• Qutblanish tekisligining aylanishining nazariyasi.
  • Qutblanish tekisligining aylanishi. Zeeman effekti




    Download 0,53 Mb.
    bet4/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #235973
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    SUNIY ANIZATROPIYA

    Qutblanish tekisligining aylanishi. Zeeman effekti.
    Yorug’lik ayrim moddalardan o’tganda, yorug’lik vektori tebranishi tekisligining aylanishi kuzatiladi. Bunday imkoniyatgan ega bo’lgan moddalar, optik aktiv moddalar deb ataladi. Bular – kvars, shakar eritmasi va boshqalardan iboratdir.
    Optik aktiv moddalarda, qutblanish tekisligining burilish burchagi nur bosib o’tgan l yo’lga to’g’ri proporsionaldir.
    Kristallarda:
    φ=ɑl
    Eritmalarda esa, qutblanish tekisligining aylanish burchagi eritma konsentrasiyasiga ham bog’liq bo’ladi:
    φ=ɑlc
    a - koeffisiyent qutblanish tekisligining solishtirma aylanish ko’rsatkichi deb ataladi va u tushayotgan yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liqdir.
    Qutblanish tekisligining aylanish hodisasini Arago (1811-yil) kvarsda nurning ikkiga ajralib sinishini o‘rganishda kashf etgan. Ma’lumki, kvarsda nurning ikkiga ajralib sinishi juda sezilarli bo‘ladi.
    Qattiq moddalarning aylantirish qobiliyati qutblanish tekisligini qalinligi 1mm bo‘lgan plastinka buradigan ɑ burchak bilan xarakterlanadi.
    Kub sistemali ba’zi kristallar ma’lum bo‘lib, ularda nurning ikkiga ajralib sinish hodisasi yuz bermaydi, biroq ular qutblanish tekisligini aylantira oladi (natriy gipoxlorid va natriy gipobromid).

    6-rasm. Kristallarda qutblanish tekisligining aylanishini
    kuzatish sxemasi.
    Sezgir tadqiqot usullarining qo‘llanilishi shu narsani ko‘rsatadiki, qutblanish tekisligining burilish hodisasi keng tarqalgan hodisa bo‘lib, kristall tuzilishga ega bo‘lmagan ko‘p jismlarda ham birmuncha kuzatiladi. Bular jumlasiga toza suyuqliklar ( masalan, skipidar) va ko‘p moddalarning aktiv bo‘lmagan erituvchilardagi eritmalari ( masalan, qandning suvdagi eritmalari) kiradi. Tartrat kislota tuzlari misolida birinchi bo‘lib Paster topgan ( 1817-yil) juda muhim fakt aktiv moddalarning ikki xil (o‘ngga aylantiruvchi va chapga aylantiruvchi) bo‘lishidir.
    Qutblanish tekisligining aylanishining nazariyasi. Qutblanish tekisligining aylanish hodisasi nurni ikkiga ajratib sindirishning maxsus tipi ekanligini Frenel (1817-yil) topgan. Frenelning mulohazalariga ko‘ra, aktiv moddalarda o‘ng doira bo‘yicha va chap doira bo‘yicha qutblangan nurlarning tarqalish tezligi har xil bo‘ladi, degan gipoteza asos qilib olingan. d (droit - o‘ng) va g (gauche – chap) indekslardan foydalanib, Frenel farazlarini quyidagi ko‘rinishda yozamiz:
    O‘naqay moddalar (D) Chapaqay moddalar (G)
    Vd˃Vg, nd˂ng Vd˂Vg, nd ˃ng

    7-rasm. Qutblanish tekisligi aylanishining
    umumiy nazariyasini namoyish qilib ko‘rishda
    Frenel prizmasini ishlatish.
    (1)
    Qutblanish tekisligining aylanishi to‘g‘risidagi masala to‘lqin bilan molekula o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir sharoitlarini nima sababdan bunchalik batafsil hisobga olishni talab qilishini Frenelning (1) formulasidan ko‘rish mumkin.

    Download 0,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qutblanish tekisligining aylanishi. Zeeman effekti

    Download 0,53 Mb.