egiluvchan reyka yordami ravonligini tekshinsh




Download 24,58 Mb.
bet79/83
Sana27.11.2023
Hajmi24,58 Mb.
#106359
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
Avtomobil va traktorlarni loyihalash

egiluvchan reyka yordami ravonligini tekshinsh
bilan tuzish
Plazda egri chiziqlarni chizish uchun lekalolar va egiluvchan yog´och yoki plastmassa reykalardan foydalaniladi, ular yuza kesimi nuqtalari bo´yicha egiladi va plazga og´ir yuklar (kalamushlar) bilan 35- rasmda ko´rsatilgandek qapishadilar.
Reyka keskin egila olmagani uchun, uning yordamida olingan chiziq yetarlicha ravon chiqadi. Chizilgan egri chiziqning ravonligini oddiy usul bilan: uni chizma yaqinidagi tekislik bo´ylab yaxshilab qarab chiqib tekshirish mumkin, bu qanday qilinishi 36-rasmda ko´rsatilgan.
Egri chiziqning ravonligini bir nechta o´ziga xos nuqtalar bo´yicha tekshirishni quyidagicha bajarish mumkin. Faraz qilamiz, uzun egri chiziq bir-biri bilan 200 mm masofada joylashgan bir nechta tayanch nuqtalar orqali kichkina egrilik bilan o´tishi kerak. Bunday egri chiziq sifatini ko´z bilan baholash qiyin. Bunday holda, o´ziga xos nuqtalar orasidagi masofa (abssissa) misol uchun 10 mm gacha ozaytirilgan, ordinatalar esa tekshirilayotgan egri chiziqdagi singari bo´lgan ko´makchi egri chiziq quradilar. Qurilgan ko´makchi egri chiziq taxminan 20 marta qisqaroq chiqadi va uning nuqsonlarini ko´rish katta mehnat talab qilmaydi.
Plaz ishlari juda mehnattalab, konstruktordan katta diqqat talab qiladi va bundan tashqari, oddiy gorizontal plazda noqulay holatda yonboshlab ishlashga to´g´ri keladi. Maxsus kompyuter dasturlarining yordamida yuzani ishlab chiqish katta tejamkorlik beradi, bu haqda keyinroq aytiladi.
Mashina tashqi shaklining tabiiy o´lchamdagi maketi uning qiyofasi haqida masshtabdagiga nisbatan ancha real taqdimnoma olishga imkon beradi. Maket ustida ishlash vaqtida yuzaning chizmalari ustida ishlayotgan dizayner va konstruktorning ikki tomonlama doimiy aloqasi amalga oshadi. Maket, unda albatta bo´ladigan nuqsonlar, egri chiziqlarni tuzatishni hisobga olib tekshirib chiqiladi. Ishning bu bosqichida kuzov qismlarini shtampovkalash va kuzovni yig´ish bo´yicha texnologlar bilan aloqa katta ahamiyatga ega bo´ladi. Ularning yordami bilan kuzovni yig´ma birliklarga bo´lish, kuzov qismlari orasidagi birikish joylari belgilanadi, eshiklar, kapotlar va kuzovning boshqa osma elementlari konturlari aniqlanadi.
Yuzaning tekshirib chiqilgan plaz chizmalari asosida kuzovning master-maketi tayyorlanadi. U ayrim yirik yog´och bloklardan, master-modellardan iborat, ular bir-biri bilan aniq tutashadilar. Ish yuqori malakali modelchilar tomonidan bajariladi. Master-maket tayyorlash uchun yaxshi quritilgan daraxtdan, odatda olxa, ba´zan qizil daraxtdan foydalaniladi. Qismlar yorilib ketmasligi va shakli buzilmasligi uchun belgilangan namlikdagi binoda saqlanadi. Qismlarning yuzasi lok bilan qoplanadi.

Download 24,58 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Download 24,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



egiluvchan reyka yordami ravonligini tekshinsh

Download 24,58 Mb.