ip 9-sinf : база данных
Открыть Конструктор Создать ^
Создание запроса в режиме конструктора
Создание запроса с помощью мастера
\
2
u oynada har bir jadvalning nomini tanlab Qo‘shib qo‘yish (Добавить) tugmasini bosamiz va Yopish (Закрыть) tugmasini bosish bilan oy- nani yopamiz. Shundan so‘ng tanlangan jadvallar- ning maydonlar nomlari aks etgan oyna hosil bo‘ladi (37-rasm).
as1 Запрос1 : запрос на выборку [-
M
Umumiy ma'LumotLar
iTartti raqami
Familiya
Ismi
Otasining ismi Sinfi
Tugllgan sanasi Telefon raqami Rasmi
asala shartiga ko‘ra so‘rovni amalga oshirish natijasida hosil bo‘ladigan jadvalda Tartib raqami, Familiyasi, Ismi, Otasining ismi, Algebra, Geometriya, Informatika va Fizikadan ol- gan bahosi haqidagi ma’lumotlar aks etishi kerak. Buning uchun 38-rasmdagi oynalardan kerakli maydon nomini tanlashni sichqoncha kur- sorini ikki marotaba bosish orqali amalga oshira- miz.
N
38 - rasm
atijada 37-rasmdagi oyna 39-rasmdagi ko‘rinishga o‘tadi. 39-rasmdagi oynaning ikkinchi qismidagi Maydon (Поле) - maydon nomini, Jadval nomi (Имя таблицы) - ushbu maydon qaysi jadvaldan olinganligi, Saralash (Сортировка) - ma’lumotlarni saralash, Ekranda aks ettirish (Вывод на экран) - maydonga oid ma’lumotni so‘rov jadvalida aks etishi yoki etmasligini, Tanlab olish sharti (Условие отбора) - qanday shart asosida jadvallardagi ma’lumotlarni so‘rov jadvalida aks ettirishni bildiradi.
39 - rasm
Agar so‘rov natijasida hosil bo‘ladigan ma’lumotlar alifbo bo‘icha saralanishini xohlasak, u holda 39-rasmdagi oynada Saralash satri va Maydon ustuni kesishgan katakchadagi o‘sish yo‘nalishida (по возрастанию) yoki kamayish yo‘nalishida (по убыванию) shartlardan birini tanlaymiz.
E ndi esa masalaning asosiy sharti - Algebra, Ge- ometriya va Informatika fan- laridan «5» baho olgan o‘quvchilar ro‘yhatini chiqarish shartini kiritamiz. Buning uchun 39-rasmdagi oynaning ikkinchi qismidagi Tanlab olish sharti (Условие отбора) satri va Informatika ustunlari kesishgan katakchaga quyidagi ma’lumotni kiritamiz: “ 5 ”. Ushbu shartning vazifasi shundan iboratki, agar ma’lumotlar omborida saqla- nayotgan axborotlar ichida qaysi o‘quvchi Informatika fanidan «5» baho olgan bo‘lsa, uning Familiyasi, Ismi, Otasining ismi hamda Algebra, Geometriya va Fizika fanlardan olgan baholari so‘rov natijasida hosil bo‘ladigan jadvalda aks etadi. Informatikadan olgan bahosini so‘rov natijasida hosil bo‘ladigan jadvalda aks ettirmaslik uchun quyidagi ko‘rib turganingizdek Informatika maydoni va Ekranda aks ettirish (Вывод на экран) satri kesishgan katakchadagi kvadratchadan “ S ” belgisini olib tashlash kifoya.
Shartni kiritib bo‘lganimizdan keyin so‘rovni bajaramiz. So‘rovni bajarishning ikki usuli mavjud:
So‘rov (Запрос) menyusining ! Ishga tushirish (! Запуск) bo‘limini tanlaymiz.
Vositalar panelidan LU tugmachasini bosamiz.
Natijada quyidagi jadval hosil bo‘ladi:
Ko‘rib turganingizdek faqat ikki o‘quvchi Informatikadan «5» baho olgan va ularning Familiyasi, Ismi, Otasining ismi, Algebra, Geometriya, Fizikadan olgan baholari haqidagi ma’lumot so‘rov jadvalida aks etgan.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, amalga oshirgan so‘rov orqali Umumiy ma’lumotlar va Baholar jadvallaridan kerakli ma’lumotlarni tanlab oldik.
- masalani mustaqil ravishda bajaring.
|