Ikki oqimli ilashish muftasida asosiy va QOV disklarini alohida-alohida boshqarishning sxemasi 9-rasm




Download 24,58 Mb.
bet21/83
Sana27.11.2023
Hajmi24,58 Mb.
#106359
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
Bog'liq
Avtomobil va traktorlarni loyihalash

Ikki oqimli ilashish muftasida asosiy va QOV disklarini alohida-alohida boshqarishning sxemasi 9-rasmda keltirilgan. Bunday ilashish muftalari T-40 va T-40A traktorlarida qo’llanilgan.
Ilashish muftasini ajratishga ta’luqlilar: tepki-17; tortqi-16; ikki yelkali richag-15; ajratuvchi tortqi-9; qisuvchi disk-5; yetaklanuvchi disk-2; maxovik-1.
Quvvat olish valini ajratishga ta’luqlilar: tepki-20; tortqi-19; ikki yelkali richag-18; QOVni uzuvchi va tayanch tortqisi-14; qisuvchi disk-7; yetaklanuvchi disk –8; tayanch disk 10 ning chap yuzasi.



9-rasm.Aloxida boshqariladigan ilashish muftasining kinematik sxemasi.

1-maxovik; 2-ilashish muftasining yetaklanuvchi diski; 3-ilashish muftasining o’qi; 4-ilashish muftasining qobig’i; 5-ilashish muftasining qisuvchi diski; 6-qisuvchi prujinalar; 7-QOV ning qisuvchi diski; 8-QOV ning yetaklanuvchi diski; 9-ilashish muftasini ajratuvchi tortqi; 10-QOVni tayanch diski; 11-QOV ni g’ovak o’qi; 12-QOVni shesternyali uzatmasi; 13-QOVni o’qi; 14-QOVni uzuvchi va tayanch tortqi; 15,16-tortqilar;17-ilashish muftasining tepkisi; 18-ikki yelkali tortqi; 19-tortqi; 20-QOVni ajratuvchi tepki.


Bu yerda qisuvchi prujina – 6 (yoki tarelkali prujina) ikkala, ya’ni ilashish muftasi uchun ham, QOV uchun ham ishlaydi.


Ilashish mufatasini ajratish kuyidagicha: tepki 17 ga kuch qo’yilganda tortqi 16 orqali richag 15 ajratuvchi tortqi 9 orqali prujina 6 ning kuchini yengib o’ng tomonga, ya’ni maxovikdan qochiradi. Natijada ilashish muftasining yetaklanuvchi diski bo’shaydi va burovchi momentni o’q 3 ga berilishi to’xtaydi.
QOV ni ajratish kuyidagicha: tepki 20 ga kuch qo’yilib tortqi 19 orqali richag 18 ni o’ng tomonga tortadi. Richag 18 ni ikkinchi tomoni esa uzuvchi va tayanch tortqi 14 ni chap tomonga va u orqali prujinalar 6 ni kuchini yengib, qisuvchi disk 7 ni chap tomonga suradi. Natijada yetaklanuvchi disk bo’shaydi va quvvat olish valining g’ovak o’qi 11 ga va u orqali KOV uzatmasiga burovchi momentning berilishi to’xtaydi.




Download 24,58 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Download 24,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikki oqimli ilashish muftasida asosiy va QOV disklarini alohida-alohida boshqarishning sxemasi 9-rasm

Download 24,58 Mb.