• 1-rasm. G’ildirakli traktorlarning rul boshqarmasi. a- ajralmagan; b- ajralgan.
  • Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti




    Download 24,58 Mb.
    bet60/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    Rul mexanizmi xaydovchi tomonidan tanlangan yo’nalishga rul chambaragining burilishini rul uzatmasining xarakatiga aylantirib beradi.
    Rul boshqarmasi mexanik va mexanik kuchaytirgichli xillariga bo’linadi.
    Mexanik rul boshqarmasi 6 kN va undan past klassdagi traktorlarda, yengil avtomobil va mikroavtobuslarning bir qismida qo’llanilgan. Boshqariluvchi g’ildiraklarni boshqarish xaydovchi kuchi yordamida amalga oshiriladi.
    Mexanik-kuchaytirgichli rul boshqarmasida boshqariluvchi g’ildiraklarni burish kuchaytirgichlar yordamida amalga oshiriladi. Agar kuchaytirgichlar ishdan chiqsa, burish qo’l kuchi yordamida amalga oshiriladi, lekin bu xolda ancha qo’l kuchi sarf bo’ladi.
    Mexanik kuchaytirgichli rul boshqarmalari 9 kN va yuqori klassdagi g’ildirakli traktorlarda, avtobus va yuk avtomobillarida qo’llanilgan.
    Rul boshqarmasini loyixalash davrida rul chambaragiga qo’yiladigan kuch cheklanadi: pastkisi 30 N, yuqorisi 120 N. Bu chegara “yo’lni sezish” uchun qabul qilingan.
    Rul boshqarmasi ajratilgan va ajratilmagan xillariga bo’linadi. Agar rul chambaragi rul mexanizmi bilan sharnirlar orqali bog’langan bo’lsa, ajralgan rul boshqarmasi deyiladi, 84-rasm.
    Ajralgan rul boshqarmasida rul chambaragi 12 chervyakli 10 bilan kardan sharnirlar 13 orqali bog’langan. Bu xolda rul chambaragining aylanish o’qi, chervyakni aylanish o’qi bilan bir tekislikda yotmaydi. Bunday boshqarmani biroz konstruktsiyasining murakkabligi xisobga olinmasa, rul chambaragi xaydovchining xoxishi bilan, o’rnini va xolatini o’zgartirish imkonini beradi. Xozirgi yengil avtomobillarda shu konstruktsiyaning qo’llanilganligi (kuchaytirgich bilan) seziladi (GM va DEU kompaniyasi avtomobillarida).

    1-rasm. G’ildirakli traktorlarning rul boshqarmasi.
    a-ajralmagan; b-ajralgan.
    1-tsapfa; 2-shkvornyalar; 3-rul richaglari; 4-ko’ndalang tortqi; 5-buruvchi richag; 6-bo’ylama tortqi; 7-rul soshkasi; 8-rul soshkasining o’qi; 9-sektor; 10-chervyak; 11-rul o’qi; 12-rul chambaragi; 13-kardan sharnirlar; 14-o’q.

    Ajralmagan xilida chervyak 10 rul chambaragi o’qi 11 ning oxirida joylashgan. Bu konstruktsiya sodda bo’lishiga qaramay, rul chambaragini o’rnatish xolatini chegaralab qo’yadi. U shunday ishlaydi. Rul chambaragini va u orqali chervyakni aylantirishdan xosil bo’lgan kuch ketma-ketlikda sektor va u orqali o’qi 8 ga, soshka 7 ga, bo’ylama tortki 6 ga, buruvchi richag 5 dan rul trapetsiyasiga va undan shkvornya 2 orqali tsapfa 1 ga, ya’ni g’ildirakka beriladi. G’ildirakning burilishi, rul chambaragining burilishiga bog’liq.


    Traktorlar MTZ-80 va T-28X4M traktorlari va yuk avtomobillarining ko’pida rul boshqarmalari ajratilgan xiliga kiradi.
    Bundan tashqari trapetsiya mexanizmini oldingi ko’prikka nisbatan joylanishiga qarab xam oldinda yoki orqada joylashgan rul boshqarmasi bo’lishi mumkin.
    Zamonaviy traktorlarda (MTZ-80, MTZ-82, T-4OA, T-28x4M) rul chambaragini burashdagi kuchni kamaytirish uchun gidravlik kuchaytirgichlar rul mexanizmi bilan birga joylashtiriladi.



    Download 24,58 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti

    Download 24,58 Mb.