|
Dars. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha
|
bet | 10/12 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #260598 |
Bog'liq Malumotlar ombori AcsesSavol va topshiriqlar
9 1. Ma’lumotlar omboridan kerakli ma’lumotni qanday usulda chaqirib olish mumkin?
® 2. So‘rov nima va uning imkoniyatlari nimalardan iborat?
So‘rovlar necha xil usulda tashkil etiladi?
So‘rov tashkil etish jaroyonini ko‘rsatib bering.
So‘rovlarning muhim xususiyatlari nimalardan iborat?
So‘rov natijalarini qanday shaklda saqlash mumkin?
Tayyorlangan ma’lumotlar omboridan bitta so‘rov natijasida bahosi 3, 4, 5 bo‘lganlarini topuvchi tashkil eting.
Tayyorlangan ma’lumotlar omboridan familiyasi bosh harflari “F” va “T” oralig‘ida bo‘lganlarini topuvchi so‘rov tashkil eting.
Tayyorlangan ma’lumotlar omboridan may-oktyabr oylarida tug‘ilgan o‘quvchilar ro‘yxatini aniqlovchi so‘rov tashkil eting.
- dars. MS Accessda ma’lumotlar omborini hosil qilish va tahrirlashda formalardan foydalanish.
Jadvallarga ma’lumotlarni kiritishni yengillashtirish maqsadida MS Accessning maxsus ob’ekti - Formalardan (Формы) foydalaniladi.
MS Accessning Formalar ob’ektini elektron blanklarga o‘xshatish mumkin. Jadvalga ma’lumotlarni undagi maydonlar orqali kiritiladi va kiritilgan ma’lumotlar jadvalga avtomatik tarzda saqlanib boradi.
Jadvallarga ma’lumotlarni Formalardan foydalanmasdan ham kiritish mumkin. Lekin, jadvallarga ma’lumotlarni kiritishda Formalardan foydalanish anchagina qulaydir.
Oldingi darslarda biz ikkita jadval hosil qildik: Umumiy ma’lumotlar va Baholar jadvallari.
Ushbu jadvallarga mos Formalar hosil qilamiz. Buning uchun MS Accessning ob’ektlaridan Formalar (Формы)ш tanlaymiz.
Formalar hosil qilishning ikki xil usuli bor: Formani konstruktor holatida hosil qilish (Создание формы в режиме конструктора) va Formani usta yordamida hosil qilish (Создание формы в режиме мастера).
Formani konstruktor holatidan foydalanib hosil qilishni mustaqil tarzda bajarib ko‘ring. Bu darsda Forma hosil qilishni ikkinchi usuli - usta yordamida hosil qilamiz. Buning uchun Formani usta yordamida hosil qilishni tanlaymiz va ekranda ushbu oyna hosil bo‘ladi:
Создание форм
Выберите поля для формы.
Допускается выбор нескольких таблиц или запросов,
Далее >
|
| |