|
-rasm. Pnevmatik yuritmali tormozning ishlash sxemasi
|
bet | 57/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalash8-rasm. Pnevmatik yuritmali tormozning ishlash sxemasi.
1-qisuvchi prujina; 2-shtok; 3-diafragma; 4-prujina; 5-atmosfera klapani; 6-xavo klapani; 7-ressiver; 8-pnevmatik kamera; 9-pnevmatik kamera shtogi; 10-richag; 11-ajratuvchi mushtcha; 12-tormoz kolodkasi.
Sxemada tormoz kolodkalari kerilmagan xolatda. Atmosfera klapani 5 pnevmatik kamera 8 ning xavo xajmini atmosfera bilan bog’lab turadi. Xavo klapani 6 berk, resiver 7 tormoz kamerasidan ajralgan. Tepkiga kuch qo’yilishi bilan g’ovak shtok 2 porshenga o’rnatilgan prujina 1 tasiri ostida diafragma 3 va prujina 4 ning qarshiligini yengib, klapanning egari surilib, klapan 5 ga o’tiradi va tormoz kamerasi bilan atmosferaning bog’liqligini uzadi. SHtokning keyingi surilishida klapan 5 bilan bog’langan klapan 6 ochiladi va qisilgan xavo resiverdan pnevmatik kameraga o’tadi va tormoz kolodkalari 12 ni ishga tushiradi.
Tormozlash tugagandan so’ng tepki qo’yib yuboriladi. Kran tormoz magistralini resiverdan ajratib, atmosfera bilan bog’laydi, natijada magistralda bosim kamayadi, kolodkalar o’zlarining prujinalari kuchi ostida avvalgi xolatiga qaytadi.
Gidravlik va pnevmatik yuritmalar asosiy agregatlarining vazifalari.
a)gidravlik tormozlarda
Bosh tormoz tsilindri. Tormoz tepkisiga qo’yilgan kuchni ko’paytirib, g’ildiraklardagi ishchi tsilindrga yetkazib berishdan iborat.
Tormoz kuchini rostlovchi moslama. Kerak bo’lganda oldingi va orqa g’ildiraklar tormoz mexanizmida kerakli bosim kuchini proportsiyasini rostlab turadi.
Ishchi tsilindr. Bosh tormoz tsilindridan bosim ostida kelgan suyuqlikni kolodkalarni kerish kuchiga aylantirib beradi.
b)pnevmatik tormozlarda:
Xavo ballonlari. Qisilgan xavoni jamg’arish, uni sovitish, suv va moy bug’larini kondensatsiyalash uchun xizmat qiladi.
Bosim rostlagich. Tormoz tizimida talab qilingan xavo bosimini avtomatik ushlab turish uchun xizmat qiladi.
|
| |