|
Ma’lumotlar bilan ishlash jarayonidagixatoliklarni oldini olish
|
bet | 4/12 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #260598 |
Bog'liq Malumotlar ombori AcsesMa’lumotlar bilan ishlash jarayonidagixatoliklarni oldini olish;
Ma’lumotlar omboridan foydalanilganlikning hisobiniyuritish;
Foydalanuvchiga maxsus amaliy dastur tuzishda ko‘maklashish.
Bu vazifalardan birinchisi foydalanuvchining aniq bir fayldan foydalana olish huquqini (bir parol asosida) tekshirishdan iborat. Agar foydalanuvchi parolni bilmasa, u fayldan ma’lumotlarni ololmaydi. Parollarni ma’lumotlar omborini boshqarishga mas’ul bo‘lgan shaxs - ma’mur tomonidan o‘rnatiladi va o‘zgartiriladi.
MOBTdan to‘liq foydalanishni bilmaganlar, o‘zlari bilmagan holda ba’zi xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Bu esa ma’lumotlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu bois ham MOBT, bu kabi xatoliklar yuzaga kelganda ma’lumotlarning noto‘g‘ri harakat natijasida buzilishining oldini oladi, ya’ni ularni himoyalaydi.
Tabiiyki, ma’lumotlar omboridan foydalanilganlikning hisobini olib borish zarur. Bu ma’lumotlar omborini kengaytirish, yangilash uchun asos bo‘ladi.
MOBTning asosiy dasturi (xotiradan samarali foydalanish maqsadida) tezkor xotiraga va yordamchi amaliy dasturlar tashqi xotiraga joylashtiriladi va kerak bo‘lgan holda ular tezkor xotiraga yuklanadi hamda ishlatiladi.
Ma’lumotlar ombori, undagi axborot shakliga ko‘ra, ikki turga ajratiladi:
Hujjatli ma’lumotlar ombori;
Faktografik ma’lumotlar ombori.
Ikkinchi turdagi ombor odatda katta hajmga ega bo‘ladi. Misol sifatida «Dori-darmon» ma’lumotlar omborini ko‘raylik. Unda har bir dori o‘z nomidan so‘ng uning ta’sir etish xususiyati, qo‘llashga oid maslahatlar, qo‘shimcha ta’sir to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga ol- gan matn kiritilgan.
Agar bu ma’lumotlar hujjatli tipdagi omborda bo‘lsa, unda dorining nomiga ko‘ra, uning xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni olish mumkin. Agar ombor faktografik turida bo‘lsa, matndagi biror xususiyatga ko‘ra ma’lumotlarni topish mumkin. Masalan, grippga qarshi dorilar shaklidagi ko‘rsatmalar bilan shu turdagi dori-darmonlar ro‘yxatini (barcha xususiyatlari va qo‘llash shartlari bilan) olish mumkin bo‘ladi.
MOBTlarning qo‘llanilishi hayotimizdagi ko‘plab axborotlar ma’lumotlar, shu jumladan bir qarashda mantiqan bo‘lmagan ma’lumotlarni tortib olish, ulardan oqilona foydalanish im- koniyatini yaratadi.
Zamonaviy MOBTlar ma’lumotlar omborini tashkil etishda foydalanuvchidan dasturlashtirishni talab etmaydi. Bugungi kunda keng tarqalgan MOBT sifatida MS Office dasturlar paketiga kiruvchi Microsoft Access dasturini keltirish mumkin. Microsoft Access dasturi ma’lumotlar omborini yaratish, saqlash, axborotlarni saralash, kerakli ma’lumotlarni izlash va boshqa ko‘plab amaliy vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga ushbu dastur ma’lumotlar omborini qayta ishlashda dasturlash imkoniyatlarini ham o‘z ichiga olgan. Masalan, ma’lumotlar omborini tashkil etishda murakkab masalalarni hal etish maqsadida Visual Basic for Application dasturlash tili imkoniyatlaridan ham foydalanish mumkin.
Microsoft Access dasturining yana bir qulaylik tarafi shundan iboratki, ushbu dastur orqali hosil qilingan fayllarni Microsoft Office dasturlar paketiga kiruvchi Word va Excel dastur- laridan ma’lumot olishi (import) va ularga ma’lumotlarni yuborishi (eksport) mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, jadval - ma’lumotlar omborining asosiy elementi hisobla- nadi. So‘rovlar, formalar, hisobotlar, makroslar va modullar jadvalsiz tashkil etilmaydi. Har qanday MOBTlar orqali ma’lumotlar omborini tashkil etish jadvallarni tashkil etishdan bosh- lanadi.
Ma’lumki, har qanday jadval ustun va satrlardan iborat bo‘ladi. Masalan, sinf o‘quvchilari haqidagi ma’lumot quyidagi jadval ko‘rinishida tashkil etilishi mumkin:
Satr - yozuv
Ushbu jadvalda Familiyasi, Ismi va Sinfi kabilar ustun nomlari - maydon nomlari hisoblanadi. Jadvaldagi barcha ma’lumotlar satrlar - yozuvlar orqali kiritiladi. Jadvalga ma’lumotlarni kiritganimizda har bir ustunga xos ma’lumotlarni kiritishimiz kerak. Masalan, «Familiyasi» nomli ustunga faqat familiyani, «Ismi» nomli ustunga faqat ismni kiritiladi.
|
| |