• Kardan uzatmaning
  • 1-rasm. Kardan sharnirlari.
  • -MAVZU. KARDANLI UZATMAGA OID UMUMIY MA’LUMOTLAR. KARDAN SHARNIRLARINING KINEMATIKASI




    Download 24,58 Mb.
    bet31/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    5-MAVZU. KARDANLI UZATMAGA OID UMUMIY MA’LUMOTLAR. KARDAN SHARNIRLARINING KINEMATIKASI
    REJA:



    1. Kardan sharnirlarining kinematikasi.

    2. Kardanli vallarning kritik aylanishlar chastotasini aniqlash.

    3. Kardanli uzatmani hisoblash.

    Zamonaviy avtomobillarda kardan uzatmalar, ayniqsa, yetakchi ko’prigi orqada bo’lganlarida qo’llanilib kelinmoqda.


    Kardan uzatmaning vazifasi burovchi momentni bir biridan uzoqda va bir chiziqda yotmagan nuqtalarga uzatishdan iborat. Atomobillarda harakat, asosan, uzatmalar qutisining ikkilamchi o’qidan yetakchi ko’prikda joylashgan bosh (markaziy)uzatmaga uzatiladi. Ular orasidagi masofa uzoq, ikkala qismning o’qlari bir umumiy chiziqda yotmaydi, masofa harakat paytida o’zgarib turadi. SHuning uchun bunday sharoitda kardan uzatmalarni qo’llashning samarasi yuqori bo’ladi. CHunki, ular harakat beruvchi va qabul qiluvchi nuqtalarni bir biriga nisbatan og’maligi 300 gacha bo’lgan holatini kompensatsiya qilaoladi.
    Kardanli uzatma quyidagilardan tashkil topgan:
    •elastik mufta
    •shlitsali birikma
    •oldingi kardanli val
    •tayanch podshipnik
    •oldingi kardan sharniri
    •orqa kardan val
    •orqa kardan sharniri



    1-rasm. Kardan sharnirlari.
    a-burchak tezliklari teng bo’lmagan; 1-qopqoq; 2-stakan; 3-ninasimon podshipnik; 4-salnik; 5 va 9-vilkalar; 6-saqlagich klapan; 7-krestovinv; 8-moylagich; 10-bolt;
    b-burchak tezliklari teng bo’lgan sharikli; 1-ichki yarim o’q; 2 va 3-etakchi va yetaklanuvchi vilkalar; 3-shtift; 4-shpilka; 6-tashki yarim o’q; 7-etakchi yonbosh shariklar; 8-markaziy sharik; v-burchak tezliklari teng bo’lgan kulachokli; 1-tashki o’q; 2 va 6-vilkalar; 3 va 5-qulachoqlar; 4-disk; 7-ichki yarim o’q.
    Kardanli uzatma o‘qlari bir-biriga to‘g‘ri yotmagan va o‘z holatini o‘zgartira oladigan vallar yordamida burovchi momentni kuch uzatmaning bir agregatidan boshqa agregatiga uzatib beradi. Avtomobilning kuch uzatmasiga o‘rnatilgan kardanli uzatma dvigateldan olinadigan burovchi momentni uzatmalar qutisi orqali bitta yetakchi ko‘prikka tarqatish qutisi yordamida bir nechta ko‘prikka uzatib berishi lozim. Avtomobil notekis yo‘llarda yurganida yetakchi ko‘prik ramaga nisbatan tik tekislikda tebranib, uzatish burchagi o‘zgarib turadi. Shu sababli burovchi momentning uzatmalar kutisidan (yoki taqsimlash kutisidan) yetakchi ko‘prikga o‘zgaruvchan burchak ostida uzatishda kardanli uzatmadan foydalaniladi. Kardan sharnirlar o‘qlari bir-biriga nisbatan to‘g‘ri yotmagan vallardan burovchi momentni o‘zaro uzatish uchun xizmat kiladi. Tepish va buralma tebranishlar xavfini kamaytirish uchun aksari zamonaviy avtomobillarda kardanli, sharnirli hamda ikkita val shuningdek, oraliq tayanchdan tashkil topgan kardanli uzatmadan foydalaniladi. Bunda uzatmaning uzayib qisqarishini ta’minlaydigan shlitsali birikma mavjud.


    Download 24,58 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. KARDANLI UZATMAGA OID UMUMIY MA’LUMOTLAR. KARDAN SHARNIRLARINING KINEMATIKASI

    Download 24,58 Mb.