|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 81/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalash4. Ko´rinuvchаnlik.
Traktor haydovchisi ishchi o´rnidan turib atrofni ko´zdan kechirishi alohida ahamiyatga ega, chunki traktorlar yordamida bajariladigan ko´plab texnologik operatsiyalar, mashinalar ishchi organlari, g´ildiraklar va o´rmalovchi zanjirlarning boshqa narsalarga nisbatan juda aniq holatini, shuningdek mashinaning harakat trayektoriyasini aniq saqlab turishni talab qiladi. Funksional sohalarning va nazorat obyektlarining ko´rib chiqish burchaklari asosiy baholash ko´rsatkichi deb qabul qilingan.
Ko´zdan kechirish (qarab chiqish) deganda, haydovchi bexatar va samarali boshqarishi uchun kerak bo´lgan, ko´z bilan olinadigan axborotni haydovchi qabul qilishining obyektiv imkoniyati va sharoitlarini ifoda etuvchi, traktorning konstruktiv xususiyati tushuniladi.
Qishloq xo´jalik traktorlarining ko´zdan kechirish parametrlarining hisobboshi nuqtasi sifatida bo´ylama vertikal tekislikda o´rindiqning nazorat nuqtasi (O´NN) ga nisbatan 670 mm yuqoriga va 10 mm oldinga joylashgan koordinatalarga ega bo´lgan nuqta qabul qilingan. Uning vaziyati operator ko´zining vaziyatini ifoda etadi. Qishloq xo´jalik traktorining kabinasidan turib ko´zdan kechirishni aniqlayotgan burchaklar GOST 12.2.019-86 bo´yicha 39-rasmda ko´rsatilgan, ularning qiymatlari esa quyidagi jadvalda keltirilgan.
39- rasm. Qishloq xo´jalik traktorining ko´zdan kechirish xossasini GOST 12.2.019-86 bo´yicha aniqlovchi burchaklar.
Traktorlar va o´ziyurar qishloq xo´jalik mashinalari uchun oldingi g´ildiraklar yoki zanjirlarning oldi qismlarining ko´rinishi alohida ahamiyatga ega. Bu parametrlarni ham standart bilan oldindan belgilab qo´yadilar.
Umumiy vazifadagi va universal-haydov traktorlariga (har bir turga alohida) texnologik vazifasiga mos ravishda qo´shimcha talablar qo´yiladi. Masalan, universal-haydov traktorlari uchun 40-rasmda ko´rsatilgandek 1 va 2- nuqtalarning ko´rinishini ta´minlash kerak. Bu traktor ishlov berilayotgan o´simlik qatorlari orasidagi harakatining o´ziga xos xususiyatiga bog´langan. 1 va 2- nuqtalar orasidagi 250 mm masofa himoya sohasining yaxshi ko´rinishini kafolatlaydi.
jadval
Qishloq xo´jalik traktri kabinasining oynasi orqali ko´zdan kechirish burchaklari.
Ko´zdan kechirish sohasi
|
Ko´zdan kechirish burchagining belgilanishi
|
Traktorlarning tortish sinfi
|
G´ildirakli*
|
O´rmalovchi zanjirli barcha sinflar
|
0,6… 2
|
2 dan ko´p
|
Ko´zdan kechirish burchagi, grad
|
Oldinni
|
α1
β1**
β2
|
60
12
35
|
60
8
35
|
60
5
35
|
Yonboshni
|
γ1, γ3
γ2, γ4
|
10
35
|
5
25
|
5
30
|
Orqani
|
α2
β3
β4***
|
30
11
30
|
30
8
30
|
30
8
30
|
Oldinni (oyna tozalagichning tozalash sohasi orqali)
|
α3
β5
β6
|
20
8
20
|
20
5,2
0
|
30
3
20
|
*5 va undan yuqori tortish sinfidagi traktorlar uchun o´ngga surilgan o´rindiq bilan ko´zdan kechirish burchaklari kamida α1= 60° chapga; α1=25° o´ngga; γ2 = 35°; γ4 = 20° bo´lishi kerak.
** Umumiy tarmoq yo´llarida transport ishlarini bajaradigan traktorlar uchun.
*** Motori kabinaning orqasida joylashgan o´ziyurar traktor shassilari uchun burchakni 20° gacha kamaytirish ruxsat etiladi.
|
|
| |