|
-rasm. Rul yuritmаsi vа оsmа kinеmаtikаsining o´zaro bog´liqligi
|
bet | 66/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalash24-rasm. Rul yuritmаsi vа оsmа kinеmаtikаsining o´zaro bog´liqligi.
1-old g´ildirak, 2-burilish richagi, 3-rul sharniri, 4-rul tortqisi, 5- chervyak shesternyali rul o´qi, 6-rul mexanizmining reyka, 7-rul chambaragi.
Nazorat uchun savollar.
Rul boshqarmasining vazifasi;
Rul boshqarmasining mexanizmi va rul uzatmasining vazifasi;
Rul uzatmasining xillari;
Rul chambaragiga qo’yilgan kuchni minimal va maksimal qiymatlari.
12-MAVZU. RAMA, KUZOVLAR
REJA:
Umumiy ma’lumotlar, yuklangan tizim, ularga ta’sir qiladigan yuklanishlar.
Yuklangan tizimning buralish va egilishga qarshilik ko’rsata olishi.
Qattiq hamda eshilishga moyil ramalarni hisoblash masalalari.
Yengil avtomobillar kuzovlari konstruktsiyalar, ular tayyorlashda qo’llaniladigan materiallar.
Avtomobilning energiya manbai dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqaruv mexanizmi o‘z vazifasini bajara olishi uchun biror qismga mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni ham joylashtirish zarur. Yuk avtomobillarida haydovchiga ayrim joy ajratilgani uchun kabina ham kerak.
Ko‘tarib turuvchi qism avtomobilga zarur hamma agregat, mexanizm, uzellarni joylashtirish uchun kerak.
Ko‘tarib turuvchi qismga asosan rama mansub bo‘lib, ramasiz konstruksiyalarda esa kuzov hisoblanadi.
Kuzov jihozlari va uning tuzilishi
Avtomobilda shunday qism ham bo‘lishi zarurki, u yukni, yo‘lovchilarni (yengil avtomobil va avtobuslarda) joylashtirish hamda ularni tashqi atrof-muhit ta’siridan saqlab turishi uchun xizmat qiladi.
Kuzovlarning vazifasi bo‘yicha yuk uchun (yog‘och yoki temir platforma), yo‘lovchilar uchun, yuk uchun va maxsus turlari bo‘ladi.
Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan kuzovlar umumiy vazifani bajaruvchi (yengil avtomobil va avtobuslar kuzoviga) hamda maxsuslariga (laboratoriya, ta’mirlashga mo‘ljallangan, yong‘indan xavfli) bo‘linadi.
4
2
7
5
1 6 3
1-rasm. Yuklamani to‘la qabul qiluvchi yengil avtomobil kuzovi. 1-oldingi bamper; 2-dvigatel kapoti; 3-haydovchi va yo‘lovchi o‘rindiqlari; 4-yuk xonasining qopqog‘i; 5-eshiklar; 6-qanotlar; 7-ketingi bamper.
Sinchsiz kuzovlar bir butun bo‘lib, yetarlicha bikr bo‘lishi uchun ayrim qismlarining ko‘ndalang kesimi jim-jimador bo‘ladi (yengil avtomobil kuzovlari).
Zamonaviy yengil avtomobillarda yuklamani to‘la qabul qiluvchi va yo‘lovchilarni joylashtirishga mo‘ljallangan kuzovlar ishlatiladi (1-rasm).
Kuzov bir butun po‘latdan shtampalab qilingan qobig‘ bo‘lib, unga kapot, yuk xonasining qopqog‘i, eshiklar, qanotlar, radiator pardasi, oldingi va ketingi bamperlar iboratdir. Kuzovning qobig‘i bir bugun payvand qilingan qismlardan iborat bo‘lib, ikkita old qanotlar, orqa qanot bilan bir qilib ishlangan ikkita yon tomon, kuzov tomi, payvand qilib biriktirilgan (1-rasm).
Kuzovning ikki tomonida ikkitadan ochiq joylar bo‘lib, ularga eshik-lar sharnir yordamida mahkamlangan. Eshiklar shtampalab tayyorlangan tashqi va ichki panellardan iborat bo‘lib, payvand bilan biriktirilgan. Eshiklar oynasi toblangan shishadan yasalgan. Old va orqa oynalar uch qavatli bo‘lib, sinib ketganda o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydi va xavfsiz hisoblanadi.
Kapot kuzovning old qismini berkitib turadi, u kuzovga ikkita ilgak bilan biriktirilgan. Kapot uni yopiq holatda ushlab turuvchi qulfga ega. Qulf kuzov ichidan ochiluvchi ilgakga ega.
Kuzov yukxonasi oldingi g‘ildiraklari yetakchi va klassik komponovkali avtomobillarda ketinda joylashgan. Unda yo‘lov-chilarning yuki, zahira g‘ildirak va haydovchi asboblari saqlanadi. U qo‘shaloq ilgak yordamida kuzovga mahkamlangan bo‘lib, old qismida ichidan qulf o‘rnatilgan.
Kuzov ichida bir yoki ikki qator o‘rindiqlar o‘rnatilgan, haydovchi va yo‘lovchi o‘rindig‘i qulaylik uchun bo‘ylama yo‘nalishda va suyanchig‘i og‘ib, rostlanadigan qilib yasalgan.
2-rasm.
|
| |