Doimo qo’shilmagan ilashish muftasi




Download 24,58 Mb.
bet22/83
Sana27.11.2023
Hajmi24,58 Mb.
#106359
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Bog'liq
Avtomobil va traktorlarni loyihalash

Doimo qo’shilmagan ilashish muftasi.


Doimo qo’shilmagan ilashish muftasining kinematik sxemasi 10-rasmda keltirilgan. Bu muftaning xususiyati shuki, uni qo’shish uchun ham, ajratish uchun ham haydovchi boshqarish qismlariga kuch qo’yishi kerak. Uning asosiy qismlari quyidagilar: maxovik-1, yetaklanuvchi disklar-2 va 4, yetakchi disk-3, ikki yelkali qisuvchi richag-5, sirg’a-6, qisuvchi-qaytaruvchi podshipnik-7, richag-8, boshqaruv richagi-9, transmissiyaning birlamchi o’qi-10.


Ilashish muftasining yetaklanuvchi diski 2 transmissiya o’qida siljimaydigan qilib o’rnatilgan bo’lsa, yetaklanuvchi disk 4 shu o’q shlitsasida chap va o’nga siljuvchan qilib o’rnatilgan.
Ilashish muftasining yetakchi diski 3 esa o’zining tashqi tishi bilan maxovik qobig’ining ichida yasalgan shlitsada chap va o’ngga siljiydi.
Ishlashi kuyidagicha. Traktor ishlamay turganda ilashish muftasi ajratilgan holda bo’ladi, 21a-rasm. Unda richag 9 o’rtadan chap tomonda turadi. Qo’shish uchun richag 9 o’ng tomonga suriladi. U holda ikki yelkali richag 8 orqali qisuvchi-qaytaruvchi podshipnik 7 chap tomonga surilib, sirg’a 6 orqali richag 5 yetaklanuvchi disk 4 ni va u orqali yetakchi disk 3 ni surilmaydigan yetaklanuvchi disk 2 ga jipslantiradi, 48b-rasm. Natijada yetaklanuvchi disk 3 dan burovchi moment yetaklanuvchi disklar 2,4 orqali transmissiya o’qi 10 ga o’tadi.
Lekin 21b-rasmdagi xolat noturg’un bo’lib, orqaga qaytib ketishi mumkin. Uni turg’un holga o’tkazish uchun boshqaruv richagi 9 yana bir oz o’ng tomonga surilib, sirg’a 6 ni vertikal xoldan ma’lum α burchakka ichkariga ag’darib qo’yiladi. Endi tortqilarni orqaga siljib ketishining iloji bo’lmaydi.
Ilashish muftasini ajratish uchun boshqaruv richagi 9 to’laligicha chap tomonga suriladi. U holda tortqilar yordamida disklar bir biridan ajralib, boshlang’ich holatga qaytadi (21a-rasm).
Bunday ilashish muftasini bitta muhim kamchiligi bor. U xam bo’lsa traktor o’rnida turib ishlaganda, tebranishlar ta’sirida o’z o’zidan qo’shilib ketishi mumkin. Buni oldini olish uchun boshqaruv richagi 9 ilgak orqali fiksatsiya qilib qo’yilishi shart.



a b



v
10-rasm. Doimo qo’shilmagan ilashish muftasining kinematik sxemasi.
a-ajralgan holat; b-oraliq holat; v-qo’shilgan holat.
1-maxovik; 2,4-etaklanuvchi disklar; 3-etaklovchi disk; 5-ikki yelkali richag; 6-sirg’a; 7-qisuvchi-qaytaruvchi podshipnik; 8-richag; 9-boshqaruvchi richag; 10-transmissiyaning birlamchi o’qi.



Download 24,58 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Download 24,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Doimo qo’shilmagan ilashish muftasi

Download 24,58 Mb.