Pog’onali transmissiyalar va ularning sxemalari




Download 24,58 Mb.
bet26/83
Sana27.11.2023
Hajmi24,58 Mb.
#106359
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
Bog'liq
Avtomobil va traktorlarni loyihalash

Pog’onali transmissiyalar va ularning sxemalari.


Qishloq xo’jalik traktorlarida, ba’zi sanoat traktorlari va avtomobillarda, asosan, pog’onali transmssiya qo’llaniladi. SHuning uchun e’tiborimizni pog’onali transmissiyani o’rganishga qaratamiz. CHunki ularning konstruktsiyasi sinovdan o’tgan: sodda, qulay, ishonchli ishlashi va foydali ish koeffitsiyenti yuqori va arzon.


Asosiy kamchiligi-burovchi momentni pog’onali o’zgartirishi har doim ham dvigatel quvvatidan samarali foydalanishga olib kelavermaydi. SHunga qaramasdan transmissiyaning bu turi keng qo’llanilmoqda.
Pog’onali transmissiyaning eng ko’p tarqalgan ikki turi mavjud, 1-rasm. Birinchi an’anaviy sxemada dvigatelning quvvati yetakchi g’ildiraklarga uzatmalar kutisidan keyin taqsimlanadi. Bu bosh (markaziy) uzatmani bitta bo’lishi va uni orqa ko’prik asosida joylashgani (zanjir tasmali traktorlar va orqa g’ildiragi yetakchi bo’lgan g’ildirakli traktorlarda) bilan belgilanadi. Transmissiyaning bunday sxemasi nisbatan sodda, kismlarining joylanishi kulay, foydali ish koeffitsiyenti yetarlicha yuqoriligi bilan ajralib turadi.
An’anaviy sxemaga ega bo’lgan orqa g’ildiraklari yetakchi chopiq traktorlarida (1a-rasm), shuningdek avtomobillarda (1b-rasm) energiya manbai bo’lib dvigatel 1 xisoblanadi. Dvigatel tirsakli validan quvvat ilashish muftasi 2 ga uzatiladi. So’ng quvvat g’ildirakli traktorlarda oraliq uzatma 3 orqali uzatmalar kutisi 4 ga, avtomobillarda to’g’ridan to’g’ri uzatmalar qutisi 4 ga o’tkaziladi. Uzatmalar qutisidagi shesternyalar juftlarini o’zgartirib, xar bir pog’onaga to’g’ri keluvchi uzatishlar sonini tanlash orqali, burovchi momentning shu pog’onaga to’g’ri keluvchi qiymati aniqlanadi.
Traktorlarning uzatmalar qutisi, odatda, aylanishlar chastotasini pasaytiradi. Lekin ularda to’g’ri uzatmalar (ayniqsa avtomobillarda) ham ko’zda tutilgan. Uning vazifasi, uzatmalar qutisi qancha aylanishlar chastotasini qabul qilsa, shunchani keyingi qismga uzatadi.
Traktorlarda harakat uzatmalar qutisidan doimo tishlashgan bosh (markaziy) uzatma 5 ga, avtomobillarda esa kardan o’q 3 orqali bosh (markaziy) uzatma 5 ga o’tkaziladi.
Bosh (markaziy) uzatma ikkita konussimon shesternyalar 5 dan iborat. Kichigi-etakchi, kattasi – yetaklanuvchi hisoblanib, u defferentsial burish mexanizmi 6 ni korpusiga qotirilgan. Avtomobillarda bosh (markaziy) uzatma oxirgi marta aylanishlar chastotasini, traktorlarda oxirgi uzatmadan oldingi aylanishlar chastotasini kamaytirib, burovchi momentni orttiradi. Bundan tashqari bosh (markaziy) uzatma harakatni 900 ga burib avtomobillarda yetakchi g’ildiraklarning o’qiga, traktorlarda esa oxirgi uzatmaga o’tkazadi.
Bosh (markaziy) uzatmani tishli g’ildiragi qotirilgan differentsil 6 chap va o’ng yetakchi g’ildiraklar o’qi 7 ni har hil aylanishlar chastotasi bilan aylanishiga imkoniyat yaratib, burilish jarayonini va notekis yuzalardagi mashinani harakatini ta’minlaydi.




1-rasm. Pog’anali transmissiyaning birinchi an’anaviy sxemasi.

Download 24,58 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Download 24,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pog’onali transmissiyalar va ularning sxemalari

Download 24,58 Mb.