RUL BOSHQARMASI ISHLASH USULIGA QARAB:
MEXANIK YURITMALI;
GIDROYURITMALI;
PNEVMOYURITMALI.
2-rasm. G’ildirakli traktorlarni rul boshqarmasi sxemasi:
1-tsafpa; 2-shkvoren; 3-rul tortqisi; 4-ko’ndalang tortqi; 5-burish richagi; 6-uzala tortqi; 7-rul soshkasi; 8-soshka vali; 9-sektor;
10-chervyak; 11-rul vali; 12-rul chambaragi.
Rul boshqarmasi (3-rasm) rul mexanizmi va rul yuritmasidan iborat. Rul chambaragi (1), rul kolonkasi (2), rul vali (3), chervyak (19) va rolik (18) dan iborat rul mexanizmi rul chambaragining harakatini soshka (richag) vali (17) ga uzatadi. Chervyak va tishli sektor, chervyak va chervyak shesternali rul mexanizmi ham bo‘ladi.
3-rasm. Rul boshqarmasining sxemasi:
1 — rul chambaragi; 2 — rul kolonkasi; 3 — rul vali; 4 va 13 — rul richagi;
5 va 12 — boshqariluvchi g'ildirak; 6 va 11 — sapfa; 7 va 10— shkvoren;
8 — burish richagi; 9 — oldingi o‘q; 14 — ko'ndalang tortqi; 15 — bo‘ylama tortqi; 16 — rul soshkasi; 17 — soshka vali; 18 — rolik; 19 — chervyak
Rul yuritmasi rul mexanizmining harakatini boshqariluvchi g‘ildiraklar (5, 12) o'rnatilgan oldingi ko'prikka uzatadi. Rul yuritmasi rul soshkasi (16), bo‘ylama tortqi (15), burish richagi (8) va rul trapetsiyasidan iborat.
Rul trapetsiyasi buriladigan tomondagi (ichki) g'ildirakning ko'proq, tashqi g‘ildirakning esa, kamroq burilishini ta’minlaydigan sharnir vositasida biriktirilgan to'rt zvenoli mexanizmdir. Bu mexanizm oldingi o‘q (9) ko‘ndalang tortqi (14) va rul richaglari (4, 13) dan tuzilgan. Oldingi o‘qning uchlariga shkvorenlar (7, 10) vositasida burilish sapfalari (6, 11) biriktirilib, ular ko‘ndalang tortqi va rul richaglari orqali bir-biriga bog‘langan.
Traktor yoki avtomobil burilganda barcha g‘ildiraklari sirpanmay g‘ildirashi shart, aks holda og‘ir buriladi va shinalar tez yeyiladi. G'ildiraklarning sirpanmasdan burilishini ta’minlash uchun barcha g‘ildiraklar burilish markazi deb ataladigan 0 nuqta atrofida R radiusi bilan burilishi lozim (4-rasm). Yuqorida aytilgandek, oldingi g‘ildiraklarning turli (α1 va α2 ) burchakka burilishlarini — rul trapetsiyasi, ketingi g‘ildiraklarning turli tezlikda aylanishlarini differensial ta’minlaydi.
4-rasm. To‘rt (a) va uch (b) g‘ildirakli traktorning burilish sxemasi
Boshqariluvchisi g'ildiraklarni qaysi tomonga burish lozim bo‘lsa, rul chambaragi o‘sha tomonga buriladi (3-rasm). Harakat rul vali, rul mexanizmi, rul soshkasi, bo'ylama tortqi orqali burchakli richagga va unga bog‘langan chap sapfa (6) ga uzatiladi. Ko‘ndalang tortqi harakatni chap sapfadan o‘ng sapfa (1) ga o‘tkazib, mashinaning burilishi ta’minlanadi.
Traktorlar oldingi ko'prigini yerdan balandroq ko'tarish uchun burilish sapfalari oldingi o'qdan pastroq joylanadi, ba’zan traktorning yerdan balandligini o'zgartirish uchun sapfalar oldingi o‘qqa yaqinroq yoki uzoqroq o‘rnatiladigan qilinadi. Rulning yengil buralishi uchun chambarak bilan burilish sapfasi orasida uzatma son oshiriladi va ba’zi traktor va avtomobillar rul mexanizmida gidravlik, ba’zan pnevmatik kuchaytirgichlar o‘rnatiladi.
Gidravlik kuchaytirgich rul chambaragini burashni 5—6 baravar yengillashtiradi va tezroq burilishni ta’minlaydi hamda boshqariluvchi g‘ildiraklarga duch keladigan turtkilarni so'ndiradi. Gidravlik kuchaytirgich moy nasosi hosil qiladigan moy bosimi kuchi bilan yengillik tug'diradi. Uning moy nasosi va moy baki ko‘pincha traktorlarning alohida agregatli gidrotizimi bilan umumiy qilinadi.
Gidravlik kuchaytirgich (5-rasm) moy baki (10), shesternali nasos (8), zolotnik (4) li taqsimlagich (3) va kuch silindri (1) dan iborat. Moy nasosi traktor motoridan harakatga keltiriladi. Taqsimlagich rul mexanizmi chervyagi (11) ning valiga o‘rnatilib, ikkala tomonida siqilgan holda o'rnatilgan prujinasi (5) bor. Kuch silindri porsheni (2) ning shtogi (16) reyka va sektor (13) orqali rul trapetsiyasiga biriktirilgan.
5-rasm. Rul gidravlik kuchaytirgichining ishlash sxemasi:
1 — kuch silindri; 2 — porshen; 3 — taqsimlagich; 4 — zolotnik; 5 — prujina;
6 — yuqorigi kanal; 7 — saqlagich klapan; 8 — moy nasosi; 9 – haydash kanali; 10 — moy baki; 11 — rul mexanizmining chervyagi; 12 — rul chambaragi; 13 — sektor; 14— soshka; 15 — rul vali; 16 — shtok; 17— burish richagi; 18 — boshqariluvchi g'ildirak
Rul chambaragi (12) buralmaganda zolotnik (4) siqib qo‘yilgan prujinalar (5) kuchi ta’siri ostida neytral (o‘rta) holatda turadi (18.9- rasm, a). Moy nasosi (8) dan haydash kanali (9) orqali kuch silindriga kirgan moy porshenning ikkala tomoniga baravar ta’sir etgani sababli uni siljitmasdan moy bakiga qaytadi, ya’ni gidravlik kuchaytirgich ishlamaydi.
Rul chambaragi biror tomonga (masalan, o‘ngga) burilganda chervyak (11) zolotnik (4) ni burib oldinga siljitadi (5-rasm, b). Bunday holda haydash kanali (9) kuch silindrining past tomoniga tutashib porshenni oldinga bosadi. Porshen o‘z navbatida old tomonidagi moyni bosib, kanal (6) orqali bakka qaytaradi. Shtok (16) reykasi rul vali (15) bilan birga sektorni buradi. Rul valiga biriktirilgan soshka (14) rul trapetsiyasining burish richaglari (17) ni va ularning sapfalaridagi boshqariluvchi g‘ildiraklar (18) ni o‘ngga buradi.
Rul chambaragi chapga burilganda nasos haydagan moy yuqorigi kanal (6) dan porshenning old tomoniga boradi. Shunda porshen siljib, uning orqasidagi moy bakka siqib chiqariladi. Nasos bilan haydaladigan moyning bosimi saqlagich klapan (7) bilan cheklanib, u 8 MPa bosimda ochiladigan qilib rostlangan. Rul chambaragini burash to'xtatilsa, g‘ildiraklar ham burilishdan to'xtaydi, chunki kuch silindri sektorni buradi va cheryyak ish holatidan neytral holatga qaytadi.
6-rasm. Boshqariluvchi g‘ildiraklarning o‘rnatilishi: a — g‘ildirakning og'ishi; b — shkvorenning uzunasiga qiya o'rnatilishi; d — g'ildiraklarning yaqinlashuvi
|