• 1 3-rasm. Yetakchi ko´prik turlari: a - ikki bo´lakdan iborat yetakchi ko´prik
  • Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti




    Download 24,58 Mb.
    bet35/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    ularga qo´yiladigan talablar.
    Avtomobil ko´priklari g´ildiraklar o´rnatiladigan o´qlar vazifasini bajaradi. Transmissiya chizmalariga qarab ko´priklar yetaklovchi, yetaklanuvchi va boshqariluvchi, tutib turuvchi bo´lishi mumkin. Avtomobillarga ko´pincha ikkita yoki uchta ko´prik o´rnatiladi. Agar avtomobil ikkita ko´prikka ega bo´lsa, u holda yetaklovchi sifatida, odatda orqa ko´prik, ba´zan oldingi ko´prik ishlatiladi. O´ta og´ir yo´llardan ham yura oladigan ikki o´qli avtomobillarda ikkita ko´prik ham yetaklovchidir. Uch o´qli avtomobillarda esa orqadagi ikkita ko´prik yoki barcha uchala ko´prik yetaklovchi bo´ladi. G´ildirak formulasi 4x2 bo´lgan avtomobillarning yetaklovchi orqa ko´priklari birmuncha soddaroq konstruksiyaga ega.
    Yetaklovchi ko´prik, odatda bitta agregatga quyidagi mexanizmlarni birlashtiradi: asosiy uzatma, differensial va yarim o´qlar. Ko´rsatib o´tilgan mexanizmlar konstruktiv jihatdan yetaklovchi ko´prikning umumiy karterida joylashadi va aylantiruvhi momentni g´ildiraklarga uzatish uchun xizmat qiladi.
    Ko´prik mexanizmlari uzatilayotgan momentni ko´paytiradi va uni har bir g´ldirakni yo´l bilan konktda (ilashishida) bo´lish sharoitlariga qarab g´ildiraklarga taqsimlaydi. Aylantiruvchi moment uzatilayotgan paytda ko´prik karteriga, uni g´ildirak aylanishiga teskari tomonga burishga intiluvchi reaktiv moment ta´sir qiladi. Ko´prikni bunday burilishdan osma yoki uning yo´naltiruvchi elementlari saqlab turadi. Osma, shuningdek, avtomobil harakatlanganda hosil bo´ladigan gorizantal, vertikal va yon kuchlarni ham ko´prik karteriga uzatadi.
    1
    3-rasm. Yetakchi ko´prik turlari:

    a - ikki bo´lakdan iborat yetakchi ko´prik,
    б - shtamplash va payvandlash yo´li bilan shakl berilib yaxlit qilib ishlangan yetakchi ko´prik, в - quymali yetakchi ko´prik.
    1 — korpus; 2, 3 — karter qismlari; 4 — ressorani joylashtirish joyi; 5, 6, 12 — flanets; 7 — lagansimon to´smacha; 8, 10 — kronshteyn; 9, 13 — balka; 11 — truba
    Oldingi yetaklovchi ko´prik mexanizmlari orqa yetaklovchi ko´prik mexanizmlaridan, g´ildirak yuritmalarini murakkabligi jihatdan farq qiladi. Yuk avtomobillarida yarim o´qlar har bir g´ildirak uchun kesilgan qilib tayyorlanadi va burchak tezliklari bir xil bo´lgan bitta kardn sharniri bilan biriktiriladi. Old yuritmali yengil avtomobillarda esa yarim o´q g´ildirak va differensial bilan burchak tezliklari bir xil bo´lgan ikkita shakli sharnir vositasida biriktiriladi. O´ta og´ir yo´llardan ham yura oladigan avtomobillarda tortuvchi kuchni oshirish uchun yetaklovchi va boshqariluvchi g´ildirak yuritmalariga, ba´zan planetar turdagi g´ildirak uzatmalariga o´rnatiladi. Oldingi va orqa yetaklovchi ko´priklardagi boshqa mexanizmlar (asosiy uzatma va differensial) bir xil qilib tayyorlanadi.
    Oldingi ko´prik asosini (14-rasm) ikki uchida yuqoriga kerib egilgan bo´rtmasi bo´lgan qo´shtavrli to´sin 2 tashkil qiladi. To´sinning o´rta qismi pastga tomon egilgan bo´lib, dvigatelni ramadan pastroqqa joylashtirish imkonini beradi. Ko´prikning tepa sirtida osma ressorini mahkamlash uchun tayanch maydonchalar 3 mavjud. To´sin bo´rtmasiga shkvoren 4 qo´yilgan va bikr mahkamlangan, u buriluvchi sapfani o´rnatish uchun xizmat qiladi. Sapfa o´qiga podshipniklarda g´ildirak gupchagi mahkamlanadi, sapfaning o´zi esa buruvchi richag 5 yordamida shkvorenda burila oladi.
    O
    ldingi g´ildiraklar mustaqil osmaga ega bo´lgan orqa yuritmali yengil avtomobillarda oldingi ko´prik kalta to´sin ko´rinishida bo´lib, avtomobil kuzoviga mahkamlanadi. U bir paytning o´zida dvigatelni mahkamlash uchun ham xizmat qiladi.

    Download 24,58 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti

    Download 24,58 Mb.