• Avtomobilning rnl mexanizmi: 1 — rul chambaragi; 2 — rul kolonkasi; 3 — rul vali; 4
  • Avtomobilning rul mexanizmi
  • Boshqariluvchi g‘ildiraklarning o‘rnatilishi




    Download 24,58 Mb.
    bet62/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    Boshqariluvchi g‘ildiraklarning o‘rnatilishi. G‘ildiraklar burilgandan so'ng to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qiladigan holatga tezda qayta olishi, ya’ni g'ildiraklarning turg‘unligini oshirish (stabillashtirish) va yengil boshqarilishi uchun shkvorenlar ko‘ndalangiga (orqa tomonga) va uzunasiga (ichki tomonga) qiyaroq qilib o'rnatiladi (6-rasm, a, b).
    Ko‘ndalang qiyaligi β burchagi 6 — 8°, uzunasiga qiyaligi a burchagi 0—8° gacha qilinadi. Bu burchaklarning ortiq bo'lishi avtomobillarning va traktorlarning katta tezliklarda turg‘unligini oshiradi, ammo boshqarilishi og'irlashadi.
    Avtomobil va traktorni burishni yengillashtirish, g'ildirak gupchaklaridagi podshipniklarga zo‘r kelmasligi uchun oldingi g'ildiraklar tik o‘rnatilmasdan 2° gacha qiyaroq (a burchagi) o'rnatilib, bu g'ildiraklarning og‘ishi deyiladi. G'ildiraklarning og‘ishi, shkvorenlarning ko'ndalang va uzunasiga qiyaligi rostlanmaydi.
    G'ildiraklar og'ib turganligi, shkvoren, tortqi va podshipniklarda tirqish bo'lganligi sababli ular to‘g‘ri (parallel) turishi va kerilib sirpanmasligi uchun g‘ildiraklar o‘rtasidagi oraliq (6-rasm, d) old tomonda (B) torroq, orqa tomonda (A) kengroq bo‘ladi. Bu oraliqlar ayirmasi 2—12 mm qilinib, g'ildiraklarning yaqinlashuvi deyiladi. G‘ildiraklarning yaqinlashuvi rul ko‘ndalang tortqisining uzunligini o‘zgartirib rostlanadi.



    7-rasm. Avtomobilning rnl mexanizmi:
    1rul chambaragi; 2 — rul kolonkasi; 3 — rul vali; 4qistirma;
    5 — chervyak; 6 — rolik o‘qi; 7 — ikki tishli rolik; 8 — soshka valining kallagi;
    9 — rostlash vinti; 10 — qalpoqli gayka; 11 — rul soshkasi;
    12 soshka vali; 13korpus


    Avtomobilning rul mexanizmi (2.0.7-rasm) ramaning chap tomondagi bo'ylama joylashgan balkasiga boltlar bilan mahkamlangan cho'yan korpus (13) ichiga joylashtirilgan chervyak (5) va ikki tishli rolik (7) dan iborat. Chervyak quvursimon rul vali (3) ning pastki uchiga presslab o'rnatilib, ikkita konus rolikli podshipnikda aylanadi. Rolik o‘q (6) dagi ikkita sharikli podshipnikda turadi. O‘q rul soshkasi (11) vali (12) ning kallagi ((5) ga presslab o‘tqazilgan. Rul vali rul kolonkasi (2) ning ichiga joylashtirilib, uning yuqorigi uchiga rul chambaragi (1) mahkam­langan.
    Chervyak podshipniklarining tirqishi qistirmalar (4) sonini o'zgartirib rostlanadi. Rolik bilan chervyakning tishlashishi (tishlarining orasidagi tirqishi) ustiga qalpoqli gayka (10) burab qo'yilgan rostlash vinti (9) bilan rostlanadi.






    Download 24,58 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqariluvchi g‘ildiraklarning o‘rnatilishi

    Download 24,58 Mb.