|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 58/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashSaqlagich klapani. Pnevmatik tormoz tizimini rostlagichi buzilganda undagi bosimni xaddan tashqari ortib ketishidan saqlaydi. U 0,9.....0,95 MPa bosimda ishga tushadi.
Biriktirish muftasi. Asosiy traktor yoki avtomobil bilan tirkamaning orasidagi xavo shlanglarini ulash, agar tirkama tormozi ishdan chiqsa, mufta tirkama tomonga xavoni o’tishini to’xtatadi.
Tormoz kameralari. G’ildirak tormozlarini ishga tushirish uchun xizmat qiladi.
Ajratish klapani. Biriktirish muftasiga o’rnatilgan bo’lib, tirkamalar pnevmatik tizimini asosiy traktor yoki avtomobil pnevmatik tizimidan ajratib qo’yish uchun xizmat qiladi.
Kambinatsiyalashgan tormoz krani. Traktor yoki avtomobil va tirkamalarni pnevmatik yuritmalarini boshqarishga xizmat qiladi.
Tormozlardagi nosozliklar va ularga texnik xizmat ko’rsatish
G’ildiraklardagi tormozlarning yaxshi ishlashi tormoz yo’li va barcha g’ildiraklarni bir xil tormozlanishi bilan belgilanadi. Tormoz tizimining asosiy nosozligi, tormoz mexanizmining ajratmasligi, tormozlanish paytida traktor va avtomobillarning yonga olib ketishi, to’la to’xtatish uchun tormoz tepkisiga ortiq darajada kuchning qo’yilishi.
Tormozlanish paytida tormoz tepkisi yo’lining ko’payishi yoki kuchsiz tormozlash pnevmatik yuritmaga xavoning kirib qolishi, xavo ballonlaridan xavoni yoki gidravlik yuritmada suyuqlikni kamayib ketishi, kolodkalardagi nakladkalarning yeyilishi tormoz tizimining asosiy nosozliklari xisoblanadi.
Nosozliklarni bartaraf etish uchun quyidagilarni bajarish zarur bo’ladi.
-tormoz mexanizmlarini qatirilishi kerak bo’lganlarini qatirish, loy va boshqa narsalardan tozalab, kolodka va barabanlar o’rtasidagi tirqishni, rostlash;
-friktsion nakladkalar yeyilgan bo’lsa, almashtiriladi. Almashtirishni o’z vaqtida amalga oshirish muxim xisoblanadi;
-chap va o’ng g’ildiraklardagi kolodkalar bir vaqtda almashtiriladi. Aks xolda ularni tormozlanishi ikki xil bo’lib, traktor yoki avtomobilni yonga olib ketishiga sabab bo’ladi;
Gidravlik yuritmaga ega bo’lgan tormozda, tormozlanish oxirida tepki bilan pol orasidagi masofa 25 mm bo’lishi kerak. Unday bo’lmasa, rostlanadi.
Pnevmatik yuritmali tormozda kolodka bilan baraban orasidagi tirqish tormoz kamerasi shtokini yo’lini ortishi bilan aniqlanadi. SHtokning yo’li 25...30 mm dan oshmasligi kerak.
Tormoz tepkilarining salt yo’li tortkilarining uzunligini o’zgartirish bilan amalga oshiriladi.
|
| |