Ilashish muftalarining yuritmalari




Download 24,58 Mb.
bet23/83
Sana27.11.2023
Hajmi24,58 Mb.
#106359
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
Bog'liq
Avtomobil va traktorlarni loyihalash

Ilashish muftalarining yuritmalari.


YUritmalarning vazifasi tepkiga xaydovchi tomonidan qo’yilgan kuchni ilashish muftasining yetakchi va yetaklanuvchi disklariga yetkazib, ularni ishga tushirishdan iborat. Ularning quyidagi xillari bor: bevosita uzatuvchi (mexanikaviy), servo uzatgich, prujinali kuchaytirgich bilan, gidravlik va pnevmatik hamda vaakkumli kuchaytirgichlar.


YUqorida ko’rilgan uzatmalar mexanikaviy bo’lib, haydovchi tomonidan tepkiga qo’yilgan kuchni bevosita tortqilar yordamida uzatadi. Ba’zi traktor va avtomobillarda gidravlik kuchaytirgich keng tarqalgan, 11-rasm.
Bu yerda boshqaruv pedali asosiy tsilindr 8 ning tortqisiga ta’sir etadi. Asosiy tsilindrdagi suyuqlik trubka 7 orqali ishchi tsilindrga tushadi va uning porshenini suradi. U bilan boshqaruv richagi 5 bog’langan. U esa qisuvi-qaytaruvchi podshipnik 4 orqali qisuvchi disk 1 harakatga keltiriladi. Asosiy tsilindrga havo kirib qolmasligi uchun qo’shimcha tsilindr o’rnatilgan.

11-rasm. Gidravlik yuritma sxemasi.


1-qisuvchi disk; 2-muftaning qobig’i; 3-qaytaruvchi richag; 4-qisuvchi podshipnikning qaytaruvchi muftasi; 5-ilashish muftasining boshqaruv richagi; 6-ishchi tsilindr; 7-trubka uzatgich; 8-asosiy tsilindr; 9-tepki; 10-qo’shimcha tsilindr.
Zamonaviy traktorlarda, masalan, MTZ-80/82 da servoprujinali mexanikaviy uzatmalar qo’llanilgan, 12-rasm. Bu uzatma tepki 1, uch yelkali richag 11, prujina 10, cheklovchi bolt 9, kronshteyn 6, oraliq tortqi 8 va ilashish muftasining ajratish richagi 7 lardan iborat.
Bu uzatmaga qo’shimcha ravishda tormoz o’rnatilgan bo’lib, uning qismlariga yordamchi prujina 12, tormoz tortqisi 7 va tormozni boshqaruvchi richag 15 lar kiradi.



12-rasm. Servoprujinali mexanikaviy uzatma, MTZ-80.

1-tepki; 2-rostlovchi vint; 3-qaytaruvchi richag; 4-qisuvchi podshipnik; 5-tormozcha richagi; 6-ilashish muftasining ajratish richagi; 7 va 8-tortqilar; 9-cheklovchi bolti; 10-prujina; 11-uch yelkali richag.


Tormozning vazifasi esa ilashish muftasi ajratilgandan so’ng uzatmalar qutisida uzatishlarni o’zgartirish uchun transmissiyaning birlamchi o’qini tezlik bilan to’xtatishdir.



Download 24,58 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Download 24,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilashish muftalarining yuritmalari

Download 24,58 Mb.