|
Texnikaviy topshiriqda quyidagi ma´lumotlar ko´rsatiladi
|
bet | 72/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashTexnikaviy topshiriqda quyidagi ma´lumotlar ko´rsatiladi:
mashinaning mo´ljallangan vazifasi;
tuzilmaning umumiy joylashish sxemasi yoki tuzilish sxemalarining variantlari;
foydalanish sharoiti (yo´llar, iqlim, maxsus);
texnikaviy parametrlar va tavsiflar;
resurs;
ishlab chiqarish hajmi, taxminiy narxi yoki tannarxi;
patent tozaligi va eksport qilinishi mumkin bo´lgan mintaqa
va mamlakatlarni hisobga olgan holda standartlarni bajarish bo´yicha talablar;
me´moriy-badiiy rasmiylashtirish talablari;
buyurtmachining qo´shimcha talablari.
Odatda texnikaviy topshiriqni tashkil etishda dastlabki loyihalash va hisob ishlari o´tkaziladi:
Mashinaning dastlabki tuzilishi (yoki tuzilishining variantlari) ishlanadi, uning tortish-tezlik va yonilg´i-iqtisodiy tavsifnomalari, motorning parametrlari yoki uning aniq markasi, transmissiyaning turi, uzatishlar soni, gabaritlar va og´irlik parametrlari, berilgan ishlab chiqarish ko´lamida mashinaning tannarxi aniqlanadi, tashqi shakllarning eskizlari va shu kabilar ishlanadi.
Ishlab chiquvchi mutaxassis texnikaviy topshiriq asosida texnik taklif (GOST 2.118-73) yoki xomaki loyiha (GOST 2.119-73) tuzadi.
Texnik taklif mashinani ishlab chiqarishning maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy asoslash texnik topshiriqning tahlili asosida qo´yilgan talablarni aniqlashtirish va texnik yechimlarning mumkin bo´lgan variantlarni aniqlashni o´z ichiga oladi. Texnik taklif asosida buyurtmachining va ishlab chiqaruvchi mutaxassis roziligida texnikaviy topshiriqqa aniqlik kiritilishi mumkin.
Xomaki loyiha loyihalash-konstruktorlik hujjatlaridan iborat bo´lib, unda mashinaning tuzilishi va ishlash prinsipi haqida umumiy tasavvur beradigan konstruktorlik yechimlari hamda uning o´z vazifasiga mosligini aniqlaydigan ma´lumotlar bayon qilingan. Xomaki loyiha davri quyidagi: xomaki joylashish, tashqi shakllarning qidirish maketlarini yaratish, tashqi shakllarni maketlash va ichki makonni maketlash bosqichlaridan iborat bo´ladi. Xomaki loyiha mashinaning asosiy agregatlarini, yig´ish chizmalarini, umumiy ko´rinish chizmalarini hamda mashinaning texnikaviy darajasi haqidagi ma´lumotlarni o´z ichiga oladi. Odatda yaqt bo´yicha xomaki loyiha ustida ishlash texnikaviy topshiriqning chalasini to´ldirish bilan birga bo´ladi.
Buyurtmachi va ishlab chiquvchi mutaxassis orasida hujjatlar alishish qanday tartibda yuz berishidan qat´iy nazar, loyiha-konstruktorlik ishlarining mazmundor qismi ayirboshlanmaydi.
|
| |