• 3-MAVZU. UZATMALAR QUTISI ASOSIY PARAMETRLARINI ANIQLASH REJA
  • Transmissiya
  • Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti




    Download 24,58 Mb.
    bet25/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    Nazorat uchun savollar


    1. Ilashish muftasining vazifasi;


    2. Ilashish muftasining xillarini ayting;
    3. Friktsion ilashish muftasi, deb nimaga aytiladi ?
    4. Avtomobillarda qaysi friktsion mufta keng tarqalgan ?
    5. Muftalarning yuritmalari qanday xillarga bo’linadi ?
    6. Bir oqimli, ikki oqimli mufta deyiladi, nima uchun ?


    3-MAVZU. UZATMALAR QUTISI ASOSIY PARAMETRLARINI ANIQLASH
    REJA:

    1. Uzatmalar qutisi vallarining hisobi va podshipniklar tanlash.

    2. Uzatmalarqutisi boshqarish mexanizmlari, sinxronizatorlar hisobi.

    3. Uzatmapar qutisi karterlari, ulardagi moy miqdorini aniqlash.

    Transmissiya o’z navbatida bir necha yig’ma detallarni xamda uzatish mexanizmlarini biriktirib ular yordamida dvigatel tirsakli valini aylanishlarini yuritgichlarga (etakchi gildirak yoki zanjirga), quvvat olish vallariga va qishloq xo’jalik mashinalarini gidravlik yuritmalariga o’zgartirib, taqsimlab uzatib beradi.


    Transmissiya traktor yoki avtomobilni joyidan ravon qo’zg’atishda xarakat tezligi va yo’nalishini o’zgartirishida, dvigatelni o’chirmay uzoq vaqt to’xtab turishda, burishni yengillashtirishda xamda traktorga ulangan qishloq xo’jalik mashinalariga aylanma xarakatni o’zgartirib berish uchun xizmat qiladi.
    Transmissiya–yuqorida aytilganidek, dvigatel tirsakli validagi burovchi momentni yetakchi g’ildirak yoki yulduzchaga yetkazib berishda uni miqdori va yo’nalishini o’zgartiradi, quvvat olish valini harakatga keltiradi, traktor va avtomobilni sekin asta o’rnidan siljitadi, o’rtada to’xtab ishlashini amalga oshiradi.
    Traktor va avtomobillarni xar xil sharoitlarda ishlashiga to’g’ri keladi. Bu esa ularni tezligini doimiy o’zgartirib turishiga majbur qiladi. Traktorlarda tezlikni o’zgarish qamrovi 0,1...50 km/soat ni tashkil etsa, avtomobillarda 5...200 km/soat ni tashkil etadi. Bu esa dvigatel valini aylanishlar chastotasini keng qamrovda bo’lishini taqozo etadi. Bu vazifani traktor va avtomobillardagi transmissiya bajaradi.
    Aylanishlar chastotasini o’zgarishi bo’yicha transmissiyalar pog’onasiz, pog’onali va kombinatsiyalashgan turlariga bo’linadi.
    Pog’onasiz transmissiyalar burovchi momentni uzluksiz va qiymatini avtomatik ravishda o’zgartirib beradi. Bu esa mashina traktor agregatini va avtomobilni yuqori darajada unumli va samarali ishlashini ta’minlaydi. Lekin pog’onasiz transmissiyaning konstruktsiyasi murakkab, narxi yuqori va FIK past.
    Pog’onali transmissiya uzatishlar sonining miqdorini pog’onali ravishda o’zgartiradi. Natijada mashina-traktor agregati va avtomobilni yetarli darajada unumli va samarali ishlashi ta’minlanadi. Kamchiligi shundan iboratki, ba’zi ishlayotgan rejimida dvigatel quvvatidan to’la foydalanib bo’lmaydi.
    Kombinatsiyalashgan transmissiya pog’onali uzatma bilan bitta pog’ona ichida burovchi momentni pog’onasiz o’zgartirish turlarini uyg’unlashganidir.
    Burovchi momentni o’zgartirish bo’yicha pog’onasiz transmissiya mexanikaviy, elektromexanikaviy, gidromexanikaviy, gidroxajmiy turlariga bo’linadi.
    -pog’onali transmissiya mexanikaviy transmissiya bo’lib, burovchi moment tishli g’ildiraklardan (shestrenyalardan) iborat bo’lgan reduktorda o’zgartiriladi. Buning misoli – uzatmalar qutisi.



    Download 24,58 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti

    Download 24,58 Mb.