- dars. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha.
Inson o‘z hayoti davomida ko‘plab axborotlar bilan ishlaydi. Ular biron-bir narsa yoki ja- rayonga aloqador (masalan, tabiat, jamiyat, ular orasidagi munosabatlar va h.k) ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Narsa yoki jarayonni o‘rganishda ularni
ob’ekt deb atash qabul qilingan. Har bir ob’ekt o‘ziga hos
xususiyatlarga (tavsifga) ega bo‘ladi. Masalan, koptokni ob’ekt deb qaraydigan bo‘lsak, uning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: shakli, rangi, og‘irligi, o‘lchami, nimadan yasalgani va h.k.
Ob’ektlarni o‘rganish jarayonida ular haqidagi ma’lumotlar yig‘iladi,
saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning ko‘plab usullari mavjud. Kompyuterlar yaratilgunga
qadar axborotlar bilan ishlash, asosan, qog‘ozda amalga oshirilgan edi. Masalan, ma’lumotlar yig‘ma
jildlarda saqlangan, ularni uzatish esa odatdagi pochta orqali amalga oshirilgan. Hozirgi kunda ham bu usuldan voz kechganimizcha yo‘q. Le- kin,
bugungi kunda, ya’ni axborotlar asri davrida - ko‘p hajmdagi ma’lumotlarni odatdagi usul- lar orqali qayta ishlab bo‘lmaydi. Sizga ma’lumki,
axborotlarni saqlash,
qayta ishlash va uzatish
kompyuterning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Kompyuterda ham axborotlarni turli usulda saqlash mumkin. Masalan, matn muharrirlari va protsessorlari (Bloknot yoki MS Word dasturlari) yordamida katta hajmdagi axborotlarni saqlay olamiz. Lekin, axborotlarni matn muharrirlari yoki protsessorlari yordamida saqlash va ular bilan ishlash axborotlarni qog‘ozda saqlash va kerakli ma’lumotlarni izlash bilan deyarli barobardir.
Ikkinchi tomondan, katta hajmdagi ma’lumotlar ichidan kerakli ma’lumotni tezda topish uchun bu ma’lumotlarni ma’lum bir tartibda saqlash talab etiladi.
Tasavvur qiling, katta zavodning xodimlar bilan ishlash bo‘limi korxonaning barcha xo- dimlari haqida yig‘ma jild tashkil etgan. Aytaylik korxonada 2 mingdan ziyod xodim faoliyat ko‘rsatadi. Korxonaning xodimlar bilan ishlash bo‘limi xodimlar ichidan yoshi 25 dan 30 gacha bo‘lganlari ro‘yxatini aniqlashi kerak. Bu vazifani bajarish uchun bo‘lim xodimlari barchaning yig‘ma jildlarini birma-bir o‘rganib chiqishiga to‘g‘ri keladi. Kerakli axborotlarni izlashning bunday usuli sermashaqqat va juda ko‘p vaqtni talab etadi.
Agar biz ma’lumotlar bilan ishlashda kompyuter
imkoniyatlaridan foydalansak, u holda barcha ishni avtomatlashtirishimiz mumkin. Lekin, shunda ham avval barcha ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritib olishimiz zarur.
Bugungi kunda ma’lumotlar bilan ishlashni kompyuterlar yordamida avtomatlashtirish deyarli barcha sohada qo‘llanilib kelinmoqda. Masalan, avtomobillar va ularning egalari haqidagi ma’lumotlar, fuqarolarning pasport ma’lumotlari, shahar telefon ma’lumotnomalari va boshqalar.
M a’lumotlar ombori o‘zi nima?