 3-tarqatish qutisi; 4-uzatmalar qutisi; 5-tormoz; 6-bosh (markaziy) uzatma; 7-yarim o’qlar; 8,9-oxirgi uzatmalar.
|