• Ilashish muftasining nosozliklari va ularga texnik xizmat ko’rsatish.
  • Servoprujinali yuritmani ishlashi kuyidagicha




    Download 24,58 Mb.
    bet24/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    Servoprujinali yuritmani ishlashi kuyidagicha: Tepkiga kuch qo’yilib ezilganda avvalo erkin masofani bosib o’tadi va ozgina cho’zilib turgan prujina 3 ni qisadi. Ungacha uch yelkali richagni prujina qotirilgan yelkasi tepki ezila borgan sari I-xolatdan II-xolatga o’tadi. Prujina maksimal qisiladi. Bu xolatni neytral xolat desa ham bo’ladi. Tepki yana ozgina ezilishi bilan prujina va uch yelkali richagni prujina qotirilgan yelkasi neytral xolatdan III-xolat tomon siljishi bilan prujina 3 kengayadi va richagni III-xolat tomon xarakatlantiradi. Bu xarakat tepkini ezishni osonlashtiradi. Ilashish muftasining disklari ajraladi.
    Qo’shish jarayoni xam, ya’ni tepkini orqaga qaytarish ham xuddi shunday bajariladi. Tepkidan kuch olinishi bilan prujina 3 o’zi qotirilgan yelkani tortadi. Xarakat III-xolatdan II-xolatga keladi va o’zining inertsiyasi bilan II-xolatdan o’tib ketishi bilan qisilgan prujina 3 richagni itaradi va avvalgi I-xolatga kelishga majbur etadi.


    Ilashish muftasining nosozliklari va ularga texnik xizmat ko’rsatish.

    Ilashish muftasi burovchi momentning yuqori yuklanishi ostida, aylanishlar chastotasi yuqori va notekis xarakatlar mavjud bo’lgan xolatlarda va disklarning doimiy shataksirashi bilan ishlaydi. SHu sababli friktsion qoplamlarning qizishi va yeyilishi ortadi.


    SHuningdek, qaytaruvchi tortmani, qisuvchi muftani va kulachokni shuningdek qaytargichni yeyilishi ro’y beradi.
    Ishlash davomida qisuvchi prujinalarning qizishi ro’y berib, qayishqoqligi pasayadi. YUqorida sanab o’tilgan nosozliklar ilashish muftasini me’yorda ishlashini buzadi.
    Nosozliklar ichida ilashish muftasi disklarining yuk ostida ishlayotganida shataksirab qolishi va disklarni “toza” ajralmasligini o’z vaqtida rostlash muxim xisoblanadi.
    YUqoridagi nosozliklarni betaraf qilish uchun ilashish muftasi rostlanadi va ta’mirlanadi.
    Doimiy ilashgan muftalarda tepkilarni erkin yurishi, oraliq disklarni erkin siljishi va tormozchani qo’shilish momenti rostlanadi.
    Tepkining erkin yurishi 35...45 mm atrofida bo’lib, disklarni bir biriga maksimal kuch bilan jipslashuvini ta’minlaydi.
    Qaytaruvchi richag bilan qisuvchi mufta orasidagi tirqish tepki tortmasini uzunligini o’zgartirish bilan rostlanadi.
    Doimiy qo’shilmagan ilashish muftalarida disklarni siqishdagi kuch rostlanadi. Mufta shataksiramasligi uchun disklarni qo’shib-ajratuvchi richagdagi kuch 100...150 N atrofida bo’lishi kerak.



    Download 24,58 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Servoprujinali yuritmani ishlashi kuyidagicha

    Download 24,58 Mb.