|
- rasm. Yengil avtomobilning oldingi qanoti master-maketi
|
bet | 80/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalash37- rasm. Yengil avtomobilning oldingi qanoti master-maketi.
Master-maket konstruktorlik hujjati va o´ziga xos hakam rolini bajaradi, chunki kuzovning hamma shtamplangan tashqi qismlarining shakli uning yordami bilan tekshiruvdan o´tadi va shtamp xo´jaligining ishlab chiqarishga tayyorlash jarayonida ularni sozlashda kelib chiqadigan qismlarni o´zaro uchma-uch ulash muammolari yo´qotiladi. 37 - rasmda misol sifatida yengil avtomobilning oldingi qanoti master-maketi ko´rsatilgan.
Tashqi shakllarning masshtabdagi va tabiiy o´lchamga ega maketlari mashinaning ichki bo´shlig´i, interyeri bilan bog´liq savollarni oydinlashtirib bera olmaydi. Bu savollar o´tqazish maketi yordami bilan yechiladi. U odatda daraxt, faner, gips, stekloplastika, plastilin qo´llash bilan quriladi. O´tqazish maketi tashqaridan ishlanayotgan kuzovga yoki kabinaga o´xshash emas, lekin ichki bo´shliq chizmalarga aniq mos keladi.
38-rasm. Yengil avtomobilning o´tqazish maketi.
Maket qurish uchun boshlang´ich nuqta bo´lib kuzov yoki kabina ichki joylashishining avvaldan qilingan chizmasi xizmat qiladi. Bu chizma va avtomobilning xomaki tuzilishi asosida maketning karkasi loyihalanadi, u kuzov konstruksiyasining hamma o´ziga xos asosiy xususiyatlarini e´tiborga olishi kerak.
Maketning asosi - maket romi (yoki uning faqat oldingi qismi) yoki ko´tarib turuvchi kuzovning asosi salmoqdor yog´och tayanchlarda plita yuzasining ustiga loyihalash balandligida o´rnatiladi.
Maketni qurishda har xil qo´lga ilingan vosita va materiallardan keng foydalaniladi. Agar loyihalanayotgan mashinada foydalanishga mo´ljallangan tayyor qism va agregatlar bor bo´lsa, ulardan maketning qismlari sifatida foydalaniladi, buning ustiga odatda faqat karterlari, ichki qism va detallarisiz.
Motor singari murakkab agregatlarning maketlarini tarkibli bajariladi, (silindrlar bloki, silindrlar kallagi, moy karteri, gaz kiritish va ulamalar bilan chiqarish quvurlari, havo filtri va hokazo alohida-alohida qilinadi va o´zaro boltlar, vintlar yordami bilan birlashtiriladi), bu maketni osongina ulama qismlarga ajratish va kerak bo´lganda bu ulama qismlar yoki ulaming nisbiy vaziyatini o´zgartirishga imkon beradi.
Yengil avtomobilning oldingi osmasi batafsil maketlanadi. Aylanayotgan gupchakdagi g´ildirak o´rniga, fanerdan yoki dyuralyuminiy listidan qilingan shina bilan g´ildirakning profil shabloni mahkamlanadi. Bu shablonni g´ildirak o´qi atrofida aylantirib, shassi va suyanchiqning qo´shni qismlari orasidagi hamma tirqishlarni, g´ildirakning balandlik va burilish burchagi bo´yicha har xil holatlarida, masalan tormoz shlanglari uchun, o´girib ko´rib chiqish imkonini beradi. Shunday shablon g´ildirak g´ilofining shaklini aniqlashga imkoniyat yaratadi, g´ilofning maketda simdan qilingan panjarasimon karkas (sinch) ko´rinishida tayyorlash mumkin, uning shaklini aniqlagandan keyin, uni shu karkasda tayyorlangan shisha-plastik qobiq bilan almashtiriladi.
Kerak bo´lganda boshqa xususiy maketlarni ham (orqa osma sohasidagi shassi agregatlari, ishlagan gazlarni chiqarish tizimi, yonilg´i baki va yonilg´i o´tkazgichlarning joylashishi va boshqalar) shunday usul bilan tayyorlanadi.
Yukxona hajmini baholash ham maketning yordami bilan ishlab chiqiladi. Yukxona hajmini kub metrlarda yoki litrlar (kub detsimetrlar)da ko´rsatish uning haqiqiy sig´imi o´lchovi bo´lmaydi, chunki uning hajmi shaklini va katta narsalar joylash imkonini aniqlamaydi. Yengil avtomobil yukxonasining haqiqiy foydalaniladigan hajmini baholash uchun ko´pincha muayyan standart o´lchamlardagi bir nechta chamadonlar komplektidan foydalanadilar. Yukxonaning foydali hajmi ayrim chamadonlar hajmining yig´indisi sifatida aniqlanadi. Agar hamma komplektni joylashdan keyin yukxonada bo´sh joy qolsa, unga butun yukxona hajmini to´ldirib bo´lmaguncha kichik o´lchamdagi standart chamadon qo´yiladi. Ba´zan chamadonlarning o´rniga standart o´lchamdagi parallelepipedlardan foydalaniladi.
|
| |