Protektor-shinaning yuguruvchi qimsidir




Download 24,58 Mb.
bet45/83
Sana27.11.2023
Hajmi24,58 Mb.
#106359
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
Bog'liq
Avtomobil va traktorlarni loyihalash

Protektor-shinaning yuguruvchi qimsidir. Tashqi tomonidan u chiqiqlar (tishlar) va ular orasidagi ariqchalar ko’rinishidagi shaklga ega. Protektorlardagi shu shakllar evaziga g’ildrakni yo’l bilan zarur ilashishi ta’minlanadi, shu sababdan yo’lning turli xil qo’lamlari uchun protektorning turlicha chizmalari qo’llaniladi. Yon sirtlar,yupqa qovushqoq rezina qatlami ko’rinishida karkasning yon devorlariga qoplanadi. Ular shinani mexanik shikastlanishlardan, nam o’tishidan va shu kabilardan saqlash uchun xizmat qiladi. Pokrishkadagi belgilashlar ham shu sirtlarga yoziladi.
Avtomobil g’ildraklari uchun kameralar havo o’tkazmaydigan qovushqoq rezinalardan tayyorlanadi. Kamera o’lchami, u damlangan paytda buklanib qolmasligi uchun doimo pokrishka bo’shlig’i o’lchamidan bir muncha kichik bo’ladi. Kameraga havo ventil orqali yuboriladi. Bu ventil ichkariga havo haydashga imkon berib, uni tashqariga chiqishini avtomatik tarzda berkituvchi teskari klapandir. Ventil-korpus, zolotnik va qalpoqchadan iborat. Korpus latundan naycha ko’rinishida tayyorlanib, kameraga gayka yordamida yoki rezina bilan yamab mahkamlanadi.
Yo’l bo’lmagan sharoitlarda, loy va qor bosgan yo’llarda, shudgorlarda, shuningdek, avtomobilning yurishi o’ta qiyin bo’lgan yo’nalishlarda harakatini oshirish uchun maxsus shinalar-arkali va pnevmog’ildrak shinalar ishlatiladi.
Arkali shina arka ko’rinishidagi shaklda bo’lib, N/V=0,3:0,4 nisbatga ega. Bu esa katta kontakt yuza hosil qiladi va tuproqqa tushadigan solishtirma bosimni kamaytiradi. Bularning barchasi taraqqiy etgan tuproqtishlagichlarni ham etiborga olganda, harakat tezligini oshirish uchun yordam beradi. Arkali shinalar maxsus to’g’inga kiydirilib, orqa qo’shaloq shinalar joyiga o’rnatiladi.
Pnevmog’ildraklarning ko’ndalang kesimi P simon shaklga ega, nisbati N/V=0,2:0,3 bo’ladi.
Tuproqqa ko’rsatadigan bosimi juda kichik hamda qovushqoqligi yuqori bo’lganligi sababli ular, qorli joylarda, yoyiluvchan qumliklarda yoki botqoqliklarda ishlaydigan transport vositalariga mo’ljallangan. Maxsus shinalar kamaerasiz qilib, chekli miqdorda tayyorlanadi.

Download 24,58 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




Download 24,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Protektor-shinaning yuguruvchi qimsidir

Download 24,58 Mb.