• Tormoz mexanizmi. Tormoz mexanizmi va ularning xillari quyidagicha, 2-rasm. 2-rasm. Tormoz mexanizmining xillari
  • Tasmali tormoz
  • Tasmali tormozlar sxemasi
  • Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti




    Download 24,58 Mb.
    bet53/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    YOrdamchi tormoz tizimi. Bu tizim faqat avtomobillarda qo’llanilib, uzun pastga qiyalikda asta tormozlanib tushishida foydalaniladi. Uzoq tormozlanish paytida tormozni qizib ketishini xisobga olib, qiyalikda yordamchi tormoz-sekinlashtiruvchi ishlatiladi.
    Tormoz tizimi uchta qismdan iborat: energiya manbai, tormoz yuritmasi va tormoz mexanizmi. Energiya manbai-tormozlovchining kuchi xisoblanadi. SHuningdek, dvigateldan xarakatga keluvchi gidravlik nasos va kompressorlar xam xisoblanishi mumkin.
    Tormoz yuritmasi energiyani manbadan tormoz mexanizmiga o’tkazib, xar-xil jadallikda tormozlanishni amalga oshiradi.
    Tormoz mexanizmi avtomobil yoki traktorning xarakatiga suniy qarshilikni paydo qiluvchi qurilmaga aytiladi. Tormoz mexanizmining suniy qarshiligi friktsion qurilma yordamida xosil qilinadi.
    Tormoz mexanizmi.
    Tormoz mexanizmi va ularning xillari quyidagicha, 2-rasm.


    2-rasm. Tormoz mexanizmining xillari.

    Amaliyotda barabanli, kolodkali mexanizmlarni oddiy qilib “barabanli” yoki “Kolodkali” deb qo’yaqolinadi. SHuningdek kolodkali va diskli tormoz mexanizmini diskli, deb “kolodka” so’zini qo’shmay aytiladi. SHunga o’xshash tasmali barabanli mexanizmini “tasmali”, deb qisqartirib aytiladi.





    Tasmali tormoz (3-rasm) valda aylanuvchi shkiv (5) ni o‘rab turadigan tasma (6), bo‘shatuvchi prujina (3) va harakatga keltiradigan tepki (1) dan iborat. Ishqalanish kuchini oshirish uchun tasmaning shkivga tegadigan sirtiga friksion qoplama mahkamlangan. Oddiy va erkin tasmali tormozlar bo‘ladi.

    3-rasm. Tasmali tormozlar sxemasi:
    a — oddiy tasmali; b — erkin tasmali; 1 — tepki; 2 — rostlash tortqisi;
    3 — prujina; 4 — rostlash bolti; 5 — shkiv; 6 — tasma; 7 — uch yelkali richag
    Oddiy tasmali tormoz (3-rasm, a) tasmasi (6) ning bir uchi barmoq va rostlovchi tortqi (2) vositasida karterga, ikkinchi uchi richag va tortqilar orqali tormoz tepki (1) ga biriktirilgan. Tepki bosilmaganda tasma prujina (3) bilan tortilib, shkivga tegmaydi va salqimasligi uchun rostlash bolti (4) ga tegib turadi. Tepki bosilganda tasma (6) tortilib, shkivga ishqalanadi va uni to'xtatadi. Oddiy tormoz tasmasining bir uchi qo‘zg‘almaydi, shuning uchun shkiv bir tomonga (strelka bilan ko'rsatilgan tomonga) aylanganda yaxshi tormozlanadi, teskari tomonga aylanganda (masalan, traktor orqaga yurganda) kuchli tormozlanmay, tepkini qattiqroq bosish kerak bo'ladi.

    Download 24,58 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti

    Download 24,58 Mb.