|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 68/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashSHatakchi qurilma. Tirkamalarni yoki boshqa xarakatlanuvchi mashinani shatakka olish uchun yuk avtomobillariga prujina bilan jixozlangan shatakchi qurilmalar o’rnatilgan.
SHatakchi avtomobillarga sedel (tayanch-ilashuvchi) qurilmalar o’rnatiladi.
Lebyodka. YUqori o’tag’on avtomobillarning old qismiga o’rnatiladi. Uning vazifasi og’ir yuklarni ko’tarish yoki uni sudrab chiqarish, shuningdek avtomobilni o’zini og’ir yo’llardan tortib chiqarishdan iborat. Lebyodka reduktordan, baraban va uzatmadan iborat. Xarakatni uzatmalar qutisidagi quvvat olish qutisidan oladi.
YUk avtomobilining kuzovi. Unga kabina va yuklar uchun platforma kiradi. Avtomobilning vazifasiga ko’ra kuzov universal yoki maxsus xillarga bo’linadi. Universal kuzov xar xil yuklarni tashishga, maxsus kuzov esa –maxsus yuklarni tashishga mo’ljallangan. Bularga tsisterna, furgon va samosvallar kiradi.
Engil avtomobillarning kuzovi.Ular xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Avtomobilning tipi va vazifasiga qarab kuzovning shakli, eshiklarining soni, o’tirg’ichlar va salon xajmi xar xil bo’ladi.
Engil avtomobillarning kuzovi eshiklarining soni, o’rindiqlarining qatori va tomining konstruktsiyasi bo’yicha xillanadi.
Avtomobillar eshiklari soni bo’yicha:
-ikki eshikli;
-uch eshikli;
-to’rt eshikli;
-besh eshikli.
O’rindiqlarning qatori bo’yicha:
-bir qatorli;
-ikki qatorli;
-uch qatorli.
Tomining xolati bo’yicha:
-yopiq tomli;
-ochiluvchi tomli.
Kuzovning xajmi bo’yicha:
-bir xajmli;
-ikki xajmli;
-uch xajmli.
Agar dvigatel, xaydovchi yo’lovchilari bilan va yuk bo’lmalari birlashtirilgan bo’lsa, bir xajmli deyiladi. Damas avtomobillari.
Agar, dvigatel bo’lmasi aloxida, xaydovchi yo’lovchilari bilan va yuk bo’lmalari aloxida bo’lsa, ikki xajmli deyiladi. Matiz, VAZ-2121, Kaptiva va Orlando avtomobillari.
Agar, dvigatel, xaydovchi passajirlar bilan va yuk bo’lmalaria loxida-aloxida bo’lsa, uch xajmli deyiladi. GAZ-3110, VAZ-2110, Neksiya, Lasetti
O’quvchilar yengil avtomobillarning tashqi shakli va xajmlari bo’yicha ajrata bilishi uchun ularning tipini keltiramiz, 3-rasm.
|
| |