|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 76/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalash30 – rasm. Avtomobil maketi.
Masshtab maketini yaratishdagi asosiy material - plastilin. Maket plastilini, odatda birorta neytral rangdagi, misol uchun kulrang-yashil zich massa bo´ladi. Maket qattiq mahkam, ko´pincha yog´och plitada joylashadi. Uning poldan balandligi, ishlab chiqarish obyektini nazorat mobaynida haqiqiy mashinani balandlik bo´yicha o´sha rakursda ko´rish mumkin bo´lgani singari qilib tanlanadi. Oddiy stolning balandligida ishlash mumkin emas. Plita uning yuzada chizilgan masshtab to´r bilan ta´minlanadi. Avtomobilning masshtab maketi ustida ishlash 31- rasmda ko´rsatilgan.
31 - rasm. Avtomobilning masshtab maketi ustida ishlash.
Boshida maketning kerakli pishiqligini ta´minlash uchun yog´och reykalar, faner, qattiq penoplastdan maketning kerakli o´lchamlaridan ozgina kichikroq o´lchamlar bo´yicha sinchli g´o´la qilinadi. G´o´la koordinatalar to´ri bilan moslikda ishchi plitada mahkamlanadi, unga daraxtdan yoki qattiq penoplastdan kesib yasalgan va bo´yalgan g´ildiraklar qotiriladi. G´o´laga isitilgan plastilinning yetarli qalin qatlami surtiladi. Maketlash jarayoni, to´g´risini aytganda, plastilinni u keraksiz bo´lgan joydan kesish, o´yib olish, u kerak bo´layotgan joyga yopishtirishdan iborat bo´ladi. Foydalaniladigan asboblar 65 - rasmda ko´rsatilgan har xil turdagi va shakldagi kuraklardir. Ularni odatda dizayner o´zining ta´biga mos qilib o´zi tayyorlaydi. Kurakning tig´i ko´pincha mayday kertiklar bilan qilinadi, o´shanda uni ishlanayotgan plastilin yuzasi bo´ylab tortilganda bitta kesimdan boshqagacha rivojlanib borishini kuzatish mumkin bo´ladi, bu ishlash jarayonida mantiqiylikni yoki yuzaning u yoki o´zga elementi mantiqsizligini ko´rishga yordamlashadi. Tabiiyki, tayyor maketda mayda chiqiq va egatlarni tekislaydilar. Quyuv modellarni tayyorlashdagi singari o´lchov asboblaridan foydalaniladi.
Oynalar sifatida ingichka organik shisha yoki selluloid qo´llaydilar, ular ichkaridan to´q kul rangga bo´yaladi. Eshik tutqichlari, radiator qoplamasining xromlangan qismlari va boshqa shu singari detallar "serebryanka" bilan bo´yaladi yoki elastik o´zi yopishadigan plyonka bilan qoplanadi, ularning yuzasi xromlangan po´latni eslatadi. Faralar, orqa fonarlar va boshqa yorug´lik asboblarini isitilgan organik shishadan siqib chiqariladi va kerak bo´lganda ichkarisidan bo´yaladi.
Maketning yuzalarini pardozlash juda muhim. Agar maket namoyish qilishga (buyurtmachiga yoki boshqa shaxslarga, shu jumladan reklama maqsadlari uchun) tayyorlansa, u bo´yalgan metallga o´xshaydigan o´zi yopishadigan plyonka bilan qoplanadi yoki bo´yaladi. Bo´yoq va plastilinning nomatlub o´zaro ta´siridan qutulish uchun, avval maket suv-emulsiyali bo´yoq bilan qoplanadi, keyin esa dekorativ bo´yoq qatlami surtiladi. Agar maket mutaxassislar baholashi uchun tayyorlansa, unda qo´l bilan sinchiklab tekislangan plastilinga grafit surtib chiqiladi. Hosil bo´lgan haddan tashqari yaltillamaydigan yuza maket shaklining hamma o´ziga xos xususiyatlari va yorug´lik shu´lalarining unda taqsimotini ko´rsatishga imkon beradi. Yaltiroq bo´yoq bilan bo´yalgan yuza esa, maketni chiroyli qilsa ham (bu qator hollarda muhim), maket ustaxonalarini elektr lampalari bilan odatdagi yoritish, yaltiroq yuzada tartibsiz yorqin yorug´lik shu´lalari hosil qilgani tufayli, maketning arxitektura shakllarini batafsil baholashga xalaqit beradi.
Maketni hamma tomonidan, kamida 5...8 metr masofadan yaxshilab qarash uchun maketlash o´tkaziladigan bino yetarlicha katta bo´lishi kerak. Kichik xonada masshtab maketni ishlash uchun bikir shtativda o´rnatilgan va o´girilish mumkin bo´lgan plitada bajarish yaxshiroq.
Maketning yuzasiga ko´pincha koordinatalar to´ri qo´yiladi.
Masshtab maketi bir nechta vazifalarni yechishga imkon beradi. Eng avvalo mashina tashqi qiyofasining umumiy konsepsiyasi tekshiruvdan o´tadi va uning rivojlanish yo´llari ko´rinadi. Maket mashinaning joylashuv chizmasini tuzatishga imkon beradi, buning uchun koordinatalar to´ri bilan berilgan kesimda yupqa fanerdan, alyuminiy yoki qattiq yupqa plastik massadan yasalgan shablonlar qilinadi. Keyin bu shablonlarning shakllari joylashuv chizmasiga ko´chiriladi.
Masshtab maket ustida ishlash jarayonida shablonlardan kuzovning yoki kabinaning simmetrikligini ta´minlash uchun foydalaniladi (albatta, agar ular simmetrik qilib loyihalanayotgan bo´lsa). Olingan shablonlar komplektidan keyinchalik tabiiy o´lchamdagi maket tayyorlashda foydalaniladi. Keyinchalik aerodinamik quvurda puflash maqsadida plastmassa model (nusxa) tayyorlash uchun ham masshtab maket xizmat qiladi. Buning uchun avval shishaplastikadan maket qismlarining izlari tayyorlanadi, ulardan esa model tayyorlash uchun press-forma yig´iladi. Maketning yuzasida kerakli ajraladigan joylarning chiziqlari belgilanadi: eshiklarning chiziqlari, kapot, yukxona qopqog´i, ayrim shtamplangan detallarning texnologik ajraladigan joylari (oxirgi ish dastlabki ko´rinishda bajariladi, buni to´liq masshtabli maketda uzil-kesil qilish mumkin), teshiklar, agregatlarni sovish va ventilyatsiya uchun panjaralar qilish belgilanadi va dastlabki rasmiylashtiriladi.
|
| |