• 27- rasm. Ikki o´lchamli o´tqazish manekenidan haydovchini o´tqazishni tuzish uchun foydalanish
  • Haydovchining ishchi o´rnining joylashuvi




    Download 24,58 Mb.
    bet73/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    Haydovchining ishchi o´rnining joylashuvi.
    Haydovchini o´tqazishni tuzishdan avval, uning kabinaga va boshqarish organlarining joylashishiga nisbatan vaziyatini ifodalovchi asosiy geometrik o´lchamlarni tushunib olamiz.
    Haydovchini kabinada dastlabki joylashtirish uchun ikki o´lchamli 95- reprezentativlik darajasidagi o´tqazish manekenidan (GOST 20304-90) foydalaniladi. Ish odatda 1:5 (ba´zan 1:10) masshtabda o´tkaziladi. Bu ishning ushbu bosqichidagi kerakli aniqlikni ta´minlaydi, grafik tasvirlar esa yetarli zichlikda chiqadi. Ish agar biror kompyuter konstruktorlik dasturidan foydalanib bajarilsa, masshtab tanlash haqidagi savol yo´qoladi, chunki bu holda muhokamalar va tasdiqlash uchun tasvirni qog´ozga ko´chirish har qanday masshtabda ham aniqlikni yo´qotmasdan bajarilishi mumkin.
    Transport vositasining turiga bog´liq holda haydovchini o´tqazishning u yoki boshqa usuli qo´llaniladi. Traktorda va yuk avtomobilida haydovchi yengil avtomobilga nisbatan ancha baland o´rindiqda joylashadi, oyoqlar tizzalarda ko´proq bukilgan, o´rindiqning orqasi deyarli vertikal joylashtirilgan. Haydovchining shunday joylashishida kabinaning uzunligi eng kam, balandligi esa aerodinamika nuqtayi nazaridan mashinaning katta gabaritlari (yuk tashish avtomobili) yoki harakatning kichkina tezligi (traktor) tufayli ahamiyatga ega bo´lmaydi. Ikki o´lchamli o´tqazish manekenidan foydalanib haydovchini joylashtirishga prinsipial yondashish 27- rasmda tasvirlangan.


    27- rasm. Ikki o´lchamli o´tqazish manekenidan haydovchini o´tqazishni tuzish uchun foydalanish:
    1 - motor bo´lmasining to´sig´i; 2 - gilam; 3 - o´rindiq siqilgan yostig´ining sathi;
    4 - pol.
    Haydovchini joylashtirish haydovchiga qaragan ichki pol va
    to´siqlarning chegaralarini qurishdan boshlanadi. Bunda "to´siq´´
    atamasi ostida (GOST R 41.35-99) standartga muvofiq tuzilishning
    har qanday doimiy elementi (misol uchun, kardan vali yoki
    uzatmalar qutisi ustidagi tunnel chiqiq, g´ildirak g´ilofi, kuzovning
    yon paneli va hokazo) tushuniladi. Keyin transport vositasining
    toifasidan kelib chiqib, o´rindiqlar balandligi yostiq
    deformatsiyasini hisobga olib tayinlanadi. Yostiq deformatsiyasining qiymati yengil avtomobil uchun taxminan 80... 100 mm atrofida, traktor va yuk tashish avtomobili uchun undan kamroq kattalikda qabul qilinadi. Agar ressorlangan o´rindiqdan foydalanish mo´ljallansa, unda haydovchining og´irligi ostida o´rindiqning joyini o´zgartirishini (o´rindiq osmasining elastiklik ta´rifi hisobiga statik egilish) e´tiborga olinadi.

    Insonning va o´rindiqning o´zaro ta´siri oldingi mavzularda batafsil ko´rib chiqilgan.



    Download 24,58 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Haydovchining ishchi o´rnining joylashuvi

    Download 24,58 Mb.