• 27-rasm. Yengil avtomobil kuzovlarining turi
  • 2. Haydovchining ish jоyini tashkil qilish.
  • -rasm. Rama konstruksiyasining turlari




    Download 24,58 Mb.
    bet71/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    26-rasm. Rama konstruksiyasining turlari.

    Kuzоvning vаzifаsi haydovchi, pаssаjirlаr vа yo´qlarni tashqi muхitdаn аsrаsh, haydovchi vа pаssаjirlаrgа qulaylik yarаtish vа yo´qlarni sаklаngаnligini tа´minlаshdаn ibоrаt. Yengil аvtоmоbil vа аvtоbuslаrdаn kuzоv bir butun qilib ishlаngаn bo´lsa, yuk аvtоmоbillаridа kuzоv, kаbinа vа yuk plаtfоrmаsidаn ibоrаt.


    Аvtоmоbil kоmpоnоvkаsigа qarab kаbinаlаr kаpоtli vа kаpоtsiz bo´lishi mumkin. Kаpоtsiz аvtоmоbillаrdа аvtоmоbil uzunligidаn yaхshi fоydаlаnilаdi. Аgаr kаbinа dvigаtеl ustigа urnаtilsа, u holda kаbinаni ko´tarishgа to´g´ri kеlаdi. Uzоk mаsоfаlаrgа kаtnаydigаn yuk аvtоmоbillаrining kаbinаlаridаn uхlаsh jоylаri ko´zda tutilgаn bo´ladi, shuning uchun kаbinаning uzunligi 0,6…0,8 m uzunrоk bo´ladi.
    Kuzov tashishga mo´ljallangan keng iste´mol mollarni (yuk avtomobili) yoki yo´lovchilarni (avtobus, yengil avtomobil) qulay joylashtirish va asrash uchun xizmat qiladi.
    Bajaradigan vaziasiga ko´ra kuzov yuk, passajir va yuk – passajir va ishlatish uslubi bo´yicha esa ixtisoslashgan hamda maxsus turlari bo´lishi mumkin. Konstruksiaysi bo´yicha karkasli, yarim karkasli va karkassiz turlariga bo´linadi. Undan tashqari avtomobil kuzovi yuklanishlarning ta´siriga ko´ra ko´tarib yuruvchi va tubi bilan ko´tarib yuruvchi bo´lishi mumkin. O´zi bilan ko´tarib yuruvchi kuzovlarda hamma yuklanishlar faqat kuzov orqali qilinadi. Tubi bilan ko´tarib yuruvchi kuzovlarda esa yuklanishlar rama va kuzovaro taqsimlanadi.






    27-rasm. Yengil avtomobil kuzovlarining turi:
    a – sеdan,б – limuzin, в – купе, г – univеrsal, д – kombi (xetchbеk), е –kabriolеt,ж – faeton, з – xardtop–sеdan, и - xadton – kupе, к – lando, л – faeton – univеrsal, м – kabriolеt – xardtop, н – furgon,о – rodstеr, п – pikap, р – brogam, с –targa, т – fastbеk, у – kapotsiz kuzov.
    2. Haydovchining ish jоyini tashkil qilish.
    Transport vositasini loyihalash jarayoni ikkita subyekt - buyurtmachi va ishlab chiquvchi mutaxassisning muloqotidan boshlanadi. Mahsulotni loyihalash va ishlab chiqarishga joriy etishning umumiy tartibi standartda (GOST 15.001-88) yoritilgan. Buyurtmachi vazirlik, tashkilot, firma, yuridik yoki jismoniy shaxs, ishlab chiquvchi mutaxassis esa - ishlab chiqarish korxonasi yoki loyiha-konstruktorlik tashkiloti (firma) bo´lishi mumkin.
    Texnikaviy topshiriq mahsulot ishlab chiqarish uchun asosiy birlamchi hujjat hisoblanadi.
    Texnikaviy topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlashning tartibi buyurtmachi va ishlab chiquvchi mutaxassis bilan aniqlanadi. Tashabbuskor ishlab chiqarishda texnikaviy topshiriqni ishlab chiqish zarurligini, ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini mahsulotni ishlab chiquvchi mutaxassis aniqlaydi. Standart ishlab chiqarish uchun kerakli va yetarli talablar bo´lgan, buyurtmachi bilan va ishlab chiquvchi mutaxassis tan olgan har qanday hujjatdan (shartnoma, bayonnoma, xomaki loyiha va shunga o´xshashlar) texnikaviy topshiriq sifatida foydalanishga yo´l qo´yadi. Bundan tashqari, qaytadan ishlab chiqarish uchun mo´ljallangan mahsulotning namunasidan ham o´sha sifatda foydalanish mumkin.
    Mahsulotga ayrim talablarni tasdiqlash uchun shu jumladan, xavfsizlik talablari, sog´liq va tabiat muhofazasi hamda mahsulotning texnikaviy darajasini baholash uchun, texnikaviy topshiriq buyurtmachi yoki ishlab chiquvchi mutaxassis tomonidan tashqi tashkilotga xulosaga yuborilishi mumkin. Bu xulosa texnikaviy topshiriqni tasdiqlashga qadar hisobga olinadi. Zaruriyat tug´ilganda texnikaviy topshiriq boshqa manfaatdor tashkilotlar (misol uchun, Ichki ishlar vazirligining yo´l harakati xavfsizligiga javob beradigan tashkiloti, kelgusida mashinaning sertifikatsiyasi bilan shug´ullanadigan va boshqa tashkilotlar) bilan kelishiladi. texnikaviy topshiriq kelishuvdan keyin tasdiqlanadi va ishlab chiqariladigan narsaning tuzilishini aniqlaydigan asosiy hujjat bo´lib qoladi.

    Download 24,58 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Rama konstruksiyasining turlari

    Download 24,58 Mb.