|
Rul yuritmаsi vа оsmа kinеmаtikаsining o´zaro bog´liqligi
|
bet | 65/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalash2. Rul yuritmаsi vа оsmа kinеmаtikаsining o´zaro bog´liqligi.
Rul yuritmasi rul mexanizmida oshirilgan kuchni soshka orqali qabul qilib, boshqariluvchi g´ildiraklarning sapfalariga uzatadi va boshqariluvchi g´ildiraklarni buradi.
Rul yuritmasi berilgan eng kichik burilish radiusi bo´yicha burilishini, ichki va tashqi boshqariluvchi g´ildiraklarning har xil burchakka burilishini va soshka vali bilan burish sapfalari orasida kerakli uzatish sonining bo´lishini ta´minlashi lozim.
Rul yuritmasi tortqi va richaglardan tashkil topgan bo´lib, rul trapetsiya shaklini hosil qiladi. Rul yuritmasi detallari, bir-biri bilan shunday bog´langanki, boshqariluvchi g´ildiraklarni burganda richag va tortqilar bir-biriga nisbatan birikmalarda turli tomonga yengil burila olishi, shuningdek, o´z birikmalaridan zarur miqdordagi kuchni uzata olishi lozim. Shuning uchun rul yuritmasining tortqilari bir-biri bilan sharnirlar orqali bog´langan bo´lishi kerak.
Rul yuritmasi boshqariluvchi g´ildiraklarni to´g´ri nisbatda (ichki g´ildirakni katta, tashqi g´ildirakni kichik burchaklarga) burilishini, boshqariluvchi g´ildiraklarda avtotebranishlar bo´lmasligini hamda avtomobilning osmalari tebranishida g´ildiraklarni o´z-o´zidan burilishini oldini olishni ta´minlaydi.
Rul yuritmasi: rul taretsiyasidan, rul mexanizmini rul trapetsiyasi bilan bog´lovchi richaglar va tortqilardan, sharnirli birikmalar hamda ko´pchilik avtomobillarda rul kuchaytirgichidan tashkil topgan.
Rul trapetsiyasi avtomobilning kompanovka imkoniyatlari bo´yicha turlicha bo´lishi mumkin, 23-rasm.
Trapetsiyalarning oldingi balkaga nisbatan joylashishi bo´yicha orqada joylashgan (23-rasm, a) yoki oldinda joylashgan (23-rasm, b) bo´ladi. Avtomobilning g´ildiraklari nomustaqil osmaga ega bo´lganida yaxlit ko´ndalang tortqili trapetsiyalar (23-rasm a va b), mustaqil osmaga ega bo´lganda esa, bo´g´inlarga ajratilgan ko´ndalang tortqili trapetsiyalar (23-rasm, v, g, d, e) ishlatiladi.
2 3-rasm. Rul yuritmasi trapetsiyasining turlari:
a -ko´prik orqasida joylashgan trapetsiya; b-ko´prik oldida joylashgan trapetsiya; v-sharnirli trapetsiya; g-olti sharnirli trapetsiya; d-olti sharnirli mayatnik richagli trapetsiya; e-sakkiz sharnirli mayatnik richagli trapetsiya.
|
| |