Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti




Download 24,58 Mb.
bet16/83
Sana27.11.2023
Hajmi24,58 Mb.
#106359
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
Bog'liq
Avtomobil va traktorlarni loyihalash

Ishlash printsipi. Xaydovchi tomonidan boshqarish tepkisi 4 ga kuch qo’yilmaganda yetakchi qisuvchi disk 3,qisuvchi prujina 6 yordamida yetaklanuvchi disk 7 ni maxovik 1 sirtiga yopishtiradi. Maxovik bilan yetaklanuvchi orasida hosil bo’lgan ishqalanish kuchi yetaklanuvchi diskni o’zi bilan aylantiradi. yetakchi va yetaklanuvchi disklar orasidagi ishkalanish kuchi yetaklanuvchi disk yuzasidagi ishqalanuvchi qoplamani kattaligi va xususiyatiga, qisuvchi prujinalarning kuchiga bog’liq bo’lib qoladi. Ilashish muftasining richagi 10 bilan qisuvchi povodok orasida 3….4 mm tirqish qo’yiladi. Uning vazifasi yetakchi disk bilan yetaklanuvchi diskni to’laligicha bir biri bilan yopishib, yaxlit aylanishini ta’minlash va richag 10 ning oxirgi qismi bilan chetlatgichni bir biriga tegadigan yuzasini ortiqcha yeyilib ketishidan saqlaydi.
Ilashish muftasining yetakchi va yetaklanuvchi disklarini ajratish va quvvatning berilishini transmissiya o’qidan ajratish uchun quyidagilar bajariladi.
Buning uchun xaydovchi, albatta, tepki 4 ga kuch qo’yadi, ya’ni oyog’i bilan ezadi. Natijada tortki 8 o’ng tomonga siljiydi va o’zi bilan ikki yelkali richagni yuqorisini siljishga majbur etadi. Uning ikkinchi yelkasi, qarama-qarshi tomonga siljib, chetlatgich 9 ni avval tirqish masofasini bosib o’tib, keyin ikki yelkali richag 10 ning ikkilamchi o’qda erkin o’tirgan qismiga yetib kelib, uni chapga surilishiga majbur etadi. Natijada, ikki yelkali richag 10 ning ikkinchi yelkasi prujina 6 ni kuchini yengib, yetakchi-qisuvchi disk 3 ni o’zining shlitsasi 12 da o’ng tomonga siljishiga majbur etadi. Natijada yetaklanuvchi disk 7 ni maxovikka qisib turgan kuchi yo’q bo’lib, erkin bo’lib qoladi. Endi quvvatni dvigatelning tirsakli o’qidan transmissiyaga o’tishi to’xtaydi.
Ilashish muftasini qo’shish uchun teskari jarayon bajariladi, ya’ni xaydovchi tepkini sekin asta qo’yib yuboradi. U vaqtda tepki prujina 14 yordamida avvalgi xolatiga qayta boshlaydi. Natija tortki 8 o’ngga, ikki yelkali richag 13 ning ikkinchi yelkasi chetlatgichni o’ng tomonga suradi. Bu bilan prujinalar 6 ni qisib turgan kuch yo’qoladi. Natijada prujinalar 6 kengayib, yetakchi qisuvchi disk 3 ni chap tomonga shlitsalarida surib, yetaklanuvchi disk 7 ni siljitib borib, maxovikka qisib qo’yadi. Burovchi moment tirsakli o’qdan transmissiya o’qiga o’taboshlaydi.
Ilashish muftasi ajralganda, uzatmalar kutisida uzatishlarni tez almashtirish uchun transmissiya o’qini tormozlash kerak bo’ladi. SHuning uchun transmissiya o’qiga tormoz o’rnatiladi. Tormoz tepkini bosib ilashish muftasi ajratilgan holatda ishga tushadi.
Xaydovchi tomonidan tepki quyib yuborishi bilan tormoz ham qo’yib yuboriladi.
Zamonaviy avtomobillarda, ayniqsa yengil avtomobillarda ilashish muftalarida tarelkasimon prujinalar qo’llanilmoqda. 2-rasm.





Download 24,58 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Download 24,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti

Download 24,58 Mb.