|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 54/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashErkin tasmali tormoz (3-rasm, b) tasmasi (6) ning ikkala uchi uch yelkali richag (7) va tortqi orqali tormoz tepki (1) ga bog'langanligi uchun ikkala uchi ham tortilishi mumkin. Shkiv (5) qaysi tomonga aylansa, tasma (6) ning o'sha tomondagi uchi qo‘zg‘almaydi, shuning uchun ikkala tomonga aylanganda ham baravar kuch bilan tormozlanaveradi.
Tasma bilan shkiv orasidagi tirqish tormoz tepkining yurish yo‘liga qarab rostlanadi, buning uchun tasmaning bir uchida rostlash gaykasi bor.
Diskli tormoz (4-rasm) aylanuvchi valga o'rnatilgan tormoz diski va unga ishqalanib tormozlovchi harakatlanmaydigan disk yoki kolodkalardan iborat. Dasta bilan boshqariladigan bir diskli tormoz (4-rasm, a) quyidagicha tuzilgan. Transmissiya vali (5) ga mahkamlangan tormoz diski (3) ning ikki yoniga friksion qoplamali kolodkalar (3) o‘rnatilgan. Dasta (1) tortilganda kolodkalar disk (5) ga siqilib uni tormozlaydi, bunda siqilgan holda o'rnatilgan prujina (2) yana siqiladi. Dasta bo'shatilishi bilan kolodkalar prujina kuchi ta’sirida kerilib, diskdan uzoqlashadi, transmissiya vali (4) tormozlanmaydi.
4-rasm. Diskli tormozlar sxemasi:
a — bir diskli; b — ikki diskli; 1 — dasta; 2 — prujina; 3 — kolodka;
4 — transmissiya vali; 5 — tormoz diski; 6 — tepki; 7 va 10— qoplamali disk;
8 va 9 - siquvchi disk; 11 — aylanuvchi val; 12 — sharik
Tepki bilan boshqariladigan ikki diskli tormozning (4-rasm, b) aylanuvchi val (11) ga o'rnatilgan friksion qoplamali disklari (7, 10) va shariklar (12) bilan suriladigan siquvchi disklari (8, 9) bor. Siquvchi disklar bir-biriga prujinalar bilan tortib qo’yilgan, ularning sirtida bir tomoni chuqurroq qilingan bir necha o‘yig‘i bor. Tormoz tepki (6) bosilmaganda disklar orasidagi shariklar (12) o’yiqlarning chuqur tomoniga joylashib, disklarni kermaydi. Tepki bosilganda siquvchi disklar (8, 9) tortqi va boldoqlar yordamida qarama-qarshi tomonga buriladi. Bunda shariklar disklar o‘yig’ining yuzaroq qismiga tiralib, ularni keradi. Siquvchi disklar aylanuvchi disklar (7, 10) ga tiralib, ularni tormozlaydi. Tepki bo'shatilganda siquvchi disklarni tortib turuvchi prujinalar dastlabki holatiga qaytaradi.
Kolodkali tormoz (5-rasm) aylanuvchi baraban va qo’zg‘almas kolodkalardan iborat. G'ildirak (1) diski baraban (5) shpilkalariga mahkamlangan. Baraban ichiga joylashtirilgan kolodkalar (6) ning bir uchi barmoqlar (7) da burila oladi. Kolodkalar sirtiga friksion qoplama qoplangan va prujina (4) bilan tortib qo‘yilgan. Tormozlanmagan holda kolodkalar barabanga tegmaydi. Tormoz tepki (2) bosilganda tortqi va richaglar orqali keruvchi kulak (3) burilib, kolodkalarni barabanga tiraydi, bunda prujina (4) yana ham cho‘ziladi. Kolodkalar bilan baraban orasida hosil bo‘lgan ishqalanish g‘ildirakni tormozlab to‘xtatadi. Tepki bo‘shatilgach, kolodkalar prujina ta’sirida tortilib, barabandan uzoqlashadi.
5-rasm. Kolodkali tormozning ishlash sxemasi:
1 — g'ildirak; 2 — tepki; 3 — musht; 4 — prujina; 5 — diskli baraban; 6 — kolodkalar; 7 — barmoq
|
| |