|
- rasm. Traktorning oldingi g´ildiragi ko´zdan kechirish nuqtalarining ko´rinish sohalari
|
bet | 82/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalash40 - rasm. Traktorning oldingi g´ildiragi ko´zdan kechirish nuqtalarining ko´rinish sohalari
5. Аvtоmоbilgа kirish-chiqish qulayligi.
Kuzov yoki kabinaning ichki bo´shlig´i hajmi qurilgandan, o´rindiqlar, rul va boshqarishning tepki va dastaklari loyiha vaziyatida o´rnatilgandan keyin, odamlarni joylashtirish va kirish-chiqish qulayligi tekshiriladi. Bunda ikkita usul qo´llaniladi: standart o´tqazish manekenidan foydalanish va ekspert baholash yordami bilan.
O´tqazish manekeni standart (GOST 28261-89)da ko´zda tutilgan tadbirlar bilan moslikda o´rindiqda joylashadi va H nuqtaning vaziyati va manekenning elementlari orasidagi burchaklar aniqlanadi. Bu parametrlarni joylashishi uchun asos qilib belgilanganlar bilan taqqoslanadi. Agar farq e´tiborga loyiq bo´lmasa, o´rindiq va uning vaziyati loyihaga mos keladi, o´tqazishi esa "standart" inson uchun qulay hisoblanadi. O´tqazish manekenining o´lchamlari va o´rindiqning vaziyatini rostlash diapazonining chegaralarida o´zgartirib, o´sha parametrlarni har xil reprezentativlik darajalaridagi (har xil persentilli) odamlar uchun tekshiradilar. O´tqazish manekenining yordami bilan mashinaning manzara ko´rinish parametrlari ham (GOST R 51266-99) aniqlanadi.
41 - rasm. Yuk tashish avtomobili kabinasining o´tqazish maketi.
Baholashning ekspert usulida o´tqazish, kirish-chiqish qulayligi, tashqi manzara ko´rinishi va asboblar panelining ko´rinishi, boshqarish organlariga yetib borish va ulardan foydalanish qulayligi, shuningdek boshqa omillar ham odamlar bilan baholanadi. Buning uchun har xil antropometrik tavsifga, har xil ish stajiga, har xil yosh, gavda tuzilishi va hatto xarakterga ega bo´lgan haydovchilar va potensial foydalanuvchilar taklif etiladi. Ular o´tqazish maketiga o´tiradilar, unda qandaydir vaqt o´tkazadilar, bu vaqt davomida ularning taassurotlari aniqlanadi va oldindan tayyorlab qo´yilgan maxsus so´rovnomaning savollariga javob beradilar. So´rovnomaning savollari ishning bu bosqichida aniqlanishi mumkin bo´lgan, inson va mashina "o´zaro ta´sir" sharoitlarini aniqlaydigan hamma parametrlar va tavsifnomalarni qamrab oladi. Odatda balli baholash ko´rinishida ifodalanadigan javoblarni statistik ishlashdan keyin kuzov yoki kabinaning matlubot xususiyatlari haqida yetarlicha to´liq taassurot olish mumkin.
Ko´pincha ekspert baholash bir necha marta o´tkaziladi, kabina yoki kuzovning interyeri o´zgartirilganda: har xil variantlardagi asboblar paneli o´rnatiladi, salonning pardozlash materiallari va uning ranglar gammasi almashtiriladi, boshqarish dastasining shakli va boshqalar o´zgaradi. O´tqazish maketi bilan ishlashning oxirida, birinchidan, chizma-konstruktorlik hujjatlarini to´g´rilash uchun yetarlicha ishonchli axborot va ikkinchidan bo´lg´usi mashinaning interyeri haqida estetika nuqtayi nazaridan taqdimnoma chiqadi.
Rаmа kоnstruktsiyalаri.
Rаmа kоnstruktsiyalаrigа qo´yilаdigаn tаlаblаr.
Haydovchi kаbinаsigа qo´yilаdigаn tаlаblаr.
Haydovchi ish jоyining ergоnоmik ko´rsatkichlаri.
Haydovchi ish jоyining pаrаmеtrlаri.
Haydovchi ish jоyidаgi ko´rinuvchаnlik.
Yengil аvtоmоbil kuzоvlаri.
|
| |