|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 52/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalash10-MAVZU. TORMOZ BOSHQARMASI
REJA:
Umumiy ma’lumotlar, ishchi, extiyot, to’xtatib turuvchi va yordamchi tormoz tizimlari.
Barabanli tormoz mexanizmlarining priptsipial sxemalari.
Qoplamalarda bosimning taqsimlanishi va undagi tormoz momentlarini aniqlash.
Diskli tormoz mexanizmlarining tuzilishi hamda ularning hisobi.
Ishchi tormoz tizimining’ yuritmalari.
Gidravlik va pnevmatik yuritmalar hisobi.
Tormoz kuchlari rostlagichlarini loyihalash asoslari.
ABS to’g’risida tushuncha. ABS rostlagichining tasnifi va sxemasi.
Tormozlashni boshqarish, boshqaruv tizimlaridan biri bo’lib, traktor va avtomobillarda mustaqil, zanjir tasmali traktorlarda burish mexanizmining bir elementi xisoblanadi.
Tormoz tizimi traktor va avtomobillarni, kerak bo’lganda, butunlay to’xtatishi, tezliklarni pasaytirishi va qiyaliklarda tinch turishini taminlashdir. Bundan tashqari tormozlar g’ildirakli traktorlarni bir g’ildirak atrofida burilishi, avtomobillarda esa uzoq vaqt tormozlanib borishini (pastga qiyalikda) amalga oshiradi. Zanjir tasmali traktorlarda xarakat yo’nalishini o’zgartirish uchun xam ishlatiladi.
Tormozlashda ishtirok etuvchi qurilmalarning majmui tormoz tizimini tashkil etadi. Tormoz tizimining xillari sxemeda ko’rsatilgan, 1-rasm.
1-rasm. Tormoz tizimining xillari.
Ishchi tormoz tizimi traktor va avtomobillarning xarakat tezligini pasaytirish yoki ularni butunlay to’xtashi uchun xizmat qiladi.
Ushlab turish tormoz tizimi g’ildirakli traktorni quruq xarakat yuzaga ega bo’lgan tezligi 20° li qiyalikda, zanjir tasmali traktorni 30° li qiyalikda, avtomobil va avtomobil tirkamasini 14°li qiyalikda xarakatsiz ushlab turishga xizmat qiladi.
Extiyot tormoz tizimi faqat avtomobillarda qo’llanilib, ishchi tormoz tizimi ishdan chiqib qolganda ishlatiladi. Aloxida extiyot tormozining tizimi qo’llanilmaydi. Buning uchun ishdan chiqqan ishchi tormozlarning sog’ qolgan qismlaridan foydalaniladi yoki maxsus loyixalashtirilgan ushlab turish tormozi tizimidan foydalaniladi. Katta avtomobillarda ishonchli bo’lishi uchun ikkalasidan xam foydalaniladi.
|
| |