|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 56/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashPnevmatik yuritmalar. Bunday yuritmalar katta massa (9 t) va quvvatga ega bo’lgan yuk avtomobillarida qo’llaniladi. CHunki ularda tormoz mexanizmiga uzatiladigan kuchni nixoyatda orttirish mumkin. Bularga energiya manbai bo’lib, ballonlarda qisilgan xavo xisoblanadi. Pnevmatik yuritmali tormozning ishlashi 8-rasmda ko’rsatilgan
Pnevmatik tormoz yuritmasi (7-rasm) havoning bosim kuchi bilan tormozlarni boshqarishni yengillashtirib, o‘rta va og'ir yuk avtomobillarida qo‘llaniladi. Pnevmatik yuritma avtomobil motoridan harakatga keltiriladigan kompressor (5), siqilgan havo balloni (7), tormoz tepki (10) bilan bog'langan tormoz krani (8) va har qaysi g‘ildirak tormozlariga o‘rnatilgan tormoz kameralari (3) dan iborat bo'lib, bularning barchasi trubka (9) lar bilan bir-biriga bog‘langan.
Kompressorda 0,9 MPa ga qadar siqilgan havodan oyna tozalagichlarni harakatga keltirish, shinalarga dam berish, avtomobilga tirkalgan pritsepning tormozlarini boshqarish uchun ham foydalanish mumkin. Tizimdagi havoning bosimi manometr (6) bilan tekshirilib, maxsus regulator bilan rostlanadi yoki kompressor klapani ma’lum bosimda ochiladigan qilinadi. Rasmda tormoz yuritmasining oddiy sxemasi keltirilgan. Zamonaviy avtomobillarda havo balloni ikkita, manometrning ikkita tili bo‘ladi. Tormoz krani tirkama tormozini ham boshqaradi.
Tormoz tepkisi (10) bosilganda jo‘mrak (8) ballon (7) ni tormoz kameralari (3) ga tutashtiradi. Tormoz kamerasiga kirgan havo uning diafragmasi (11) ni bosib, unga bog‘langan shtokni siljitadi, bunda prujina (2) siqiladi. Shtokka bog'langan richag (1) va valik kulak (12) ni buradi. Kulak prujina (13) ni cho‘zib, tormoz kolodkalari (4) ni barabanga siqadi. Tormoz tepki bo‘shatilganda tormoz krani tormoz kameralarini ballondan ajratadi va ularni atmosfera bilan tutashtiradi. Tormoz kamerasidagi bosim pasayadi. Diafragma (11) prujina (2) ning kuchi ta’siri ostida dastlabki holatga qaytadi. Keruvchi kulak (12) buriladi va kolodkalarni prujina (13) barabandan ajratadi.
7-rasm. Pnevmatik tormoz yuritmasining sxemasi:
1 — richag; 2 va 13 — prujina; 3 — tormoz kamerasi; 4 — tormoz kolodkalari;
5 — kompressor; 6 — manometr; 7 — havo balloni; 8 — tormoz krani;
9 — quvurchalar; 10 — tormoz tepkisi; 11 — diafragma; 12 — musht.
|
| |