• Gidravlik yuritma
  • Gidravlik tormoz yuritmasi
  • Gidravlik tormoz yuritmasmiug sxemasi
  • Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti




    Download 24,58 Mb.
    bet55/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    Tormoz yuritmalari
    Tormoz yuritmasining vazifasi manbaadan olgan energiyani tormoz mexanizmlariga yetkazib berishdan iborat. Ular mexanikaviy, gidravlik va pnevmatik turlariga bo’linadi.
    Mexanik yuritma boshqalariga qaraganda eng sodda xisoblanadi. U manbaadan olgan kuchini o’zgartirmaydi, qancha bo’lsa, shunchani bevosita tormoz mexanizmiga uzatadi. Lekin, kuchni uzatish paytida xar xil ishqalanishlarning bo’lishi tufayli foydali ish koeffitsiyenti kam. Bundan tashqari, kuchni uzatishda qatnashayotgan tortqi, richaglar deformatsiyalanish xususiyatiga ega. SHuning uchun mexanik yuritmalar kam qo’llanilib, faqat ushlab turuvchi tormozlarda qo’llanilmoqda. Ushlab turuvchi tormozlarning qo’llanilishining yana bir sababi shuki, ular cheklanmagan vaqtga berilgan kuchni kiymatini pasaytirmagan xolda saqlab turadi. Gidravlik va pnevmatik tormozlarda bu xususiyat yo’q.
    Gidravlik yuritma manbaa tomonidan qo’yilgan kuchni suyuqlik yordamida kuchaytirib, tormoz mexanizmiga o’tkazadi. Gidravlik yuritmada vakkumli kuchaytirgichni qo’shib ishlatilishi esa, bu yuritmaning samarasini yanada orttiradi. Vaqkumli kuchaytirgich suyuqlikni kuchini yanada orttiradi. U atmosfera bosimi bilan kiritish traktidagi bosimning farqiga asoslanib ishlaydi. Bosimlar farqi esa dvigatel yurganida xosil bo’ladi. Bunday yuritmalar yengil avtomobillarda keng tarqalib bormoqda.
    Gidravlik tormoz yuritmasi (6-rasm) tormozlash tizimini oson boshqarishga, barcha g'ildirakni bir me’yorda ravon tormozlashga imkon beradi. Gidravlik yuritma asosiy silindr (5) quvurchalar (3) va g‘ildirak tormozlash silindri (2) dan iborat. Tizim past haroratda qotmaydigan maxsus suyuqlik bilan to‘ldiriladi.
    Tormoz tepki (4) bosilganda asosiy silindning porsheni (6) suyuqlikni 7 — 8 MPa gacha bosimda tormozlash silindrlari (2) ga yuboradi. Suyuqlik bosimi kolodkalar (1) ni barabanga tirab g'ildiraklarni tormozlaydi. Tepki bo'shatilgach, tizimdagi suyuqlik bosimi darhol kamayadi, asosiy silindr prujinasi porshenni dastlabki holatga qaytaradi. Kolodkalar prujina (7) bilan tortilib, barabandan ajraladi, tormozlash silindriga yuborilgan suyuqlik esa, asosiy silindrga qaytadi.

    6-rasm. Gidravlik tormoz yuritmasmiug sxemasi:
    1 — kolodka; 2 — g'ildirak tormozlash silindri; 3 — quvurchalar; 4 — tepki; 5 — asosiy silindr; 6 — porshen

    Download 24,58 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti

    Download 24,58 Mb.