|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 67/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashNEXIA avtomobilini buyash.
avtomobilining kuzovi yuklamani to‘la qabul kiluvchi, ikki katta bo‘laqsan iborat, beshta eshikli bo‘lib, po‘latdan shtampalab yasalib payvanddab yig‘ilgan. Kuzovning old qismiga ikkita bo‘ylama lonjeronli va ko‘ndalang joylashgan ikkita to‘siqdan iborat payvandlab yasalgan qurilma biriktirilgan bo‘lib, unga dvigatel va transmissiya agregatlari mahkamlanadi.
Neksiya avtomobilining kuzovi yuklamani to‘la qabul qiluvchi turiga mansub bo‘lib, to‘rt eshikli, po‘latdan shtampalab yasalgan qismlarni nuqtali payvandlash usulida yig‘ilgan. Oldi qismida ikkitadan lonjeron va to‘sindan iborat qurilma bo‘lib, unga dvigatel, transmissiya agregatlari biriktirilgan.
Damas avtomobilining kuzovi shtampalab tayyorlangan qismlarni payvandlab yig‘ilgan bo‘lib, u zinapoyasimon ramaga mahkamlangan. Avtomobilning transmissiya agregatlari ramaga mahkamlangan bo‘lib, kuzov yo‘lovchilarni joylashtirish uchun xizmat qiladi.
Yordamchi jixozlar
YOrdamchi jixozlarning asosiy vazifasi xaydovchining ishlash sharoitini yaxshilashdan iborat. U quyidagi qismlardan iborat:
-traktor uchun, asosan, kabina kapot bilan birga;
-avtomobil uchun xam kabina kapot bilan birga, tirkama qurilmasi va lebyodka.
Kabina. Xaydovchilarni o’tirib traktor va avtomobillarni boshqarib o’tiradigan joy xisoblanadi. Traktor va avtomobillar xar xil sharoitda ishlaydi, ya’ni qaxraton qishda xam, jazirama yozda xam, yomg’iru, shamol turgan paytlarda xam, shuning uchun kabinada yuqorida sanab o’tilgan sharoitlarda ishlash uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo’lishi, shuningdek kabinaga traktor va avtomobillarning qismlarini ishlayotgani to’g’risidagi ma’lumotlarni bildirib turuvchi asboblar olib kelingan bo’lishi kerak.
SHuning uchun kabinaning ichki qismi shovqinni izolyatsiya qiluvchi qobig’ bilan jixozlangan.
Ro’para va yon tomonlar oyna bilan qoplanib, xaydovchiga keng formatda ko’rishi uchun sharoit yaratiladi.
Sovuq sharoitlarda xaydovchi sovqotmasligi uchun kabinaga isitgich (issiq xavo bilan ishlovchi), issiq sharoitlar uchun kabina xavo sovitgichlar bilan jixozlangan.
Bundan tashqari kabinada doimo xavoni tozalab va shabodalatib turuvchi ventilyator-chang tozalagich o’rnatiladi.
Xaydovchiga oson bo’lishi uchun quyosh nurini qaytargich, tibbiyot aptechkasi va ust-boshini ilish uchun ilgichlar kabinaning ichida mavjud.
YUqorida aytilgan jixozlar T-150K traktor kabinasida mavjud.
Traktorlar kabinasi yumshoq bir o’rinli o’rindiq, avtomobillar kabinasi esa yumshoq ikki va undan ortiq o’rindiqlar bilan jixozlangan.
Traktorlarda osmalar qo’llanilmagani uchun o’rindiqlar torsionli yoki teleskopik amortizatorlar bilan, avtomobillarning o’rindiqlari tekis prujinali amartizatorlar bilan jixozlangan.
|
| |