|
Ikki diski doimo qo’shilgan ilashish muftasi
|
bet | 19/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashIkki diski doimo qo’shilgan ilashish muftasi, 5-rasm. Bu ilashish muftasida ham dvigatel maxovigi 1, yetakchi disk 11 va qisuvchi disk 3 yetakchi xisoblanadi. yetakchi disk 11 va qisuvi disk 3 maxovik qobig’i bilan bir biriga bog’langan. (ko’rsatilmagan). Ilashish muftasini ajratish toza bo’lishligi uchun o’rtadagi yetakchi disk 11 majburiy ravishda maxovik 1 dan 2...3 mm ga qaytaruvchi prujina 12 yordamida orqaga suriladi.
Ilashish muftasi doimo qo’shilgan xolatda bo’ladi. Uni ajratish uchun tepki 4 haydovchi tomonidan eziladi. Natijada tortqi 8 va ikki yelkali richag 14 yordamida qisuvi podshipnik 9 chapga surilib, ikki yelkali richag 10 ning markaziy yelkasini qisadi. U esa prujinalar 6 ni kuchini yengib, qisuvchi disk 3 ni tortadi va uni bo’shatadi. Natijada u bilan bog’langan yetakchi disk 11 ham bo’shaydi. yetakchi disklar bo’shagandan so’ng yetaklanuvchi disklar 7 ham erkinlashadi, yetakchi va yetaklanuvchi disklar orasida ishqalanish hosil bo’lmagani uchun harakat tirsakli o’q 15 dan transmissiya o’qiga 5 ga (traktorlarda) yoki uzatmalar qutisining birlamchi o’qi 5 ga uzatilmaydi. Bu sxemadagi ilashish muftalarida kichkina kamchilik mavjud. U ham bo’lsa, disklarni ajratishda yetaklanuvchi diskni oldinroq ajratilishi, qo’shishda esa kechroq qo’shilishi ro’y beradi. Buni bir xil qilish uchun ilashish muftalarida ajratish mexanizmlari qo’llanialdi.
5-rasm. Ikki diskli ilashish muftasining kinematik sxemasi.
1-maxovik; 2-ilashish muftasining qobig’i; 3-qisuvchi disk; 4-tepki; 5-etaklanuvchi o’q; 6-qisuvchi prujina; 7-etaklanuvchi disklar; 8-tortqi; 9-qisuvchi podshipnik; 10-ikki yelkali richag; 11-etakchi disk; 12-ajratuvchi prujina; 13-cheklagich; 14-ikki yelkali richag; 15-tirsakli val.
Doimiy qo’shilgan ikki diskli ilashish muftalari DT-75M, T-4A va T-150, T-150 K va katta quvvatli va yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan avtomobillarda qo’llanilgan.
Ikki diskli ilashish muftasining tuzilishi.
Buni T-150 K traktori misolida o’rganamiz, 6-rasm.
Ikki diskli ilashish muftasini bir disklidan farqi shuki, ular ikkita yetaklanuvchi va ikkita yetaklovchi, ya’ni oraliq 11 va qisuvchi 9 disklardan iborat.
Etaklanuvchi disklarni bittadan ortiq bo’lishi, ishqalanuvchi yuzalarni ko’payishi hisobiga katta miqdordagi burovchi momentni uzatishga imkoniyat yaratadi. Oraliq diskni ikki tomoniga to’rttadan prujina o’rnatilishi, ilashish muftasi ajratilganda uni maxovik va qisuvchi disklar o’rtasida joylanishini ta’minlaydi.
6-rasm. Ikki diskli, quruq va doimiy qo’shilgan ilashish muftasining tuzilishi.
1-o’q; 2-korpus; 3-prujina; 4-qisuvchi podshipnik; 5-qobig’; 6-qisuvchi halqa; 7-rostlovchi gayka; 8-qaytaruvchi richag; 9 va 11-qisuvchi va oraliq disklar; 10-kengaytiruvchi prujina; 12-etaklanuvchi disk; 13-maxovik o’yikchasi; 14-uzuvchi vilka; 15-tormozchaning rostlovchi gaykasi; 16-tormozcha kolodkasi.
Etaklanuvchi disklar gubchagi muftaning shlitsali o’qiga o’rnatilgan. O’qni old qismi sharikli podshipnikka tayanadi. U esa maxovikning markazida o’yilgan g’ovakka, orka uchi esa shlitsa orqali uzatmalar qutisining o’qi bilan bog’lanib, uning oldingi podshipnigiga tayanadi.
Muftaning yetaklanuvchi disklari maxovik va yetakchi disklar yuzalari bilan qobig’ning aylanasi bo’ylab o’rnatilgan prujinalar 3 ning kuchi ostida qisilib turadi.
Qaytaruvchi richaglar mufta qobig’iga vilka va gaykalar 7 yordamida qotirilgan. Richagning tashqi qismi qisuvchi disk bilan sharnirli, ichki qismi esa halqa 6 bilan bog’langan. Muftaning tepkisi podshipnik bilan ajratuvchi vilka 14 orqali bog’langan.
Tepki ezilishi bilan podshipnik 4 qaytaruvchi richagni ichki qismi yordamida halqani oldinga suradi, richag 8 ni tashqi qismi esa qisuvchi diskni orqaga suradi. Prujinalar 10 ni kengayish kuchi ta’sirida oraliq disk maxovik va qisuvchi diskdan ajraladi, harakat tirsakli o’qdan yetaklanuvchi diskka o’tkazilmaydi.
Etaklanuvchi diskni yoki o’q 1 ni tezlik bilan to’xtatish uchun tormozchalar qo’llanilgan. Tormozchalar kolodkasi 16 ilashish muftasi ajralganda o’qni qisadi. Buning uchun u buriluvchi richag bilan vilka 14 orqali bog’langan.
|
| |