|
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari
|
bet | 3/12 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #260598 |
Bog'liq Malumotlar ombori AcsesMa’lumotlar omborini boshqarish tizimlari - axborotlarni birlashtirish va ularni qayta ishlash, saralash hamda ma’lumotlar omboridan ma’lum shartlar asosida kerakli axborotlarni izlash va tanlash imkoniyatlarini beruvchi dasturiy vositalardir.
Ma’lumotlar omborini turli usul va dasturiy vositalar orqali tashkil etish mumkin. Ma’lumotlar ombori dasturlash tizimlari orqali ham tashkil etiladi. Ushbu dasturlash tizimlariga Clipper, Paradox, Oracle, FoxPro, SQL va boshqalar kiradi. Dasturlash tizimlari orqali ma’lumotlar omborini tashkil etish bir qancha noqulayliklar keltirib chiqaradi. Birinchidan, ushbu dasturlash tizimlari orqali ma’lumotlar omborini yaratish, qayta ishlash va kerakli ma’lumotni izlash jarayoni dastur tuzish orqali amalga oshiriladi va foydalanuvchidan dasturlash tilini bilish talab etiladi. Ikkinchidan, bunday usulda ma’lumotlar omborini tashkil etish ko‘p vaqtni talab etadi.
MOBTning asosiy vasifalari ma’lumotlar ustida amallar bajarishdan iborat bo‘lib, ular, asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ma’lumotlar omboriga yangi yozuvlar va fayllarni kiritish;
Ma’lumotlar omboridagi ma’lumotni yangilash;
Kerak bo‘lmagan ma’lumotlarni ombordan o‘chirib tashlash;
Ma’lumotlarni izlash;
Foydalanuvchilar turkumiga kerakli ma’lumotlarni chiqarish;
Fayllarni birlashtirish va ajratish;
Fayllardan nusha olish va ularni tiklash.
Ko‘p hollarda bir faylning hajmi ortib boradi va uni ikki yoki undan ortiq qismlarga ajratish zaruriyati tug‘iladi. Ba’zan esa fayldagi ma’lumotlar eskirib boradi va keraksiz ma’lumorlarni o‘chirish natijasida fayl hajmi qisqarib, uni boshqa fayllarga qo‘shish mumkin bo‘ladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalardan tashqari, MOBT quyidagi vazifalarni ham bajaradi (ular odatda ma’muriy vazifalar deb yuritiladi):
Ma’lumotlar omborini maxsus ruxsati bo‘lmaganlardan himoya qilish;
|
| |