• OPTIKA” FANIDAN MAVZU: SUNIY ANIZATROPIYA YOZGAN KURS ISHI Bajardi
  • XULOSA……………………………………………………………..………19 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI………………….…20 Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
  • Kurs ishining maqsadi
  • Izotrop
  • Anizotrop
  • O‘zbekiston respublikasi oliy talim




    Download 0,53 Mb.
    bet1/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #235973
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    SUNIY ANIZATROPIYA


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM,
    FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

    FIZIKA FAKULTETI

    FIZIKA YO‘NALISHI 2-BOSQICH FIZ – EU- 21 GURUH


    TALABASI TOSHMURODOV TO‘XTAMURODNING
    OPTIKA”
    FANIDAN
    MAVZU: SUNIY ANIZATROPIYA
    YOZGAN
    KURS ISHI
    Bajardi: T.Toshmurodov
    Kurs ishi rahbari: M.Usmanov

    Namangan 2023
    MUNDARIJA

    1. KIRISH: …………………...…………….……………………………………3

    2. ASOSIY QISM……………………….……………………………………….4

    1. Anizotropiya va uning turlari.

    2. Anizotropiyaning yuzaga kelishi. Kerr effekti.

    3. Qutblanish tekisligining aylanishi. Zeeman effekti…………..………………15

    1. XULOSA……………………………………………………………..………19

    2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI………………….…20


    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Fanda muhitlarning izotropligi va anizotropligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, moddalarni amaliyotga tadbiq etilishda alohida o‘z o‘rniga ega
    Kurs ishining maqsadi: Sun’iy optik anizotropiya mavzusi bilan batafsil tanishib chiqish. Elektr maydonida nurning ikkiga ajralib sinish hodisasini o‘rganish. Tashqi ta’sir yordamida izotrop xususiyatga ega bo‘lgan molekulali muhitlarni anizotrop xususiyatga ega bo‘lgan molekulali muhitlarga aylantirish mumkinligini ko‘rib chiqish.

    KIRISH
    Optik jihatdan izotrop bo‘lgan jismlarning aksariyatida “statistik” izotropiya bo‘ladi: bunday jismlarning izotropiyasi bu jismlarni tashkil etgan molekulalarning xaotik joylashishi oqibatidagi o‘rtacha hisobning natijasidir. Ayrim molekulalar yoki molekulalarning gruppalari anizotrop bo‘lishi mumkin, biroq bu mikroskopik anizotropiya ayrim gruppalarning tasodifiy o‘zaro joylashishi tufayli o‘rta hisobda tekislashib ketadi va muhit makroskopik jihatdan izotropligicha qolaveradi. Biroq biror tashqi ta’sir aniq asosiy yo‘nalish bersa, anizotrop elementlar (molekulalar yoki molekula gruppalari) qayta gruppalashib, muhit makroskopik jihatdan anizotrop muhitga aylanadi. Shunday hollar ham yuz berishi mumkinki, yetarlicha kuchli bo‘lgan tashqi ta’sirlar boshda izotrop bo‘lgan elementlarni deformatsiyalab, dastlab bo‘lmagan mikroskopik anizotropiyani vujudga keltirishi mumkin. Odatdagicha bosim berishda yoki notekis isitishda ( issiqlikdan kengayish va chiniqtirishda) bo‘ladigan mexanik deformatsiyalarda, tashqaridan beriladigan elektr va magnit maydonlarida yetarli tashqi ta’sirlar namoyon bo‘lishi mumkin. Suyuqliklar yoki anizotrop elementlari kuchli bo‘lgan plastik jismlar oqqanda bo‘ladigan juda zaif ta’sirlar sun’iy anizotropiya yaratish uchun yetarli bo‘ladigan hollar ham ma’lum.
    Izotrop va anizotrop tushunchalariga to‘liqroq ta’rif bersak:
    Izotrop – muhitga tushayotgan elektromagnit to‘lqin nurlanishining energiyasi muhit tarkibidagi molekulaning erkinlik darajalari bo‘yicha bir xilda tarqalsa, bunday muhit izotrop molekulali muhit deyiladi.
    Demak, bunday muhitlarning tashkil qilgan erkinlik darajalari bo‘yicha optik xossalari bir xil bo‘ladi.
    Anizotrop – muhitga tushayotgan elektromagnit to‘lqin nurlanishining energiyasi muhit tarkibidagi molekulaning erkinlik darajalari bo‘yicha turlicha tarqalsa, bunday muhit anizotrop molekulali muhit deyiladi. Anizotropiya – yunoncha “anisos” – bir xil bo‘lmagan va “tropos” - yo‘nalish degan ma’noni anglatadi.
    Anizotroplik 2 turga bo‘linadi, ya’ni sun’iy anizotroplik va tabiiy anizotroplik.

    Download 0,53 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy talim

    Download 0,53 Mb.