|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 43/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashAVTOMOBIL SHINALARI
Avtomobil g’ildiragining eng muhim qismi pnevmatik shina hisoblanadi. U harakatlanish chog’ida yo’lning notekisliklarida yuzaga keladigan uncha kuchli bo’lmagan turtki va zarbalarni o’ziga yutadi ya’ni turtkilarni yumshatib va qisman so’ndirib g’ildirakka tushadigan dinamik yuklanishlarni kamaytiradi. Bu shinaning qayishqoqligi va unga to’ldirilgan havoning elastikligi hisobiga ta’minlanadi. Shuningdek, g’ildirakning tayanch yuza bilan ilashishini oshiradi. Shina g’ildirak to’g’iniga kiydirilib va unda havo bosimi tufayli konus sirtiga ponasimon bo’lib, yopishib turadigan bortlar vositasida tutib turiladi.
Shinalar g’ildirakning yo’l notеkisliklarida qabul qilgan turtkilarni yumshatib va qisman so’ndirib g’ildirakka tushadigan dinamik yuklanishlarni kamaytiradi. Shuningdеk, gildirakning tayanch yuza bilan ishlashini oshiradi. Shina gildirak tuginiga kiydirilib va unda xavo bosimi tufayli konus sirtiga ponasimon bulib yopishib turadigan bortlar vositasida tutib turiladi. Ular kamеrali va kamеrasiz turlarga bulinadi.
Kamеrali shinalarda xavo turadigan bushlik zich bеrkitilgan kamеrada xosil buladi, kamеrasiz shinalarda esa xavo bushligi shina bilan gildirak tuginida xosil buladi. Kamеrasiz shinalar xarakat xavfsizligini birmuncha oshiradi, chunki ular tеshilganda kamеrali shanalardagiga nisbatan sеkin chikadi, enеrgiya sarfi va kizishi kam. Kamеrasiz shinalar yulda buzilganda uni t'mirlash ancha kiyin.
Avtomobil g’ildragining eng muhim qismi pnevmatik shina hisoblanadi. U harakatlanish chog’ida yo’lning notekisliklarida yuzaga keladigan uncha kuchli bo’lmagan turtki va zarblarni o’ziga yutadi. Bu shinaning qovushqoqligi va unga to’ldirilgan havoning elastikligi hisobiga ta’minlanadi.
Avtomobil shinasi pokrishka, ventili bor kamera va g’ildrak to’g’iniga kiydirilgan to’g’in tasmasidan iborat. Bu tasma kamerani shikastlanishdan hamda g’ildirak to’g’ini va pokrishga bortiga ishqalanishdan saqlaydi. Pokrishka shinaning yuklanishlarni ko’taruvchi tashqi qobig’ini hosil qilsa, uning ichki bo’shlig’ini kamera qiladi. Ayrim hollarda yengil avtomobillarda kamerasiz shinalar ishlatiladi. Ularnig germetikligiga pokrishkaning ichki yuzasiga maxsus zichlovchi qatlam qo’yish va pokrishkani to’g’in tokchasiga zich o’tkazish bilan erishiladi. Bunday shinalarni kamerasiz shinalar deb ataladi. Kamerasiz shinalar yengil, issiqlikni kam hosil qiladi, ammo to’g’inni tayyorlashda yuqori aniqlik va texnik xizmat ko’rsatishda ko’p mehnat talab etiladi.
Pokrishka karkas, bortlar, breker (yostiq qatlam), yon sirtlar va protektorlardan iborat. Karkas pokrishkani asosi bo’lib xizmat qiladi hamda unga kerakli bo’lgan mustahkamlik va egiluvchanlikni beradi. U bir necha qatlam rezinali korddan (materialdan) iborat. Karkasda kord iplarini joylashuviga qarab shinalar diagonal va radial shinalarga bo’linadi.
|
| |