- rasm. Avtomobilni tabiiy o´lchamda maketlash




Download 24,58 Mb.
bet77/83
Sana27.11.2023
Hajmi24,58 Mb.
#106359
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
Bog'liq
Avtomobil va traktorlarni loyihalash

32- rasm. Avtomobilni tabiiy o´lchamda maketlash.
Tanlovga qo´yilgan masshtab maketlarini muhokama qilinganidan keyin ulardan bittasining foydasiga qaror qabul qilinadi, lekin ko´pincha bu qaror mulohazalar bilan bir-birini to´ldiradi, aytaylik, kuzovning orqa qismida boshqa maketdan foydalanish kerak, radiatorning qoplamasini esa uchinchisidan olish kerak.
Masshtab maketlar, ayniqsa kompyuter grafikasi bilan birgalikda bo´lgusi avtomobil yoki traktor haqida katta axborot beradi, lekin obyekt shakliga nisbatan oxirgi qaror uchun uni tabiiy o´lchamda ko´rish zarur. Buning uchun tashqi shakllar maketi 1:1 masshtabda quriladi.
Tabiiy o´lchamdagi maket cho´yan plitada quriladi, u pol bilan teng o´rnatiladi. Plitada masshtab to´r mavjud bo´ladi. Ba´zan yirik dizaynerlik markazlarida, maket buriladigan doiraga o´rnatiladi. Ba´zan sinch-g´o´la daraxtdan, metall payvand tuzilishlardan foydalanib qilinadi, chunki maketning massasi tonnalar bilan o´lchanadi. Sinch mahkam tayanchlarda masshtab to´r bo´yicha o´rnatiladi. G´ildirakdan tayanch sifatida, qoida tarzida, foydalanilmaydi, ular ko´pincha joylashish o´lchamlariga rioya qilib sinchga suyanadi. Haqiqiy g´ildiraklar haqiqiy shinalar bilan qo´llanadi. Agar dekorativ g´ildirak qalpog´idan foydalanish mo´ljallansa, unda u maketlash narsasi hisoblanadi va plastilindan tayyorlanadi. Chunki, tabiiy maket mehnattalab va qimmat bo´lgani uchun uning o´ng va chap qismlarini ko´pincha har xil qiladilar, obyekt haqida butunlay tasavvur olish uchun esa, o´rtacha bo´ylama tekislik bo´yicha 66 - rasmda ko´rsatilganidek ikki tomonlama ko´zgu o´rnatadilar, bunda har qanday tarafdan qaraganda ham maket butun tasavvur qilinadi.
Katta yengil avtomobilning 1:1 masshtabdagi tayyor maketi 33 - rasmda ko´rsatilgan.
Maket yuzalarini 1:1 masshtabda yaratish uchun asos bo´lib o´lchamlarni tegishli qayta hisoblash bilan masshtab maketdan olingan shablonlar xizmat qiladi.
Maketlash texnikasi aslida masshtab maketlardagi singari, lekin amaliyotda qator maxsus usullar ishlab chiqilgan. Misol uchun, avtomobilning oldingi yoki orqa bukilgan oynasini olish uchun, yupqa plastmassa plyonkadan foydalanib bo´lmaydi, chunki yuza plyonkani plastilinga qo´yilganda notekis, mayda yorug´lik shu´lalar bilan chiqadi. Shuning uchun yog´och to´nka qilishga, uning ustini paxmoq materialli ko´rpa bilan yopishga, ustidan esa yumshashgacha isitilgan qalinligi 6 mm lik organik oyna yotqizishga to´g´ri keladi. Plastik massa o´z og´irligi ostida to´nka atrofida joylashadi va uning shaklini qabul qiladi, ko´rpa esa yog´ochning qo´pol yuzasi plastik massada iz qoldirishga yo´l qo´ymaydi. Maketga o´rnatish oldidan oynaning ichki yuzasini to´q-kulrangga bo´yaladi.





Download 24,58 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Download 24,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Avtomobilni tabiiy o´lchamda maketlash

Download 24,58 Mb.