|
-rasm. Ilashish muftasida tarelkasimon prujinani to’g’ri (a) va teskari (b) o’rnatilishi
|
bet | 17/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalash2-rasm. Ilashish muftasida tarelkasimon prujinani to’g’ri (a) va teskari (b) o’rnatilishi.
a.1-etaklanuvchi disk; 2-maxovik; 3-qisuvchi disk; 4-rezervdagi tarelkasimon prujina; 5-qobig’; 6-qisuvchi podshipnik; 7-tengentsial plastina.
|
|
b.1-maxovik; 2-qobig’; 3-kesmalangan tarelkasimon prujina; 4-qisuvchi podshipnik; 5-qisuvchi disk; 6-tangentsial plastinalar yig’masi.
|
Tarelkasimon prujinalar o’rnatilgan ilashish muftasini qo’shilgan holatida plastina 7 qisuvchi plastina 3 ning surilishi natijasida maxovik 2 tomonga qayishadi. Prujina 4 ni tashqi tomonini maxovikdan qarama-qarshi tomoniga siljishi, qisuvchi disk 3 ni bo’shashiga va plastina 7 ni qayishqoqligi tufayli majburiy ravishda uni yetaklanuvchi disk 1 dan qochiradi va ilashish muftasini yumshoqlik bilan ajratadi.
Tarelkasi teskari o’rnatilgan (13b-rasm) ilashish muftasining asosiy xususiyati shuki, qisuvchi podshipnik 4 bilan prujina 3 ning yaproqlarini doimo qo’shilganidir. Bunday konstruktsiyani plastinalari to’g’ri o’rnatilgan xiliga nisbatan quyidagi yutuqlari bor.
-tepkiga qo’yiladigan kuch 17...40% ga kam;
-bo’ylama o’lchovlari kichik;
-massasi oz va qobig’ni mustaxkamligi (bikirligi) yuqori;
-qobig’i ko’proq ochiq bo’lgani uchun detallarining sovishi yaxshi.
Tarelkali prujinalar qo’llanilgan ilashish muftalari asosan yengil avtomobillarda keng qo’llanilgan.
MTZ-80 traktorini bir diskli, quruq va doimiy qo’shilgan ilashish muftasining tuzilishi, 3-rasmda ko’rsatilgan. U yetakchi va yetaklanuvchi qismlar va uni uzuvchi mexanizmlardan iborat. yetakchi qism dvigatelning maxovigi 1 va qisuvchi disk 10 lardan iborat bo’lsa, yetaklanuvchi qismiga disk 8 va transmissiyaning o’qi 15 lar kiradi. Maxovik 9 bilan transmissiyaning o’qi o’zining shlitsasida o’tirgan disk 7 va qatiruvchi boltlar yordamida bog’langan. Qisuvchi disk 10 ga qaytaruvchi richaglar 6 o’rnatilgan. Tayanch va qisuvchi disklar o’rtasiga o’zlarining stakanlarida prujinalar 2 o’rnatilgan bo’lib, ular yetakchi disk orqali yetaklanuvchi diskni maxovikka qisadi.
Etaklanuvchi disk dempfer prujinalari bilan ichki qismiga shlitsa yasalgan gubchak 4 bilan bog’langan. Gubchak shlitsa bilan transmissiyaning o’qi 15 ga o’rnatilib, u bilan birga aylanadi.
Etaklanuvchi diskka harakat maxovik bilan qisuvchi disk orasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi orqali beriladi. Agar haydovchi tomonidan tepkiga kuch qo’yilib, qisuvchi disk bo’shatilsa, harakatni yetaklanuvchi diskka berilishi to’xtaydi.
3-rasm. Bir diskli, quruq va doimiy qo’shilgan ilashish muftasining tuzilishi.
1-maxovik; 2-prujina; 3-moylash shlangi; 4-etaklanuvchi disk gubchagi; 5-dempfer prujinasi; 6-qaytaruvchi richag; 7,8 va 10 –tayanch, yetaklanuvchi va qisuvchi (etakchi) disklar; 9-bolt; 11-rostlovchi vint; 12-qisuvchi podshipnik; 13-QOV ning yetakchi o’qi; 14-tormozchaning vilkasi; 15-transmissiya o’qi; 16-pasaytiruvchi reduktorning qo’shish richagi; 17-tishli mufta; 18-QOV uzatmasining o’qi; 19- pasaytiruvchi reduktorning yetakchi shesternyasi; 20-tormozchaning yetakchi diski; 21-tormozchaning siljuvchi diski; 22-QOV ulovchi vilkasi; 23- birlashtiruvchi mufta; 24 va 25-QOV uzatmasini birinchi va ikkinchi pog’onasining shesternyasi; 26-ilashish muftasining ajratish muftasi.
Uzatmalarni qisqa vaqtda o’zgartirish, uzatmalar qutisi shesternyalari tishlarini yeyilishini kamaytirish uchun ilashish muftasi ajratilishi bilan transmissiya o’qini aylanishini to’xtatish maqsadida tormozchalar qo’llaniladi. Tormozchani yetakchi diski transmissiya o’qiga maxkam o’rnatilgan. Unga friktsion qoplama yopishtirilgan. Harakatlanmaydigan kronshteyn shlitsasiga suriluvchi disk 21 o’rnatilgan. Tormozchani ishlashi ilashish muftasini boshqarish bilan blokirovka qilingan, ya’ni ilashish muftasi ajratilganda, tormozcha ishga tushadi va transmissiyaning o’qini aylanishdan to’xtatadi.
Tayanch disk 7 ning gubchagidagi shlitsada mustaqil ishlovchi QOV uzatmasining naysimon yetakchi o’qi 13 o’rnatilgan. U bir yo’la ikkita shesternya bilan birga yasalgan bo’lib, QOV ni ikkita tezlikda ishlashini ta’minlaydi, ya’ni 9 va 16,6 s-1. QOV vali uzatmasining mexanizmi ilashish muftasi korpusining pastida joylashgan.
MTZ-80 traktori ilashish muftasining boshqarish mexanizmi mexanik uzatmali bo’lib, prujinali servokuchaytirgich bilan jixozlangan.
|
| |