|
AVTOMOBILLARNI RUL BOSHQARMASI SXEMASI
|
bet | 63/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashAVTOMOBILLARNI RUL BOSHQARMASI SXEMASI:
1-rul chambaragi; 2-rul kolonkasi; 3-kronshteyn;
4-flanets; 5-sozlovchi gayka; 6-kardan uzatma; 7-ra-diator; 8-taqsimlagich;
9-reduktor; 10-rul mexa-nizmi; 11-ko’ndalang rul tortqisi; 12-soshka; 13-soshka vali; 14-nasos; 15-bachok.
Rul boshqarmasidagi nosozliklar va ularga texnik xizmat ko’rsatish. Rul boshqarmasini texnik xolati rul chambaragini salt aylanishidan (lyuftidan) aniqlanadi. Rul chambaragiga 10 N kuch qo’yilganda salt aylanishi 25o dan oshmasligi kerak. Salt aylanishining chegaradan ortib ketishi, rul uzatmasi detallarini yeyilishi natijasida ro’y beradi.
Salt aylanishining ortiqligini bartaraf etish uchun qatirilishi kerak bo’lgan qismlarni qatirish, podshipniklarni tekshirish va rostlash va rul boshqarmasining sharnirlarini rostlash shart.
Rul boshqarmasida gidravlik kuchaytirgich qo’llanilgan bo’lsa, zichlovchi qismlarni jipsligini, moyni almashtirish yoki kamaygan bo’lsa, o’z vaqtida to’ldirib turish zarur. SHuningdek, moyni ishchi bosimini tekshirish, saqlash klapanini rostlash, chervyak-sektor juftining tirqishini rostlash kerak.
Rul tortqilarini, sharnirli birikmalarini solidol bilan moylash, rul mexanizmiga kerakli miqdorda moy quyib quyishligiga e’tibor berish zarur.
1. Rul boshqarmasiining kоnstruktsiyalаri vа
u lаrga qo´yilаdigаn tаlаblаr.
Rul boshqarmasi avtomobil harakatlanganda boshqariluvchi g´ildiraklarni burish yo´li bilan uning yo´nalishini o´zgartirish va yurishini haydovchi belgilangan yo´sinda saqlash uchun xizmat qiladi.
Rul boshqarmasining vazifasi haydovchining boshqarishga mos ravishda avtomobilni harakat yo´nalishini o´zgartirishdan yoki tanlangan yo´nalishni saqlashdan iborat. Rul boshqarmasi asosan uch qismdan tashkil topgan: rul mexanizmi, rul yuritmasi va rul kuchaytirgichi.
Rul boshqarmasi avtomobilning harakat xavfsizligi bilan bog´liqligi uchun unga quyidagi talablar qo´yiladi:
avtomobilni kichik radiusda burilishini ta´minlash;
rul chambaragiga qo´yiladigan kuchni kamaytirish hisobiga, avtomobilni boshqarishni yengillatish;
kuch va kinematik kuzatuvchanlikga ega bo´lishi, ya´ni rul chambaragiga qo´yilgan kuch bilan boshqariluvchi g´ildiraklarning burilishiga qarshilik momenti orasidagi proporsionallik va rul chambaragini burilishiga mos ravishda boshqariluvchi g´ildiraklarni burilishi;
burilishlarda g´ildiraklarni yon tarafga kam sirpanishi;
boshqariluvchi g´ildiraklar qabul qilgan turtkilarni rul chambaragiga uzatilmasligi;
rul boshqarmasini me´yoriy elastiklikga ega bo´lishi;
rul boshqarmasining qismlari bilan osma orasida kinematik kelishuvchanlik mavjud bo´lishi osma ezilganida boshqariluvchi g´ildiraklarni o´z-o´zidan burilishdan saqlash;
rul boshqarmasining boshqariluvchi g´ildiraklarini barqarorligiga (stabilizatsiya) kam ta´siri;
yuqori ishonchligi;
Boshqariluvchi g´ildiraklarni burish uchun xizmat qiladigan mexanizmlar to´plami rul boshqarmasi deb ataladi.
Rul boshqarmasi rul mexanizmi bilan rul yuritmasidan tashkil topgan bo´lib, ularning umumiy tuzilishi 2-rasmda keltirilgan.
Boshqariladigan har bir g´ildirak burilish sapfasiga o´rnatilgan, u esa old ko´prik balkasiga shkvoren bilan biriktirilgan.
Shkvoren balkaga qo´zg´almas qilib mahkamlangan va uning yuqori va pastki uchlari burilish sapfasining teshikchalariga kirib turadi. Richag sapfani burganda, u boshqariluvchi g´ildirak bilan birga shkvoren atrofida buriladi.
Burilish sapfalari bir-biri bilan richaglar hamda ko´ndalang tortqi yordamida ulangan. Shuning uchun boshqariluvchi g´ildiraklar birgalikda bir vaqtda buriladi.
Boshqariluvchi g´ildiraklarni burish haydovchi tomonidan rul chambaragini aylantirisji bilan amalga oshiriladi.
Rul chambaragini aylantirish natijasida val aylanib, chervakni va u o´z navbatida sektorni harakatga keltiradi. Sektor valiga soshka mahkamlangan, u bo´ylama tortqi va richag orqali burilish sapfasini boshqariluvchi g´ildiraklar bilan birga buradi.
Rul chambaragi, val chervak va sektor birgalikda rul mexanizmini tashkil etadi va u haydovchining rul chambaragiga qo´ygan momentini boshqariluvchi g´ildiraklarni burish uchun oshirib beradi.
Soshka, bo´ylama tortqi, burilish sapfalarining richaglari va ko´ndalang tortqi rul yuritmasini tashkil etadi, bu uzatma soshkaga uzatilgan kuchni, boshqariluvchi g´ildiraklarni burovchi sapfaga uzatadi.
Ko´ndalang tortqi richaglar boshqariluvchi g´ildiraklarning burilish burchaklarini muvofiqlashtiruvchi rul trapetsiyasini hosil qiladi. Rul chambaragi transport harakati yo´nalishiga muvofiq ravishda avtomobil kabinasi yoki yengil avtomobil kuzovi ichida o´ng va chap tomonga o´rnatilishi mumkin. Bizning mamlakatda va boshqa ko´pgina mamlakatlarda o´ng tomonlama harakat qoidasi joriy etilganligi sababli rul chambaragi ro´baro kelayotgan transportni yaxshi ko´rishi uchun chap tomonga o´rnatilgan.
Rul mexanizmi orqali momentning orttirilishi, uzatmalar soniga bog´liq bo´lib, u rul chambaragi burilish burchagining soshkaning burilish burchagiga bo´lgan nisbati bilan baholanadi.
|
| |