Ma’lumotlar ombori - aniq bir sohaga tegishli ma’lumotlarning strukturalangan va o‘z nomiga ega bo‘lgan majmui.
Ma’lumotlarni strukturalash - ma’lumotlarni ma’lum xususiyatlari bo‘yicha birlashtirish.
Masalan, korxonaning ma’lumotlar omborida quyidagi axborotlar saqlanishi mumkin:
Korxonaning ishchi va xizmatchilari haqidagi barcha ma’lumotlar;
Korxonaning moddiy va texnik bazasi haqidagi ma’lumotlar;
Omborlardagi zahiralar haqidagi ma’lumotlar;
Tayyor mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar va h.k.
Kompyuterda bu kabi ma’lumotlarni qayta ishlashimiz uchun ma’lumotlar strukturasini (tuzilishini) belgilab olishimiz kerak. Ma’lumotlar omborini tashkil etishda axborotlarni jadval ko‘rinishida saqlash talab qilinadi.
M a’lumotlar omborida ustunlar
Maydon, satrlar - Yozuv, Maydon va
Yozuvlar kesishgan katakchalar esa -
Rekvizitlar deb yuritiladi.
Maydon - ma’lumotlar ombori strukturasini (tuzilishini) belgilaydi va unda ob’ektning faqat birgina xususiyati saqlanadi.
Yozuv - o‘zaro mantiqan bog‘langan maydonlar majmui bo‘lib, biror ob’ektning asosiy xususiyatlarini ifodalaydi.
Ma’lumotlar ombori strukturasini to‘laroq tushunib olish uchun bir misol ko‘ramiz. Ma’lumot kiritilmagan 9-sinf o‘quvchilari haqidagi faqatgina maydonlar belgilangan bo‘sh ma’lumotlar omborini tasavvur qiling. Ma’lumotlar omborini tashkil etish uchun quyidagicha jadval tuzib olamiz:
№
|
Familiyasi
|
Ismi
|
Otasining
ismi
|
Tug‘ilgan
sana
|
Telefon
raqami
|
Qiziqishi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ushbu jadvalimiz bo‘sh bo‘lishiga qaramasdan unda ma’lum bir axborot saqlanmoqda - bu ma’lumotlar ombori strukturasi, ya’ni maydonlar to‘plamidir. Maydonlar jadvalga qaysi ma’lumotlar va qanday ko‘rinishda kiritilishini belgilaydi.
E’tibor qilgan bo‘lsangiz, ikkinchi ustunda faqatgina «Familiya», ya’ni bitta axborot ki- ritishimiz mumkin. Nima uchun biz bitta katakchaga faqat bittagina ma’lumot kiritamiz?
Buning asosiy sababi shundan iboratki, kerakli axborot ma’lumotlar omboridan ma’lum bir shartyoki shartlarga asosan izlanadi. Ko‘plab hollarda bitta katakchaning o‘ziga
ham familiya, ismi va otasining ismi kiritiladi. Masalan, bitta sinfda «Zokirov» familiyali ikki o‘quvchi o‘qisin: Nodir va Botir. Agarda bizga ma’lumotlar omboridan ismi «В» harfi bilan boshlanadigan o‘quvchilarni izlash kerak bo‘lib qolsa, bu holda izlash shartiga qo‘shimcha shartlar kiritishimiz kerak bo‘ladi. Demak, ma’lumotlar omborini tashkil etganimizda har bir
rekvizitga faqat bitta ma’lumot joy- lashtirishimiz kerak.
Ma’lumotlar
omborining xususiyatiga qarab, unda axborotlar uch xil shaklda saqlanadi:
Ma’lumotlar ombori shakllari
Ma’lumotlarning iyerarxik shakli ularni qayta ishlash uchun eng qulay hisoblanadi. Uni quyidagi misolda ko‘ramiz.
Misol. Axborotlar omboridan Toshkent shahar Qorasuv-8 dahasi 104-uy 87-xonadonni izlab keluvchi mehmonning yo‘nalishi quyidagicha bo‘ladi.
Barcha davlatlar ichidan O‘zbekistonni topadi.
O‘zbekiston hududidagi barcha shaharlar orasidan Toshkentni tanlaydi.
Toshkent shahridagi dahalardan Qorasuv- 8 ni topadi.
Qorasuv- 8 dahasidagi barcha uylardan 104-uyni topadi.
Xonadonlar orasidan kerakli 87- xonadonni izlaydi.
Ma’lumotning bunday ko‘rinishi iyerarxik shakl deb nomlanadi.
Iyerarxik modelning sxematik ko‘rinishi
|
To‘rli modelning sxematik ko‘rinishi
|
Ma’lumotlarning shundaylari ham borki, ularni yuqoridagidek sxema ko‘rinishida ifodalash juda qiyin. Masalan, 9-sinf o‘quvchilari haqidagi ma’lumotlarni yuqorida keltirilgan jadval ko‘rinishda ifodalash qulay hisoblanadi:
№
|
Familiyasi
|
Ismi
|
Otasining ismi
|
Tug‘ilgan
sana
|
Telefon
raqami
|
Qiziqishi
|
1
|
Azimova
|
Malika
|
Azim qizi
|
1991
|
189-45-34
|
Shaxmat
|
2
|
Begmatov
|
Shahob
|
Baxrom o‘g‘li
|
1991
|
342-43-41
|
Futbol
|
M
Agar yuqoridagi misolda biror pog‘onadagi ma’lumotlar boshqa pog‘onadagi ma’lumotlar bilan ikki yoki undan ortiq marta bog‘lansa, ma’lumotlarning bunday shakli to‘rli shakl deb nomlanadi.
a’lumotlarning bunday ko‘rinishi relyatsion (jadval) shakli deb yuritiladi.
Ma’lumotlarning yuqoridagi shakllarda ifodalanishi ularni tartiblashga va ulardan sama-
rali foydalanishga yordam beradi.
butlovchi qismlari, dasturiy ta’minoti, xotira hajmi va boshqa xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar aks etsin.